I bob o’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati


II BOB MUSIQA MA’DANIYATI DARSLARIDA VOKAL-XOR MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI



Download 73,1 Kb.
bet5/5
Sana13.03.2023
Hajmi73,1 Kb.
#918607
1   2   3   4   5
Bog'liq
sevinch kurs ishi

II BOB MUSIQA MA’DANIYATI DARSLARIDA VOKAL-XOR MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
2.1Boshlang’ich sinflarda vokal-xor malakalarini shakllantirish
Bolalar ovoz apparati uch qismdan iborat: 1. Nafas organlari (o'pka, bronx, traxeya-tomoqning nafas yo'li); 2. Hiqildoq (ovoz pardalari joylashgan qism); 3. Rezonatorlar (yutqin, og'iz va burun). Ovozning vujudga kelishi murakkab psixologik-fiziologik jarayon bo'lib, u ovoz apparatining nafas va eshituv apparati bilan birgalikdagi amaliyotda ya'ni o'pkadan chiqayotgan havo oqimi bronx, traxeya orqali tomoqqa keladi va u yerda ovoz pardalari to'sig'iga uchraydi. Havo bosimi ta'siri natijasida ovoz pardalari harakatga kiradi, ulaming takroriy ochilib yopilishi va tebranishi natijasida havo to'lqinlari- tovush hosil bo'ladi. Tovush hosil qilish bilan bog'liq bo'lmagan holdagi odatdagi nafas olish jaryonida ovoz pardalari sokin holatda bo'lib, havo uchburchak shaklidagi ovoz teshigidan erkin o'tadi. Tovush hosil bo'lishida ovoz teshigi torayadi. Tovush baland pardalarga ko'tarilgan sari ovoz teshigi torayib boradi va eng yuqori parda tovushlariga yetganda teshik berkiladi. O'pkaga nafas bilan oligan havo oqimi ovoz apparatidan o'tganda ikki nozik ovoz pardasini silab o'tadi, natijada, yuqorida aytganimizdek ularing tebranishidan hishshilagan tovush hosil bo'ladi. Tovush paydo bo'lishining boshlanishi "tovush hujumi" deyiladi. Tovush tebranishining tezligi, ya'ni tovush balandligi ovoz pardalarining tortilish (taranglashish) darajasiga bog'liqdir. Tebranish qancha tez bo'lsa, tovush shuncha yuqori pardalarga ko'tariladi. Biroq pardalar hosil qiladigan tovush kuchli emas, u asosan yuqorigi rezonatorlardan bo'g'izning kengayishi hisobiga kuchayadi. Og'iz va burun shunga yordam beradi, shuningdek, ular tovush tembrini yuzaga keltirishda ham katta rol o'ynadi. Bu nutq yoki ashulada hayrat, zavq, qo'rquv, iztirob, o'ychanlik kabilaming ifodalanishidir. Bolaning ovozi tovush kuchi, tembri va balandligi bilangina emas, balki diapozoni bilan ham xarakterlidir. Ovoz diapozoni eng past tovushdan eng baland tovush oralig'idagi hajmni o'z ichiga oladi. Inson ovozining butun diapozonini registrlarga bo'lish mumkin. Registr ovoz 43 diapozonining bir qismi bo'lib, tembr va tovush yo'nalishining bir-biri bilan moyilligiga asoslanib aniqlanadi. Odam ovozini past (ko'krakdan chiquvchi tovushlar), o'rta (aralash) va yuqori (bosh bilan bog'liq tovushlar) registrlarga bo'lish qabul qilingan. Ovozning registr tuzilishi Bolalar ovozi ko'krak, aralash (mikst) va bosh (faltset) registrlaridan iborat. Bolalar ovozi uchun bosh qismining baland rezonanslanishi xosdir. Bolalar ovozi apparatining tuzilishi va rivojlanishi xususiyatlariga qarab har bir yosh guruhi individual registrdagi ovoz tuzilishiga ega. 7-10 yoshli bolalar ovozining diapozoni kichik bo'lib, yengil faltset sadosi bilan ajralib turadi. (Faltset-italyancha falso - qalbaki-erkaklaming yuqori registrdagi tovushlari bo'lib, o'ziga xos tembrga ega kuchsiz sadolanadi). O'rta yoshdagi bolalar ovozlarida (11-13 yosh), ayniqsa, o'g'il bolalarda ko'krak registiridagi tovush elementlari (unsurlari) paydo bo'lib, diapozon kengayadi. Bu yoshdagi bolalar ovozining diaozonida uchala registr ajralib tursa-da, kuylash vaqtida asosan (mikst) aralash registri tovushlari ishlatiladi. 14-16 yoshdagi bolalar ovozida tembr aniqligi, voyaga yetgan ovoz elementlari paydo bo'ladi.
Bolalaming ovoz apparati hajman kichik, nozik va mo'rt bo'ladi. Shuning uchun uning fiziologik xususiyatlariga e'tibor bermasdan ish olib borish bolalaming ovozi sog'lig'iga zarar yetkazish mumkin. O'quvchilami kuylashga qiziqtira olish, ko'p jihatdan o'rganiladigan har bir mashq yoki qo'shiqning o'qituvchi tomonidan ifodali kuylab berilishiga bog'liq. Boshlang'ich sinflarda bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishi, asosan, o'qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylashga asoslanadi. Shu tufayli musiqa o'qituvchisining o'zi qo'shiqni yoqimli kuylab, bolalami o'ziga ergashtira olishi zarur. Bolalar ovozini zo'riqtirmasdan kuylatish uchun qo'shiq aytishni primar oraliq (Fa^Lya1), ishchi diapozon (Mi'-Si1) va umumiy diapozon (Re^Si^Do2)) laming me'yoriga amal qilish lozim. Bolalar bosh rezonatoriga asoslangan faltsetga yaqin bo'lgan ovozda kuylashini avval aytib o'tdik. Tovush hosil qilish ustida ishlaganda, bu ulaming yagona kuylash uslubi ekanligini esdan . chiqarmaslik kerak. O'quvchilarga qo'shiq kuylashni o'rgatayotgan vaqtda o'qituvchining 44 o'zi aynan shu ovozda kuylashi tavsiya etiladi. Boshlang'ich sinflarda bolalarni mayin ovozda kuylashlariga erishtirish ovozning muloyim va yoqimli sadolanishini ta'minlaydi. Baqirib kuchli ovozda kuylash bolalar ovozini forsirovka (dag'allik, oortiqcha kuchlanish) ga olib keladi.
Sinfda bolalaming ijrochilik madaniyati ulaming vokal va xor ijrochiligi maxoratlariga bog'liq bo'ladi. Vokal mahoratiga erishish ashula aytishdagi holat, nafas olish, tovush hosil qilish va to'g'ri talaffuz qilishning o'zaro aloqadorligiga asoslanadi. O'quvchilarning qo'shiq aytishdagi holati. O'quvchi partada turib yoki o'tirib kuylaganda qo'shiq aytish holatiga rioya etishi shart. Bunda o'quvchi gavdasini bukmasdan, o'rindiqqa suyanmasdan to'g'ri tutish, yelkalami yengil kerib, jag'ni ortiqcha ko'tarmasdan, bo'yin va boshni to'g'ri tutib, kaftlarini tizzalari ustiga yengil qo'yib, engashmasdan o'tirish va oyoqlarini yelka kengligida erkin qo'yish kabi holatlardan iboratdir.
Diksiya. (Talaffuz). Musiqa darslarida bolalardan to'g'ri diksiya (lotincha diktio-nutq talaffuzi), ya'ni adabiy matnni aniq va ravshan talaffuz qilish talab qilinadi. Har qanday qo'shiq musiqa va so'z kabi kuchli ifoda vositalarini o'z ichiga olgandir. Shuning uchun ham musiqada diksiya juda muhim o'rin egallashi o'z-o'zidan ma'lum. Ko'pincha bolalar musiqa asarini xor bo'lib kuylaganlarida ko'p so'zlami aniq anglay olmaymiz. Bunda asar o'z ma'nosini yo'qotib qo'yadi. Sababi bolalar qo'shiq matnini burro aytishga urinib, tovushni zo'riqib aytadilar.
Kuylashda har ikkala turga ham yo'l qo'yib bo'lmaydi. O'qituvchi bolalarda diksiyaning aniq bo'lishiga, so'zlaming aniq talaffuz qilinishiga, biroq tovushning sifatiga zarar yetkazmaydigan holda bo'lishiga erishishi kerak. Dars jarayonida diksiya bolalar nutq organlarining ishlash qobiliyatiga, ya'ni til, lablar, yumshoq tang'lay, pastki jag'dan iborat artikulyatsiya apparatining ishlash qobiliyatiga bog'liq (artikulyatsiya-lotincha artikulatiobo'laklarga bo'liman). Faol harakatchan artikulyatsiya vokal texnikasiing asosiy elementlari hisoblanadi. Kuylashdagi talaffuz nutq talaffuzidan farq qilad 
Artikulyatsiya apparati sog'lom, to'g'ri joylashgan va o'z vazifasini to'g'ri bajaradigan bo'lishi kerak. Undagi kamchiliklar maxsus mashqlar orqali bartaraf qilinishi mumkin. Bunday kamchiliklarga ayrim harflami almashtirib noto'g'ri talaffuz qilish kiradi. Bolalarda bu kamchiliklar artikulyatsiya apparatining sust harakat qilishi natijasida sodir bo'ladi. Shuning uchun artikulyatsiya apparati yuqori darajada faol ishlashi kerak. O'rganiladigan qo'shiqni juda sekin, butun diqqatni matnning to'g'ri talaffuz etilishiga e'tibor berish juda foydalidir.
Qo'shiqning adabiy matnini ongli suratda idrok qilish-bolalar diksiyasini rivojlantirish ishining muvoffaqiyatli chiqishi 50 uchun asos bo'la oladi. Bunga agar amal qilinmasa, bolalar ko'p vaqt ashuladagi so'zlarni o'ylamasdan, nima haqida qo'shiq kuylayotganliklariga e'tibor bermay talaffuz qiladilar. Shuning uchun diksiya ustida olib boriladigan ishni ifodali o'qish bilan bog'lab olib borish kerak. Bolalar nutqida zaiflik, noaniqlik, ovoz apparatinin siqib gapirish va pirovardida xorda baqirib kuylash kabi nuqsonlar uchraydi. Bunday bolalarga e'tibomi kuchaytirish va ular bilan yakka tarzda ish olib borish, shoshmasdan erkin gapirish va kuylashga undash lozim. Eng muhimi, bolalami mashq va qo'shiqlar matnining vokal uslublariga muvofiq talaffuz etishga o'rgatib borish zarur. Masalan, qo'shiq matnida bu misra quyidagicha yoziladi va nutqda shunday o'qiladi:
«Меп-ga teng-siz meh-ri bor, So'z-la-ri-da seh-ri bor». Qo'shiqda esa u quyidagicha kuylanadi: «Ме-nga te-ngsiz me-hri bor, So'-zla-ri-da se-hri bor». Ashulachilikda unli tovushlami to'g'ri shakllantira olish muhimdir. Bu ish vokal xor materiallari-vokal mashqlari, mashqqo'shiq va qo'shiqlami o'rganib kuylash jarayonida amalga oshiriladi.
Qo'shiqda unlilar ma'lum bir davomiylikka ega bo'lib, qo'shiq qilib aytiladi, undoshlar esa unlilarga qo'shilib talaffuz qilinadi va qat'iy belgilab qo'yilgan ma'lum bir davomiylikka ega emas.Asaming tempidan qat'iy nazar undoshlar qisqa, shiddatli, tushinarli bo'lishi kerak. Biroq ulami talaffuz qilish uslubi qo'shiqning tempi va xarakteriga qarab bir qadar o'zgaradi. Sekin, cho'zib aytiladigan asarlarda undoshlar qisqa, lekin ancha yumshoqroq qilib aytiladi, go'yoki unlilarga biriktiriladi. Tez aytiladigan qo'shiqlarda undosh tovushlar nutqdagi undoshlarga nisbatan burro-burro qilib va urg'u berib aytiladi.  
 Aniq talaffuz badiiy matnni tinglovchiga aniq yetkazishning asosiy shartidir. Lekin so'zlami to'g'ri talaffuz qilishda orfoepiya ham ahamiyatiidir. (Orfoepiya-yunoncha or fo epeia-to'g'ri nutq). Kuylash vaqtida undosh tovushlami talaffuz qilish ko'pincha nutq orfoepiyasi talablariga, so'zlami adabiy talaffuz qilish qoidasiga mos keladi.
 Demak, asami sinf bolalari bilan tayyorlash jarayonida musiqa bilan bir vaqtda adabiy matn ustida ham ish yuritish kerak.
 2.2O’rta va yuqori sinflarda vokal xor malakalarini yanada rivojlantirish.
Bolalarning xor ijrochiligi mahorati ovoz sozlanishi va ansambl bo'lib o'zaro birikishi (qo'shilishi) dan iboratdir. Bu musiqa darsida xor bo'lib qo'shiq o'rganishi davomida sozlanishni va ansambl malakasini egallashni talab etadi. Sozlanish. Soz har bir bolaning berilgan musiqa tovushini aniq idrok etib, o'z ovozini unga moslab baravarlashuvi sozlanishdir. Sinfdagi o'quvchilaming aniq musiqa tovushiga bir xilda sozlanishi bilan sof intonatsiyaga erishish mumkin. Bu esa muhim masala hisoblanib, sinfdagi vokal-xor ishlarining aniq maqsadlaridan bin, sof unison (sof bir ovozlik) ga erishishdir. Turg'un ijrochilik intonatsiyasiga erishish, barcha tovushlami balandliklariga qarab aniq muvozanatini saqlash jamoa bo'lib kuylashda katta ahamiyatga ega.
Turg'un ijrochilik intonatsiyasiga erishish, barcha tovushlami balandliklariga qarab aniq muvozanatini saqlash jamoa bo'lib kuylashda katta ahamiyatga ega. Agar o'quvchilar sof darajada kuylamasa, asaming ifodali, o'ylangan ijrosi haqida gap yuritish qiyin. O'quvchilaming yaxshi sozlanganligi ulaming musiqaviy rivojlanganligiga, birinchi navbatda bolalaming musiqa uquviga va xonandalik malakasi (nafas olish, tovush hosil qilish, to'g'ri talaffuz)ni qanchalik o'zlashtirilganligiga bog'liq. Undan tashqari, ulaming jismoniy va emotsional holati (charchaganligi, hayajonlanishi) va shuningdek, ijro qilinayotgan Yaxshi sozalanishga erishish-ovoz bilan kuyning ayrim tovushlarini hamda kuyni to'laligicha aniq qilib eslashga o'rgatish demakdir. Sof intonatsiya bilan talaffuz qilish qo'shiqchilikning eng muhim elementlaridan biridir. Soz ustida ishlash tovush ustida ishlashga bevosita bog'liqdir. Bu yerdagi ijobiy natija bolalarga vokal tarbiyasi berishning qanday yo'lga qo'yilganiga ham tegishlidir. murakkabligi (tessiturasi va boshqalari) ham muhim rol o'ynaydi.

XULOSA.
Men amaliyot jarayonida va dars jarayonida olgan bilimlarimga tayanib shunday fikrga keldimki, vokal-xor tushunchalari umuman olganda musiqa fani nafaqat o’quvchi balki,butun insoniyat uchun kerak bolgan fan hisoblanadi .Biz musiqa fanini turli xil faoliyat turlariga bo’lib o’rgandik .Kuylash ,tinglash ,musiqa savodxonligi,bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish va ritmik harakatlar asosida dars o’tishni o’rgandim.bugun men yoritib bergan faoliyat turi bu kuylash faoliyati yani vokal –xor malakalarini musiqa darslarida qo’llanilishi mavzusini ochib berdim.Xullas qo`shiq tinglash har bir bolani o`ziga jalb qiluvchi har tomonlama foydali va samarali vosita beruvchi san`atdir.Bu borada ta`lim tizimimizda yetarlicha kamchiliklar mavjud.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bu kamchilikni to`ldirish uchun o`qtuvchi o`z ustida tinimsiz ishlashi,turli baddiy adabiyotlar va texnalogiyalardan foydalanishi,dars jarayonida bolalarni qiziqtira olish va yaxshi qo`shiq aytish uchun nutqini rivojlantirish uchun tinimsiz harakat qilishi lozim.
Download 73,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish