I bob. O‟zbekiston soliq tizimini yanada rivojlan


-rasm. Soliq tizimining huquqiy asoslari



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana29.12.2021
Hajmi1,6 Mb.
#75770
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
st 85 Samadov Q BMI

1-rasm. Soliq tizimining huquqiy asoslari

2

 

Ushbu yuqorida keltirilgan asosiy hujjatlar orqali biz bugungi kunda xo‘jalik 

yurituvchi  subyektlar  faoliyatida  ―foyda‖  kategoriyasi  muhim  ahamiyatga  ega. 

                     

2

 O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlari ma‘lumotlari asosida muallif tamonidan tayyorlandi. 



SOLIQ TIZIMINING HUQUQIY 

ASOSLARI  

O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi  

O‘zbekiston Respublikasining Soliq 

kodeksi,‖Davlat soliq xizmati to‘g‘risida‖gi 

qonuni 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining soliqlarga doir qarorlari 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

soliqlarga doir farmonlari 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining soliqlarga doir qarorlari 

Vazirliklar,Davlat qo‘mitalarining 

soliqlarga doir me‘yoriy hujjatlari 

Mahalliy hokimiyat organlarining 

soliqlarga doir qarorlari  




Foyda  bozor  iqtisodiyotining  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi  bo‘lib,  xo‘jalik 

yurituvchi subyektlar faoliyatini asoslaydi. 

―Foyda‖  tushunchasini  iqtisodchi  va  buxgalterlar  turlicha  talqin  qiladilar. 

Foyda  -  ishbilarmonlik  qobiliyatini  ishga  solib,  xatarli  ishga  qo‘l  urgani  uchun 

tadbirkorlarga  tegadigan  mukofotdir.  Yuqoridagi  ma‘lumotlarga  asoslanib  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017    yil    7-fevraldagi    PF-4947-sonli  

Farmoni:  Olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish,  davlat  va 

jamiyatning  har  tomonlama  va  jadal  rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratish, 

mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  hamda  hayotning  barcha  sohalarini 

liberallashtirish maqsadida:

3

  



2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  5  ta 

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Bular; 

davlat  va  jamiyat  qurilishini  takomillashtirishga yo‘naltirilgan  demokratik 

islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning 

hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini 

isloh qilish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati 

va samarasini oshirish; 

qonun  ustuvorligini  ta‘minlash  va  sud-huquq  tizimini  yanada  isloh 

qilishga yo‘naltirilgan  sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  hamda 

fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini 

mustahkamlash,  sud  jarayonida  tortishuv  tamoyilini  to‘laqonli  joriy  etish,  yuridik 

yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; 

iqtisodiyotni  yanada  rivojlantirish  va  liberallashtirishga yo‘naltirilgan 

makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini 

saqlab  qolish,  milliy  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  oshirish,  qishloq 

xo‘jaligini  modernizatsiya  qilish  va  jadal  rivojlantirish,  iqtisodiyotda  davlat 

                     

3

  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  –  yil  7-  fevraldagi  ―  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada 



rivojlantirish  bo‘yicha  harakatlar  strategiyasi  to‘g‘risida  ‖  gi  4947  sonli  farmoni.  http//.www.lex.uz  (O`zbekiston 

Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta‘minlash markazi) 




10 

ishtirokini  kamaytirish  bo‘yicha  institutsional va  tarkibiy  islohotlarni  davom 

ettirish,  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va  uning  ustuvor  mavqeini  yanada 

kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  rivojini  rag‘batlantirish  orqali 

mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb 

etish; 


ijtimoiy  sohani  rivojlantirishga yo‘naltirilgan  aholi  bandligi  va  real  daro-

madlarini  izchil  oshirib  borish,  ijtimoiy  himoya  va  sog‘lig‘ini  saqlash  tizimini 

takomillashtirish,  yo‘l-transport,  muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infra-

tuzilmalarni  rivojlantirish  hamda  modernizatsiya  qilish  bo‘yicha  maqsadli 

dasturlarni  amalga  oshirish,  ta‘lim,  madaniyat,  ilm-fan,  adabiyot,  san‘at  va  sport 

sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; 

xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglikni  ta‘minlash, 

O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini 

shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. 

Harakatlar  strategiyasining  3-bosqichi  quyidagicha.  ―Iqtisodiyotni  rivojlan-

tirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari‖ 

Makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  yuqori  iqtisodiy 

o‘sish sur‘atlarini saqlab qolish: 

makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan  o‘rta  muddatli 

dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga 

yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur‘atlarini ta‘minlash; 

xarajatlarning  ijtimoiy  yo‘naltirilganinini  saqlab  qolgan  holda,  Davlat 

byudjetining  barcha  darajalarida  mutanosibligini  muvozanatni  saqlash,  mahalliy 

byudjetlarning  daromad  qismini  mustahkamlashga  yo‘naltirilgan  byudjetlararo 

munosabatlarni takomillashtirish; 

soliq  yukini  kamaytirish  va  soliqqa  tortish  tizimini  soddalashtirish  yo‘lini 

davom  ettirish,  soliq  ma‘muriyatchiligini  takomillashtirish  va  rag‘batlantirishning 

tegishli choralarini kengaytirish; 

bank  tizimini  isloh  qilish,  banklar  depozit  bazasining  kapitalizatsiyasini 

chuqurlashtirish  va  barqarorligini  oshirish,  ularning  moliyaviy  barqarorligini  va 



11 

ishonchligini  mustahkamlash,  istiqbolli  investitsiyaviy  loyihalar  hamda  kichik 

biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish; 

sug‘urta,  lizing  va  boshqa  moliyaviy  xizmatlarning  xajmini  ularning  yangi 

turlarini  joriy  qilish  va  sifatini  oshirish  hisobiga  kengaytirish,  shuningdek  fond 

bozorini  kapitalni  jalb  qilish  hamda  korxona,  moliyaviy  institutlar  va  aholining 

erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida rivojlantirish; 

Tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  milliy  iqtisodiyotning  etakchi 

tarmoqlarini  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  hisobiga  uning  raqobat-

bardoshligini oshirish: 

milliy  iqtisodiyotning  mutanosibligi  va  barqarorligini  ta‘minlash,  uning 

tarkibida sanoat, xizmatlar ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 

ulushini ko‘paytirish; 

ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan 

yangilash,  ishlab  chiqarish,  transport-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilma 

loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; 

iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish 

hamda  mahsulot  va  xizmatlar  bozorida  monopoliyani  bosqichma-bosqich 

kamaytirish; 

ishlab  chiqarish  mahalliylashtirishni  rag‘batlantirish  siyosatini  davom  etish 

hamda,  eng  avvalo,  iste‘mol  tovarlar  va  butlovchi  buyumlar  importining  o‘rnini 

bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; 

iqtisodiyotda  energiya  va  resurslar  sarfini  kamaytirish,  ishlab  chiqarishga 

energiya  tejaydigan texnologiyalarni keng  joriy  etish, qayta  tiklanadigan  energiya 

manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarida  mehnat 

unumdorligini oshirish; 

erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, 

faoliyat ko‘rsatayotgan zonalarning samaradorligini oshirish; 

xizmatlar  ko‘rsatish  sohasini  jadal  rivojlantirish,  yalpi  ichki  mahsulotni 

shakllantirishda  xizmatlarning  o‘rni  va  ulushini  oshirish,  ko‘rsatilayotgan 




12 

xizmatlar tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari 

hisobiga tubdan o‘zgartirish; 

turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini 

oshirish,  turistik  xizmatlarni  diversifikatsiyalash  va  sifatini  yaxshilash,  turizm 

infratuzilmasini kengaytirish; 

eksport  faoliyatini  liberallashtirish  va  soddalashtirish,  eksport  tarkibini  va 

geografiyasini  diversifikatsiya  qilish,  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  hududlarning 

eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; 

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: 

tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish  va  qishloq  xo‘jaligi  ishlab 

chiqarishini  izchil  rivojlantirish,  mamlakatimiz  oziq-ovqat  xavfsizligini  yanada 

mustahkamlash,  ekologik  toza  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  agrar 

sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; 

fermer xo‘jaliklar, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 

bilan  bir  qatorda,  qayta  ishlash,  tayyorlash,  saqlash,  sotish,  qurilish  ishlari  va 

xizmatlar  ko‘rsatish  bilan  shug‘ullanayotgan  ko‘p  tarmoqli  fermer  xo‘jaliklarini 

rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor 

oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  eng  zamonaviy  yuqori 

texnologiyalar  asosida  asbob-uskunalar  bilan  jihozlangan  yangi  qayta  ishlash 

korxonalarini  qurish,  mavjudlarini  rekonstruksiya  va  modernizatsiya  qilishga 

qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish; 

yuqori  mahsuldorlikka  ega,  kasallik  va  zararkunandalarga  chidamli, 

mahalliy  yer-iqlim  va  ekologik  sharoitlarga  moslashgan  qishloq  xo‘jaligi 

ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda hayvonot turlarini yaratish va ishlab 

chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; 

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk  huquqini himoya 

qilish  va  uni  ustuvor  mavqeini  yanada  kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  rivojini  rag‘batlantirishga  qaratilgan  institutsional  va  tarkibiy 

islohotlarni davom ettirish: 



13 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  uchun  qulay 

ishbilarmonlik  muhitini  yaratish,  tadbirkorlik  tuzilmalarining  faoliyatiga  davlat, 

nazorat  va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  tomonidan  noqonuniy  arala-

shuvlarning qat‘iy oldini olish; 

investitsiya  muhitini  takomillashtirish,  mamlakat  iqtisodiyoti  tarmoqlariga 

va  hududlariga  xorijiy,  eng  avvalo,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalarni  faol 

jalb qilish; 

koorporativ  boshqaruvning  zamonaviy  standart  va  usullarini  joriy  etish, 

korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini 

kamaytirish,  davlat  boshqaruvi  tizimini  markazlashtirishdan  chiqarish  va 

demokratlashtirish,  davlat-xususiy  sheriklikni  kengaytirish,  nodavlat,  jamoat 

tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish. 

Viloyat,  tuman  va  shaharlarni  kompleks  va  mutanosib  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishni  jadallashtirish,  xalqning  turmush  darajasi  va 

daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral xom ashyo, sanoat, 

qishloq  xo‘jaligi,  turizm  va  mehnat  salohiyatidan  kompleks va  samarali 

foydalanishni ta‘minlash; 

hududlar  iqtisodiyotini  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  ko‘lamini 

kengaytirish,  rivojlanish  darajasi  nisbatan  past  bo‘lgan  tuman  va  shaharlarni,  eng 

avvalo,  sanoat  va  eksport  salohiyatini  oshirish  yo‘li  bilan  jadal  rivojlantirish 

hisobiga 

mintaqalar 

ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanish 

darajasidagi 

farqlarni 

kamaytirish; 

yangi  sanoat  korxonalari  va  servis  markazlarini  tashkil  etish,  kichik  sanoat 

zonalarini tashkil qilish, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘larini, banklarning 

kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar 

va shaharchalarni jadal rivojlantirish; 

Shu  asnoda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―O‘zbekiston 

Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida‖gi PF-




14 

5468-sonli  Farmoni  asosida  soliq  tizimi  va  davlatimizda  qo‘llanilayotgan  ko‘plab 

soliqlar bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ldi. 

birinchidan,  umumbelgilangan  soliqlarni  to‘lovchilar  uchun  soliq  yuki 

darajasining  yuqoriligi,  shuningdek,  soliq  solishning  soddalashtirilgan  va 

umumbelgilangan  tizimida  soliqlarni  to‘laydigan  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar 

o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi; 

ikkinchidan,  soliq  to‘lovchilar  tomonidan  xodimlarning  real  sonini  va 

mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi 

soliq stavkalarining yuqoriligi; 

uchinchidan,  imtiyozlarning  samaradorligini  monitoring  va  nazorat  qilish 

bo‘yicha  ta‘sirchan  tizimning  mavjud  emasligi  sababli  sog‘lom  raqobatni 

ta‘minlashga  salbiy  ta‘sir  ko‘rsatuvchi,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  soliq  va 

bojxona,  shu  jumladan  individual  xususiyatga  ega  bo‘lgan  imtiyozlar  hisobiga 

qo‘llab-quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi; 

to‘rtinchidan,  o‘tkaziladigan  nazorat  tadbirlarining  sifatiga  salbiy  ta‘sir 

ko‘rsatuvchi  va  insofli  tadbirkorlik  subyektlarining  faoliyatiga  aralashishlarni 

kamaytirishga  to‘sqinlik  qiluvchi  nazorat  faoliyatini  amalga  oshirishda  xavf-

xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi; 

beshinchidan,  mahalliy  soliq  va  yig‘imlarning  ma‘muriyatchiligi  mexa-

nizmlarining  samarasizligi  oqibatida  ularning  yig‘iluvchanlik  darajasi  etarli 

emasligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va 

qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi. 

Kengaytirilgan takror ishlab natijasida har qanday korxonada mikrodarajada 

ishlab  chiqarilgan  mahsulot  tovar  ayirboshlanishi  jarayonida  pul  shakliga  aylanar 

ekan,  ish  haqi,  foyda  va  rentalarga  bo‘linib  ketadi.  Sof  daromad  muqarrar  tarzda 

uch  qismga  bo‘linadi.  Ulardan  biri  soliqlar  ko‘rinishida  davlat  ixtiyoriga  tushadi, 

ikkinchisi ish haqi sifatida aholida qoladi, oxirgisi foyda shaklini kasb etib korxona 

ixtiyorida  qoladi  va  bu  korxona  o‘zi  ixtiyoridagi  pul  miqdorlari  tadbirkorlik 

faoliyati uchun keng imkoniyatdir. 

 



15 


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish