I bob o’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati


Vokal-xor malakalarini shakllantirishning maqsad va vazifalari



Download 73,1 Kb.
bet4/5
Sana13.03.2023
Hajmi73,1 Kb.
#918607
1   2   3   4   5
Bog'liq
sevinch kurs ishi

1.2.Vokal-xor malakalarini shakllantirishning maqsad va vazifalari.
Musiqa ta'limining katta e'tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san'ati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”,[3] “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.
1. Eng oddiy mashqlarni ham solfedjio qilib kuylash lozim, chunki notalar nomi yordamida tovush balandligi o’quvchilar xotirasida saqlanib qoladi.
2. Vokal-xor mashqlari har doim o‘rta tovush sol yoki ishchi diapazondagi tovushlar mi Hammamizga ma'lumki, qo’shiq kuylashdan oldin ovoz sozlash mashqlari olib boriladi. Bunda vokal-xor malakalarini shakllantirishning asosiy maqsadi – o’quvchilar ovozlarining tabiiy xususiyatlarini, yengil, yorkin va jarangdorligini saklagan xolda, ovoz apparatini mustahkamlash hamda ovoz diapazonini kengaytirish, shuningdek qo’shiq kuylash malakalarini rivojlantirish. Vokal-xor malakalari oddiydan-murakkabga prinsipi asosida qo’shiq kuylashga asta-sekin tayyorlab boriladi:, fa, soldan boshlash maqsadga muvofiq, chunki past yoki baland tovushlarda o’quvchilar sof intonatsiyada kuylay olmaydilar.
3. Mashqlarni ko‘rgazmali vositalar (plakatlar, doskadagi yozuvlar, kartochkalar, rasmlar) yordamida olib borish hamda o’qituvchi tomonidan ijro yetib berilishi o’quvchilarning diqqat, xotira va eshitish qobiliyatini yanada o‘stiradi.
4. O’quvchilarda asta-sekin ikki ovozda kuylash malakalarini rivojlantirib boriladi. Bu ularning garmonik eshitish qobiliyatini, lad-tonal sezgisini shakllantiradi.
5. Vokal-xor mashqlarini olib borish jarayonida har xil didaktik o‘yinlardan, rebus, topishmoq (tushirib qoldirilgan notani topish)lardan foydalanish.
Bu kabi vokal-xor tamoyillarini qo’llash orqali o’quvchilarda sof unisonda uyg‘un va ravon kuylash malakalari shakllanadi. Bunda quyidagi vokal-xor mashqlari qo’llaniladi:
1. Sof unison xosil qilish mashqlari
2. Ovozni rivojlantirish mashqlari
3. Artikulyasiya apparatini rivojlantirish mashqlari
4. Keng nafas xosil qilish mashqlari
5. Ikki ovozda kuylash malakalarini xosil qilish mashqlari
O’quvchilarda vokal-xor malakalarini xosil qilish uchun turli xil mashqlardan foydalanish kata ahamiyatga ega. Chunki, aynan vokal-xor malakalari vositasida o’quvchilar ovozini yoqimli va jarangdor qilib tarbiyalash mumkin.
Vokal-xor malakalari olti turga bo‘linadi:
1.Qo’shiq kuylash xolati.
2. Ashulachilik nafasi.
3.Ovoz xosil qilish.
4.Sozlanish.
5.Ansambl.
6.Talaffuz.
O’quvchilar mashq yoki qo’shiqlarni kuylash vaqtida o’qituvchining qo’l ishoralariga karab nafas olish va uni tejab chiqarish, bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugatishga o‘rgatib borish lozim. Shuningdek bakirmasdan yumshoq va mayin vokal ovozida kuylashlariga e'tibor berib borish muhim sanaladi.
Teatrshunos olim M.Rahmonovning yozishicha “Kishilik tarixining ilk bosqichlarida musiqa ham pantomima va raqs san’ati bilan uzviy bog’liq holda maydonga kelgan. U O’zbekiston hududida yashagan ibtidoiy jamiyat odamlari hayoti va mehnat faoliyatining ajralmas qismini tashkil etgan. Ibtidoiy davrdagi eng ilk qo’shiqlar juda sodda bo’lardi. “Ov o’yini” va turli marosimlarda pantomim raqs o’yinlarini olib boradigan “musiqa” va “qo’shiqlar” asosan so’z va tovushni takror-takror qaytaruvchi ohang va rechitativlardan tashkil topardi”[4].
Xor jamoasining asosini undagi vokal xor ishlari tashkil qiladi. Vokal xor kompleks ishlari xorning muvaffaqiyatli faoliyati uchun zamin yaratadi. Xorda vokal ishlarining sifat darajasi xor dirijyorining malakasiga, vokal qobiliyati va pedagoglik mahoratiga bog‘liq. Xorda olib boriladigan vokal ishlarining maqsadi, xonandalarda to‘g‘ri kuylash malakalarini o‘stirishdir. Vokal ishlariga:
- xorning muhim elementlari ustida ishlash (hamohanglikka, yaxshi so‘zga, so‘z talaffuziga, badiiy ifoda vositalariga erishish);
- to‘g‘ri nafas olish, vokal tovush barpo qilish va uni shakllantirish;
- xor kollektivi a'zolarini bir xil vokal malakalariga ega qilish kabilar kiradi. Xor ijrosining muhim elementlarini barpo qilish uning vokal xor texnikasiga bog‘liq. Vokal xor texnikasiga asosan, nafas, tovush hosil qilish, uni cho‘zish, dinamika, intonatsiya va diksiya malakalari kiradi.
Xor kollektivi yaxshi vokal texnikaga ega bo‘lmasa, u xorning ijrosida na uyg‘unlik (ansambl), na tiniq soz, na aniq talaffuz va badiiy ifoda bo‘ladi. Shuning uchun xorda har doim vokal xor texnikasini rivojlantirish va ularni takomillashtirib borish zarur. Chunki xorda yaxshi ansamblga, sozga, dinamik mustahkamlik mustaxkam bo‘lishi kerak. Xorda vokal shunchalik muhim ahamiyatga ega ekanki, xor rahbari vokal pedagogikasini yaxshi bilishi va o‘zi yaxshi ijro eta olishi talab qilinadi. xonandalar esa ovoz gigienasini bilishi va ovozlarini ehtiyot qilib yurishlari kerak. Tovushni shamollatish, ovoz pardalarini toliqtirish qattiq qichqirish (xususan havaskorlik xorlarida) hollari xorda vokal ishlari saviyasini pasaytiradi.
Rahbar har doim vokal tarbiyasi ustilda ish olib borishi, xorning ish faoliyatini shu tarbiya asosida boshqarishi va xorning chiroyli, ifodali jarangiga erishmog‘i kerak.
 Musiqiy tovushlarning baland – pastlik yo’nalishi hamda ijro xususiyatlarining bolalar yoshiga mos yoki mos emasligi to’g’risida ular bilan savol - javob qilish orqali qisqacha tahlil o’tkazadi. Qo’shiqning kichik bo’laklariga qayta ishlash, ular orasidagi bolalar qayta o’ylab aniq idrok etganlaridan so’ng qo’shiqni to’liqligicha kuylash mumkin: bolalar qo’shiqni to’lig’icha ijro etayotgan bir birini eshitishga harakat qila boshlaydilar. Bu holatni bo’lib navbat bilan qo’shiqni quylatadi. U еrda ham kuylovchilar,ham tinglovchilar hosil bo’ladi. Savol – javob tariqasida har qaysi g’uruhning qay darajada kuylanganligi aniqlanadi va o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bu bilan asarning badiiy har aktеrini tinglovchiga еtkazib kuylash vazifasi amalga oshiriladi.
Bu vazifalarning o’qituvchilarni bilim doirasini ya’ni kuylash madaniyatini shakllantirmasdan turib, amalga oshirib bo’lmaydi. Kuylash malakalarining shakllanishi har bir bolaning o’z xususiyati va qo’shiqchilik qobilyatiga ham bog’liqdir. Chunki bolaning maktabgacha musiqaga, qo’shiq aytishga bo’lgan munosabati, maktabda unlagi kuylash malakalarining ta’kidlanishi sifatiga ta’sir qiladi.
Xonandani tarbiyalashda ikki vazifani xal etmoq lozim, bular: ijro aparatini ko‘rmoq, ya'ni professional kuylovchi ovozni xonandaning “sozini” va unda ijro etmoq, bular bir biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan shu narsa xonandaning musiqiy tarbiyasida muhim va mushkul tomondirki, musiqiy sozlarda ijro etuvchilarni tarbiyalashdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun bu etapda o‘qituvchi xonandaning sozini yaratadi, - ya'ni “ovozni tarbiyalash” vazifasini bajaradi.
Tarbiyaning boshida ovozni to‘g‘ri xosil qilishning elementar bilimlari uchun ishlatiladigan mashqlar beriladi va xatto shu ma'nosiz (tekstsiz) mashqlarni xam musiqiy xis bilan ijro etishga axamiyat beriladi. Xar bir xato eng oddiy bilimlar xam elementar ijrochilik vazifalari bilan bog‘li bo‘lishi lozim. Musiqiy mashqlarni oddiy notalar ketma-ketligi shaklida kuylash mumkin, yoki aksincha rivojlangan musiqiy fikr sifatida kuylash xam mumkin.
Vokalizlarni ijro etayotganda xam, asar ijrosi vaqtida xam, musiqiy obraz birinchi urinda bo‘lmog‘i lozim. Shunday qilib xonandaning vokal texnikasi birinchi mashqlardan to mukammal ijroga qadar musiqiy tasavvur Quyidagi 3 etap musiqiy bilimni o‘zlashtirishda eng muximlaridandir. Ovoz apparati ustida ishlashning to‘g‘ri yulini tanlash, ikkinchisi shu yo‘lni mustaxkamlash jarayonini aniqlash, uchinchisini rivojlantirib, saqlash. Bu uch etapni doim yodda tutish o‘qituvchidan talab etiladi, kuylash bilimining ko‘pqirrali tomonlarini o‘zlashtirish, asarga ijodkorona yondoshishga va ijro erkinligiga erishishga yordam beradi.
O’quvchilar ovozini to‘g‘ri tarbiyalash va saklash uchun ular bilan muntazam suhbatlar va tushuntirish ishlari o‘tkazib turish lozim. O’quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish uchun, avvalambor ularda musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish kerak. Musiqiy asarni tinglab, idrok etish uchun asarning kuy yo‘nalishi, lad-garmonik tuzilishi, janri va hokazolarni bilishi lozim. Buning uchun nafaqat musiqa qonunlari, prinsiplari, musiqaning tuzilishi shakida bilish, balki musiqaga nisbatan muhabbat va qiziqish bo‘lmog‘i darkor. Gohida musiqaning hamma koidalarini biluvchi mutaxassis musiqachini uchratamiz, lekin u musiqaga nisbatan emotsional lokayd bo‘ladi. Gohida musiqa qonun-koidalaridan mutlako behabar, ammo musiqani jonu dili bilan sevuvchi insonlarni ko‘ramiz. Shuning uchun musiqiy tarbiyaning yeng asosiy vazifasi o’quvchilarga musiqiy qo’shiq o‘rgatish, musiqa savodi, nota yozuvini o‘rgatish emas, balki ularda emotsional ko‘tarinqilikni, badiiy-estetik dunyoqarashni, estetik didni shakllantirishdir. Darsda belgilangan asosiy pedagogik maqsadlar, musiqani idrok etish musiqiy faoliyatlar uzviy yaxlitlikda olib borilganda o’quvchilarda musiqiy malakalarni shakllantirish jarayoni samarali kechadi.
bilan bog‘liklikda bo‘lishi kerak.
Chunonchi:
-musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish;
-musiqani idrok etish malakalarini o‘stirish;
-kuylash malakalarini o‘stirish;
-musiqa nazariyasi asoslarini o‘rgatish;
-musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish, unga muvofiqharakatlar qilish bilan ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirish;
-musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o’quvchi shaxsida ijodiy tafakkurni shakllantirish va boshqalarga erishadi. Natijada o’quvchilarda musiqa haqida mushoxada yurgizishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi.
Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor ma'nolarda tushunish mumkin. Keng ma'noda-insonning ruhiy ehtiyojlarini, axloqiy tasavvurlarini, g‘oyaviy emotsional tafakkurlarini va hayotiy voqeliklarni estetik baholash xissini shakllantiradi. Tor ma'noda-bu musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida amalga oshiriladi. Musiqani emotsional xis etish, uning mazmun mohiyatini anglash musiqiy madaniyatga ega bo‘lgan shaxsga xos fazilatdir. Zero, musiqa o’quvchilarni estetik jixatdan tarbiyalaydi, ularda dunyoga nisbatan o‘ziga xos «shaxsiy nuqtai nazar» tarkib topadi, unga (dunyoga) faol va ijodiy ko‘z bilan qarash xissi shakllana boradi. Musiqa alohida shaxsga va keng jamoaga ham birdek ta'sir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, g‘oyaviy, pedagogik, fiziologik va hokazo). Bu haqida musiqa madaniyati o’qituvchisi doim unutmay, bir xususiyatni shakllantirish hisobiga, boshqasini chegaralab o‘tmagan holda dars o‘tmog‘i lozim.
Mashqlami bajarishda o'qitish metodlarining bu turini qo'llashning samaradorlagini oshirishning ta'minlovchi qo'yidagi qoidalarga rioya qilish zarur. O'quvchilar oldiga bajariladigan mashqlarning aniq maqsadini: mashqlami bajarish davomida qanday bilimlami qo'llash, nimani miistaxkamlash, mashqni bajarish davomida qanday biiim va malakalami hosil qilish zarurligini qo'yish kerak. Vokal-xor ishlarida ashulachilik nafasi, ovoz hosil qilish, talaffuz, soz va ansanbl malakalarini rivojlantirishga doir metod va usullardan keng foydalaniladi. Bunda musiqa asariga dirijyorlik qilish, qo'shiqlami takrorlab kuylash, asarlarni musiqiy tuzilishi jixatidan taqqoslash, ashulani kuylab ko'rsatish, vokal mashqlari va boshqalardan foydalanish nazarda tutiladi. O'qitishning amaliy metodida vokal-xor 31 malakalari musiqa fani dasturida ko'rsatilgan ashula repertuari orqali hamda o'z Oldiga biror tor doiradagi maqsadni qo'ygan maxsus vokalxor mashqlari orqali hosil qilinadi. Ko'pincha ashula o'qituvchi lari vokal-xor mashqlarini vaqtni bekorga oladigan narsa deb, unga nazar-pisand qilmaydilar, qo'shiq ustida olib boriladigan ishning o'zi o'quvchilarga vokal tarbiyasi berish uchun yetarli deb hisoblaydilar. Bunday qarashiar bilan kelishib bo'lmaydi. Musiqa o'qituvchisi maxsus mashqlami tanlashda qancha ijodkor bo'Isa, u o'z maqsadiga shuncha tezroq erishadi. Vokal-xor mashqlari har bir musiqa darsidan ma'lum o'rin olishi kerak. Bu mashqlar juda xilma-xil bo'lishi mumkin, lekin hamma vaqt bolalaming yosh xususiyatlarini hisobga olish lozim. Vokal-xor mashqlari va mashq-qo'shiq kuylash amaliy mashg'ulotning muhim vositasi hisoblanadi. Laboratoriya va amaliy ishlar o'quvchilaming o'qituvchi rahbarligida bajariladigan juda xilma-xil mustaqil faoliyat turlaridan iboratdir. Bu fizika va ximiya darslarida tajribalar o'tkazish, geografiya, geometriyadan joyida turli xil topshiriqlami bajarish bo'lishi mumkin. Musiqa darslarida ham o'quvchilar musiqa ostida harakatlami bajarish yo'llari yoki musiqaviy o'yinni olib borish taktikasi to'g'risida mustaqil bilim olishlari mumkin. Musiqaviy o'yin asosan boshlang'ich sinflarda yaxshi natija beradi. Sinfda kichik musiqaviy o'yinlar o'rganilsa, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda sinfda o'rganilgan va keng maydon talab etuvchi kuy va qo'shiqlar amaliy ijro etiladi. Amaliy metodning asosiy sharti bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va ulami baholashdir. Darsda musiqaviy o'quv ko'nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy xislatlar bo'ladi. Shuningdek o'quvchilar yo'l qo'yadigan tipik xatolar ham namoyon bo'ladi. Lekin sinfda yaxshi ishlami namoyish qilish kerak. Ijobiy namuna asosida o'qitish afzalroqdir. O'quvchilar, ayniqsa, o'smirlar o'z ishlarining xatolari yomon misol tariqasida butun sinfga ko'rsatilsa, ular juda xafa bo'ladilar. Agar ko'nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o'qitishning amaliy metodlari o'quv materiallarining muvoffaqqiyatli egallanishiga olib keladi.
 
 
 


Download 73,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish