II.BOB OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING JAMIYATGA TA’SIRI VA QONUN BILAN TARTIBGA SOLINISHI
Ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta'siri sezilarli va keng qamrovli bo'ldi. Ommaviy axborot vositalari deganda keng auditoriyani qamrab olishga mo'ljallangan turli xil ommaviy axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta, jurnal, kitoblar va internet tushuniladi.
Ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta'sir etishining eng muhim usullaridan biri bu jamoatchilik fikrini shakllantirishdir. Ommaviy axborot vositalari muammolarni tartibga solish, jamoatchilikka qanday ma'lumotlar taqdim etilishini aniqlash va voqealar qanday talqin qilinishiga ta'sir qilish huquqiga ega. Bu odamlarning ijtimoiy va siyosiy masalalarga qanday qarashiga, shuningdek, iste'molchi sifatida qabul qiladigan qarorlariga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Madaniy me'yorlar va qadriyatlarni shakllantirishda ommaviy axborot vositalari ham muhim rol o'ynadi. Filmlar, teleko'rsatuvlar va boshqa o'yin-kulgi turlari orqali OAV normal yoki maqbul deb hisoblangan xatti-harakatlar haqidagi g'oyalarimizni shakllantirishga yordam beradi. Bu odamlarning bir-biri bilan qanday munosabatda bo'lishiga ta'sir qilishi va hatto ijtimoiy va siyosiy harakatlarga ta'sir qilishi mumkin.
Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari atrofimizdagi dunyo haqidagi tushunchamizni shakllantirish qudratiga ega. Ommaviy axborot vositalari keng ko‘lamli mavzular, jumladan, siyosat, iqtisod, ijtimoiy masalalar bo‘yicha axborot va tahlillarni taqdim etish orqali aholini ma’rifatli qilish, muhim masalalardan xabardorligini oshirishga yordam beradi.
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining ta'siri, jumladan, ommaviy axborot vositalarining salbiy ta'siri, shov-shuvli yangiliklarning ta'siri va ommaviy axborot vositalarining ruhiy salomatlik va farovonlikka ta'siri haqida xavotirlar mavjud. Natijada, odamlar uchun ommaviy axborot vositalarining tanqidiy iste'molchilari bo'lishlari va asoslangan qarorlar qabul qilish uchun turli xil ma'lumot manbalarini izlashlari muhimdir.
Ommaviy axborot vositalari qonun bilan tartibga solingan bo’lib buning asosiy manbayi bosh qomusimiz bo’lgan KONSTITUTSIYA mizda belgilanib qo’yilgan. Konstitutsiyani alohida bitta bobi Ommaviy axborot vositalariga ajratilgan u XV bob bo’lib 81 va 82 moddalarni o’z ichiga oladi.
81-modda
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir.
Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.
Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi4.
Ommaviy axborot vositalari davlat tomonidan qo’llab quvvatlanadi Davlat ommaviy axborot vositalarini quyidagi yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkin:
soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar va tariflar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar berish;
davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari tizimi orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tahririyatlar xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari faoliyatini tashkil etish;
tahririyatlar xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.
Ommaviy axborot vositalaridan:
O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish;
davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborot tarqatish;
agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
pornografiyani targ‘ib etish;
qonunga muvofiq jinoiy va o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.
Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz surishtiruv yoki dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoxud sudga boshqacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi.5
Qonunda quydagicha javobgarlik belgilangan va unga qununni buzganligi uchun quydagi qonunlar qo’llaniladi Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodekisni 218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish6 va Jinoyat kodekisida quydagicha javobgarlik mavjud 1392 moddasida Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish, —
Jinoyat kodekisini 1402 qismida quydagicha berilgan.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Konstitutsiyani 82-moddasida quydagicha ilova qilingan.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqi yo‘q7 va boshqa holatlar qonun bilan tartibga solinadi.
Ommmaviy axborot vositalarini tuzish tartibi ham qonunda belgilanib qo’yilgab bo’lib va ularni tuzish huquqiga yuridik va jismoniy shaxslar egadir.
Ommaviy axborot vositasi bir nechta muassis tomonidan ham ta’sis etilishi mumkin.
Quyidagilar ommaviy axborot vositasining muassisi (bundan buyon matnda muassis deb yuritiladi) bo‘lishi mumkin emas:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs;faoliyati qonun bilan taqiqlangan nodavlat notijorat tashkiloti.8
Ommaviy axborot vositasi chiqishining ayrim bir normalari mavjud bo’lib OAV to’g’risidagi qonunnni 18-moddasida belgilanib qo’yilgan va ular quydagilardir. Har bir davriy nashrning chiqarilishida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
davriy nashrning nomi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va raqami;
muassisning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
bosh muharrirning familiyasi, ismi, otasining ismi;
har bir davriy nashr chiqarilishi uchun mas’ul bo‘lgan tahririyat xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi;
tartib raqami va chiqarilgan sanasi, davriy bosma nashrlar uchun esa bosishga ruxsat berilib, imzo qo‘yilgan vaqt (jadvalda belgilangani va amaldagisi);
davriy bosma nashrlar uchun — indeksi, adadi, bahosi yoki “Kelishilgan narxda”, “Bepul” degan yozuvlar;
Ommaviy axborot vositalarini ro’yxatdan o’tkazishdagi kerakli hujjatlar quydagilardir;
muassis to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ommaviy axborot vositasining nomi, tili va turi;
maqsad va vazifalari;
ixtisoslashuvi;
tarqatilish hududi;
davriyligi;
moliyalashtirish manbalari;
tahririyatning joylashgan eri (pochta manzili) va tahririyat to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar;
hajmi;
muassis va tahririyat boshqa qaysi ommaviy axborot vositalariga nisbatan muassis, ishonchli boshqaruvchi, noshir, tarqatuvchi ekanligi haqidagi (barcha affillangan shaxslarning va ulardan har birining tahririyat ustav fondidagi ulushi miqdorlari ko‘rsatilgan) ma’lumotlar.
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga ommaviy axborot vositasining ta’sis hujjatlari ilova qilinadi.
Agar muassis bitta shaxsdan iborat bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladigan ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga faqat tahririyat ustavi (nizomi) ilova qilinadi.
Ommaviy axborot vositalarini to’xtatish va tugatish tartibi qonunda belgilangan majburyatlarni bajarmasligi va qonunga zid ravishda ish olib borishi uni to’xtalishiga sabab bo’ladi va sud qarori asosida to’xtatiladi. OAVni vaqtinchalik to’xtatish shartnomada belgilangan tartibda amalga oshadi.
Nizolarni hal qilish qonunda belgilangan tartibda amalga oshadi.
Ommaviy axborot vositalarining tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi va faoliyatining tugatilishi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.9
Do'stlaringiz bilan baham: |