O`zbek tilshunosligida aforizmlarning o`rganilishi
Aforizm janri mazmunning yaxlitligi va tushunarliligi, shaklning ixchamligi bilan o`quvchini o`ziga jalb etadi. U alohida turganda ham, nutq, shuningdek, maqola kontekstida ham ta’sirchanligini saqlab turadi. Tilshunoslikda aforizmlarni puxta o`rganish uchun ularning korpusini yaratib olish lozim bo`ladi. Internet tizimida rus, ingliz, fransuz va nemis tillarning aforizmlardan iborat kontekstli/kontekstsiz shakldagi elektron korpuslari mavjud bo`lib, istalgan tilni qiyosiy o`rganish mumkin. Maqollar mental xarakterda bo`lganligi uchun undan barcha xalqlar birdek foydalana olmasligi mumkin, ammo aforizmlardan butun insoniyat bemalaol foydalana oladi, chunki, insoniyat daholari tomonidan aytilgan falsafiy fikrlar hamma uchun foydalidir.
“Aforizmlar (yunoncha апҳрисмос – hikmatli so`z), ixcham shaklli, chuqur mazmunli muallifi aniq gap; hikmatli so`zlar. Masalan: Oz demak hikmatga bois, oz emak sihatga bois A.Navoiy”9.
Aforizmlar – internet saytlarida foydalanishga qulay bo`lgani uchun elektron kontent sifatida mavjud. Fikrni ixcham shaklda ifodalash maqsadada mualliflarning asarlari yoki nutqlaridan kontekstda yaratilgan iboralar va iqtiboslardan namunalar olinadi. O`zbek she’riyatida shohbaytar mavjud bo`lib, ko`pincha ular aforizmga aylanib ketadi. Aforizmning mustaqil janr sifatida yorqin namunalari Aristotel, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Rumiy, She’roziy, Gyote va boshqalar. Shunga qaramay, ko`plab aforizmlar badiiy asarlardan olinadi; masalan, Oskar Uayldning aksariyat aforizmlari uning pesalaridan nusxalardir. Bunday hollarda aforizm tirnoq shaklini oladi, chunki kontekstdan ajratib olingani ilinib turadi.
Aforistikada so`z o`yini, mantiqiy qochirimlar keng qo`llaniladi, bu o`xshash tushunchalarning yonma-yon joylashishida va qarama-qarshiliklarni aniqlashda namoyon bo`ladi; ixchamlikka so`zlar uchun belgilangan aloqalar va assosiasiyalarni yo`q qilish orqali erishiladi.
Aforizmlarning turlari va bir-biri bilan chambarchas bog`liq tushunchalarni, oppozisiya (antiteza) asosida aforizmlarni tanlash mexanizmini, tanlangan materialni tarjima nuqtai nazaridan tanlash va tahlil qilishda duch kelgan qiyinchiliklar haqida so`z borganda hozirgi
vaqtda lingvistik ifoda vositalarini stilistik jihatdan alohida batafsil o`rganilib, tarjima nazariyasi va amaliyotida ham tadqiq qilish boshlangan.
O`zbek tili tilida korpus uchun matnlar tuzish maxsus tadqiqot predmeti bo`lmagan, ayniqsa, aforizmlar ishtirok etgan diskur va matnlar tizimli holda deyarli uchramaydi, ammo ayrim tadqiqotlarda masalaning ba’zi qirralari haqida fikr bildirilgan. Chunonchi, harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik ta’min yaratish10, o`zbek-ingliz tili mashina tarjimasining lingvistik ta’minoti11, o`zbek tili mualliflik korpusini tuzish tamoyillari12, Bu tadqiqotlar kompyuter lingvistikasi muammolarini tadqiq etganligi bilan dolzarblik kasb etgan. Hozirgacha lingvistik ifoda vositalari faqat umumiy foydalanishda o`rganilgan, ammo antiteza tor qo`llanilish sohalari doirasida ko`rib chiqilmagan. Biz oppozisiyaga asoslangan aforizmlarni ko`rib chiqamiz :
Mashhur shaxslarning aforizmlari nafaqat millatga, balki turli xil lingvistik madaniyatlarga ega bo`lgan butun insoniyatga tegishli, shuning uchun asl nusxada va tarjimada, o`zbek, rus va ingliz til madaniyatlarida aforizmlarni qiyosiy tahlil qilish dolzarb bo`lib turibdi. Bu o`rinda asosiy vazifa o`zbek-rus va ingliz tillaridagi aforizmlarni tarjimalardagi o`xshashlik va farqlarini, shuningdek turli lingvistik madaniyatlariga tegishli tafakkur shakllarini aniqlashdir.
Har bir aforizm tasvirlangan ob’ekt yoki hodisani baholashni o`z ichiga oladi va aforistik so`z elementlari ko`pincha aforizm kontekstidan tashqarida ularga xos bo`lmagan ma’noning baholovchi tarkibiy qismiga ega bo`ladi. Me’yordan bunday og`ish har doim axborot kabidir. Alliterasiya, paronimiya, parallelizm, simmetriya kabi aforistik so`zlarni shakllantirish vositalari so`zning situasion semantikasini yaratishga va faqat shu kontekstlarga xos bo`lgan yangi assosiativ qatorlarni shakllantirishga xizmat qilishi tufayli aforizmning ma’lumot hajmi ham oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |