Kurs ishi obyekti: Selung'ur g'orining ilmiy o'rganilishi xususida imkoniyatlarini tahlil qilish.
Kurs ishi predmeti: Selung'ur g'orining ilmiy o'rganilishini tadqiq qilish.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. PALEOLIT DAVRI VA FERGANTROP ODAMI MUAMMOSI
1.1 O‘rta asrlar davri tarixi yevropa sayyohlari asarlarida
Paleolit (qadimgi yunoncha: παλαιός [paleo]... va λίθος [lithos] — tosh) — qadimgi. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: Paleolit — paleolit (qadimgi) va neolit — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865-yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. Paleolit quyi (ilk), oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. Paleolit eng qad. ibtidoii odamlarning kazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin farq qilgan. Paleolit davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
Mamontlar Paleolit davridagi odamlarning rasmlari (Avstraliya) Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida ibtidoii odamning ilk zotlari Paleolitning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davo-mida yashab, oʻzidan maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan.3 20-asrning 2yarmida oʻtkazilgan keng koʻlamli arxeologik izlanishlar va kazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk Paleolit davriga mansub qator noyob yodgorliklar topilib tadqiq etildi. Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va antropologiya jihatidan sinchiklab oʻrganilib, eng kad. odam — yashagan va tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor arxantroplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va tarkalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk Paleolit davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy Afrika, Jan.-Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Oʻrta Osiyo va Yevropaning jan., shuningdek, markaziy qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va geydelberg kabi kator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibo-ra bilan "Xomo xabilis", yaʼni "ishbilarmon odam" deb ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari zamonamizdan 4,5—4, 3,5 — 2 mln. yil mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5—2 mln. yil bilan 200—150 ming yilliklar oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot dunyosi ham ilk Paleolit davrida eng kad. odamlarning yashashi uchun qulay boʻlgan. Keyingi 60—70 yil davomida topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy qoldikdar (asosan, qazilma odam suyaklari va dagʻal tosh kurollar)ga karaganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan davr 1,5—1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oraligʻida kechgan.
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad.odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
Ilk Paleolit yodgorliklari Oʻrta Osiyoda Fargʻona vodiysining Soʻx soyi sohilida joylashgan Selungʻur gʻori, Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy boʻyida, [[Koʻlbuloq manzilgohida, Janubiy Tojikistonning Koʻldara va Janubiy Qozogʻistonning Aristandi vodiysida topib oʻrganildi. Selungur gʻoridan ibtidoiy odamning suyak qoldiklari (bosh chanogʻining boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga mansub [[Koʻlbuloq manzilgohida eng qad. odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani maʼlum boʻldi. Shu bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20 yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor, qirgʻich pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi oʻsimlik qoldiklari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk Paleolit odamining nihoyatda sermashaqqat hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon tabiiy va unga boqim boʻlgan Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida guvohlik beradi (qarang [[Koʻlbuloq manzilgohi). Soʻzsiz, Selungur va Koʻlbuloq yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta Osiyo eng qad. odamlar yashagan maskanlar qatoridan oʻrin oldi.
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob yodgorliklar bilan boyib, paleoantropologik topilmalarni har tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq etilishi bilan nafaqat arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki, ularning bevosita avlodlari borasida fanda yangi fikr-mulohaza va gʻoyalar paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, arxantroplarning avlodlari — paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil muqaddam shakllanib, 150—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida neander-tallar bilan yonmayon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butogʻi sifatida talqin etilmoqda.4
Oʻrta Paleolit davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular, arharlar va boshqa hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi takomillashib odam toʻdalarining toʻplari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga uyushgan qad. odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, goʻshtni oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar qurib, tomini hayvon terilari bilan yopib, sahniga poʻstaklar toʻshashgan. Suyaklardan teshgich, bigiz, soʻzan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. Oʻrta Paleolit davri oxirida esa marhumlarni dafn etish marosimi paydo boʻlgan. Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiq oʻrta tosh davrining yodgorliklari topilib, oʻrganildi. Oʻzbekistonda ular Toshkent viloya-tida Obirahmat, Xoʻjakent, Paltov, Koʻlbuloq; Samarqand viloyatida Omon-qoʻton, Qoʻtirbuloq, Zirabuloq, Xoʻjamazgil; Navoiyda Uchtut degan joylarda tekshirilgan. Hatto Surxondaryoning Boysun tumanida Teshiktosh unguridan oʻrta Paleolit davriga tegishli 8-9 yashar bolaning qabri topilgan. Bu, shubhasiz, fan olamida jiddiy kashfiyot edi. Oʻrta Paleolit davrida ming yilliklar osha erishilgan hayotiy yutuqlar urugʻdoshlik jamoasi va uning ilk madaniyatini shakllanishiga asos boʻlgan.
Yuqori Paleolit miloddan avvalgi 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham oʻzgardi. Bu davrda hozirgi zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni "yangi odam" shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868-yilda Fran-siyaning Kromanon qoyasi yaqinida topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda kromanon nomi bilan shuhrat topdi.
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda yuqori Paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi. Siyobcha makonida esa yuqori Paleolit odamining jagʻi, tishlari va qoʻl suyaklarining topilishi, ayniqsa, noyobdir. Shunday qilib, yuqori Paleolit davrining boshlaridayoq zamonaviy qiyofadagi odam shakllanib, u fanda "Xomo sapiyens" — "aql-idrokli odam" nomini oldi. Bu davrda iqlim sharoitning taʼsiri oqibatida odamzodning irqi (yevropeoid, negroid va mongoloid) hamda har xil antropologik turlari vujudga keladi. Bu irklarning jamoalari Osiyo orkali avval Avstraliya, soʻngra esa Bering boʻgʻozi oʻrnida joylashgan quruklik orqali Amerika qitʼasiga tomon siljigan boʻlsalar, ulardan bir qismi Yevropada va boshqa bir turi esa Afrikada yashaganlar. Yuqori Paleolit davrida oʻq-yoy kashf etilib, tasviriy sanʼat yuzaga kelgan. Kromanon odamlari istiqomat qilgan gʻorlarning (Altamira) shiplari va devorlarida rangli boʻyoklar bilan ov manzaralari tasvirlari tushirilgan. Suyak va toshlardan ayollarning va turli hayvonlarning haykallari yasalgan. Yuqori Paleolitning yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va Madlen madaniy nomlari bilan 3 bosqichga boʻlib tadqiq etilgan. Paleolit davrining mavjudligi to`g`risidagi fikrlar birdaniga paydo bo`lgan emas. Dastlab, XIX asrning boshlarida frantsuz arxeologi Bushe de Pert Evropadan topilgan va ishlov berilgan toshni inson tomonidan yaratilgan tosh qurol ekanligini ilmiy asosda isbotladi. Keyinchalik poleolit davrini o`rganishda arxeolog G.Martil`ening ilmiy izlanishlari katta ahamiyatga ega bo`ldi. U tosh qurollarning bir-biridan shakli va ishlanishi jihatidan farq qilishiga e`tiborni qaratib, shakl va ishlanishi (texnikasi)ga qarab ularni bir necha taraqqiyot bosqichiga bo`ldi. Tosh qurollar taraqqiyot bosqichlari dastlab topilgan joy nomlari bilan shell, ashel` va must`e deb ataldi. Arxeologlar juda ham sodda, qo`pol va kertib ishlangan tosh qurollarni dastlab topilgan Parij yaqinidagi yodgorlik (makon) nomi bilan shell` qurollari deb atashdi. Shunga asosan, eng dastlabki (qadimgi) paleolit yodgorliklari «Shell` madaniyati» nomi bilan fanga kiritildi. Arxeologlar tomonidan topib o`rganilgan, ishlanishi jihatidaan shell` qurollaridan keskin farqi bo`lmagan, ammo xiyla taraqqiy qilgan tosh qurollar dastlab topilgan Am`ena shaxri (Frantsiya) yaqinidagi Ashel` joyi nomi bilan ashel` qurollari deb ataldi. Ashel` qurollari topilgan yodgorliklar guruhi «Ashel` madaniyati» nomini oldi. Fanga ashel` arxeologik davr sifatida, kishilarning yaratuvchanlik (bunyodkorlik) faoliyatining kichik bosqichi sifatida kiritildi. Yuqorida keltirilgan paleolit bosqichlari arxeologik davrlashtirishga mansub bo`lib, u fakat ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xom-ashyosiga, uni ishlash texnikasiga qarab bo`lingan. Ammo bu davrlashtirish ijtimoiy munosabatlar evolyutsiyasini bildirmaydi va belgilamaydi. Jamiyatshunos olimlar ibtidoiy jamiyatni ijtimoiy munosabatlar xarakteriga qarab ibtidoiy tuda va urug`chilik tuzumi davrlariga bo`ladi. Ibtidoiy to`da- paleolitning ilk va o`rta bosqichiga mos bo`lib, so`nggi poleolitda esa urug` munosabatlari shakllanadi. Ilk paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo`lgan. Inson va uni o`rab turgan tabiat o`rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon shaklini olgan. Ilk paleolitda biologik jihatdan – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanish, mehnat jarayonida arxantroplar (dastlabki odamlar) o`tmishdoshlaridan juda uzoqlashib ketadilar. Mehnat qurollarini yasash, qo`lning mehnat faoliyati uchun bo`shashi, uni alohida vazifalar bajarishi, go`shtli ovqatning iste`mol qilinishi va boshqa ijtimoiy va tabiiy omillar tufayli odamzod rivojlanib borgan.5
Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va O`rta Evropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada esa tropik bo`lib, issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan. Masalan, Evropada fillar, begemotlar, primitiv (Stenon otlar) otlar; Osiyoda esa ibtidoiy xo`kizlar, karkidonlar, zebra paydo bulgan. O`simliklar esa hamisha yashil rangda bo`lgan. Janubiy va Markaziy Evropa hududlarida-shamshod, dafna, anjir; Evropaning boshqa hududlarida esa qalin, keng bargli daraxtlardan tashkil topgan o`rmonlar tarqalgan. Osiyo va Afrika hududlarida ham issiqsevar o`simliklar keng tarqalgan.
Ilk paleolitda dastlabki odamlar Shimoliy Afrika, Evropa va Osiyo hududlarida yashagan. Miloddan avvalgi 600-400 ming yilliklarga kelib, ular Markaziy Osiyo, Kavkazorti hududlariga ham o`rnashadi.
Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odamlar tosh qurollar yasagan va ulardan o`zlarining mehnat faoliyatlarida foydalangan. Bu davrning asosiy quroli –cho`qmor bo`lib, u 20 sm uzunlikda va 1 kg dan ortiq og`irlikda, ko`pincha bodomsimon shaklda bo`lgan. Cho`qmor –chopqi deb ham ataladi. Cho`qmor shell` davrining asosiy quroli bo`lib, u ikki tomonlama simmetriyali qilib, urib to`g`rilash texnikasi (usuli) bilan yasalgan. Cho`qmorning pastki qismi toshni kertib ishlash texnikasi (usuli) bilan yasalgan bo`lib, u o`tkirlangan, chetlari notekis, egri-bugri shaklga ega bo`lgan. Har qanday tosh shell` davri qurolini yasash uchun yaroqli bo`lmagan. Tosh qattiq va tez uchirmalar hosil qilish imkonini berishi kerak edi. Shuning uchun ham, dastlab qurollar yasash uchun asosiy xom-ashyo vazifasini daryo va dengiz toshlari bajargan. Dengizdan, daryochalardan kvarts, kremen`...toshlari olib kelinib, ulardan qurollar yasalgan. Ilk paleolitda chaqmoqtoshlardan ham ko`plab tosh qurollar yasalgan. Ular boshqa toshlarga nisbatan mo`rt bo`lsada turli shaklga keltirilib, o`tkir, keskir xususiyatga keltirilgan. Ammo chaqmoqtoshlar tabiatda ko`p uchramagan. Chaqmoqtoshlardan qurollar yasash quyidagicha amalga oshirilgan: dastlab chaqmoqtosh olingan bo`lib, uning atrofi boshqa bir tosh bilan (u qattiqroq bo`lgan va tosh uchirgich- bolg`a vazifasini bajargan) urib uchirilgan. Uning o`rni esa keskir va o`tkir shaklga aylangan. Tosh qurollar yasashning ushbu usuli –toshni kertib ishlash texnikasi deb atalib, ushbu usul bilan shell` davrida dastasiz cho`qmorlar yasalgan.
Shuni ta`kidlash kerakki, ashel` davri xronologik jihatdan shell` davridan katta farq qilmasada, ashel` qurollari shell` qurollariga nisbatan hiyla taraqqiy etgan. Ashel` qurollarida tosh uzoqdan uchrindilar olingan joy ma`lum shaklga ega bo`lgan. Ya`ni bu davrda odamlar tosh qurollarni qulayroq shaklga keltira olgan. Uchburchak shakldagi, uzunchoq, dumaloq... va boshqa shakldagi qurollar hosil qilingan. Ashel` davrida ayrim qurollarning shakli uni ishlatish xususiyatiga bog`liq bo`lgan.
So`nggi ashelda tabiat keskin o`zgara boshlaydi. O`simliklar, Hayvonot dunyosi, iqlimning O`zgarishi ibtidoiy odam ho`jaligiga ham ta`sir etadi. Iqlimning o`zgarishi er yuzini ulkan muzliklar qoplashi bilan xarakterlanadi. Muzlik –odamning paydo bo`lishi davri bo`lgan kaynozoy erasining to`rtlamchi bosqichida siljiy boshlaydi. Muzlik izlarini olimlar mo``tadil iqlim mintaqalarida o`rganganlar. Tropik zonalarda muzlikning siljishi plyuvia davrini (plyuvia-yomg`ir) shakllantirgan. Masalan, bu davrda Saxroi Kabirdan daryolar oqqan.
Ashel` davrida Shimoliy Amerika hududlari deyarli muzlik bilan qoplangan. Janubiy Amerikada muzlik ancha ichkariga kirib borgan. Evropaning katta va Osiyoning bir qismini muzlik egallagan. Muzlikning markazi Grenlandiya bo`lgan. Muzlik paleolit davrida bir necha million kv.km. ni tashkil etgan. Uning balandligi 1-2 km dan ortiq bo`lgan.
Olimlar to`rt marotaba muz siljib kelgan degan fikrni ilgari suradi. Muzlikning siljishini gints, mindel`, riss va vyurm deb bosqichlarga bo`lganlar. Bu terminlar Al`p tog`idagi qishloqlar nomidan kelib chiqqan. Bu qishloqlarda muzliklar va muzlik yotqiziqlari birin-ketin qatlamlangan bo`lib, uning izlari XX asrning o`rtalarigacha saqlanib qolgan. Gints va mindel` muzligi O`rta Evropa hududlariga etib kelgan. Riss esa yanada kengroq hududlarni qoplagan. So`nggi ashel` davri esa xronologik jihatdan riss muzligidan oldingi bosqich bo`lgan. Muzlikning siljib kelishi natijasida sovuqqa chidamsiz hayvonlar qirilib ketadi. Ularning ko`p qismi janubiy hududlarga qarab siljidi. Muzlik bilan kurashish vositalari kam bo`lganligi uchun ko`plab ibtidoiy odamlar sovuqqa bardosh bera olmagan.
Shell va Ashel` makonlari ochiq turdagi makonlar bo`lib, ular chaqmoqtosh xom-ashyolari mavjud bo`lgan ochiq joylarda, tepaliklarda joylashgan. Ibtidoiy odamlar o`z ehtiyojini qondirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yurgan. Ular tabiatdagi tayyor mahsulotlarni o`zlashtirib, hayot kechirgan. Ovchilik ham ular hayotida asosiy o`rinda bo`lgan. Odamlarning eng qadimgi mashg`uloti-terimchilik va ov-o`zlashtiruvchi ho`jalik deb nomlanadi.
Shell davrida yashagan odamlar asta-sekin er yuzining ko`plab hududlariga o`rnasha boshlagan. Ashel` davrida ular shimoliy hududlarga qarab siljigan. Ashel` davridan odamlar sun`iy makonlarda yashashga harakat qiladi. Dastlabki sun`iy makonlar- g`orlar edi. Qadimgi odamlarning g`orlarga joylashishi va o`rnashishi bilan odamlar ko`chmanchi hayotdan o`troq kun kechirishga o`ta boshladi. Ibtidoiy to`da ichida ayollar va erkaklar o`rtasidagi mehnat taqsimlanadi. Ya`ni erkaklar ozuqa topish zarurati tufayli ko`proq ovga intilgan bo`lsa, ayollar g`orni qo`riqlash, bu davrda o`zlashtirilgan olovni o`chirmasdan saqlashga harakat qilgan6.
Bu davr ozuqalari –eyish mumkin bo`lgan o`simlik tomirlari, o`simlik mevalari, hayvon go`shtlari edi. Yangi ko`nikmalarning paydo bo`lishi va o`zlashtirilishi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Ilg`or jarayonlarning rivojlanishiga olovdan foydalanish kuchli turtki beradi. Tabiat bilan kurashish vositalarini topilishi bundan keyingi kishilik madaniyati taraqqiyotining bevosita natijasi bo`ladi. Chunki odamzodni halokatdan saqlab qolgan vosita-mehnat ko`nikmasi edi). So`nggi ashelda odamzod olovdan tabiiy holda foydalangan. Chunki o`t-olov sovuqdan, yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun zarur edi.
Bu davrda ibtidoiy odamlar turar joylarga ham zarurat seza boshladi. Chunki iqlim sovuq, havo nam bo`lib, odamlar g`orlarni egallashga kirishadi. Asta –sekin hayvon terilariga ehtiyoj tug`iladi. Bu davrda ho`jalik hayoti yuritilishida ham o`zgarishlar paydo bo`ladi. O`zlashtiruvchi ho`jalikni asosiy shakli bo`lgan terimchilik o`zining hal qiluvchi ahamiyatini yo`qota boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |