I BOB. Olimning professionallashuvi va mas’uliyat uyg’unligi.
1.1
Olimning professionallashuvi…………………
1.2
Ijtimoiy nazorat va ijtimoiy mas’uliyat uyg’unligi………………………
II BOB. “
2.1
“ Algebra va sonlar nazariyasi ”fanida uchraydigan asosiy atamalar (o’zbek, rus, ingliz tillarida)
2.2
“ Algebra va sonlar nazariyasi ”ning asosiy formula va belgilashlari (Sonlar nazariyasi misolida) ………………………………………………………………
2.3
Sonlar nazariyasidan nazorat topshiriqlaridan namunalar…….
III BOB. “ ALGEBRA VA SONLAR NAZARIYASI ”NING MAKTAB MATEMATIKASIDAGI O’RNI
3.1
“ Algebra va sonlar nazariyasi ”ning elementar algebraning davomi ekanligi
3.2
8-sinfda algebra fanidan to’garak o’tkazish rejasini tuzish va uni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi yangi 2020-yil 7-avgustdagi qonuni respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirishni ilmiy asoslash va uni ro’yobga chiqarish yo’llarini belgilab berdigan muhim hujjatlardan biri hisoblanadi. Bu qonunning asosiy maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat hisoblanadi. Ma’lumki, ta’lim jarayoni fan-texnika va texnalogiyalarni rivojlanishi asosida doimiy ravishda takomillashib borishni taqazo qiladi. Bu yo’nalishda respublikamizda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev 2020-yil 30-sentabrdagi “1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munoabati bilan o’tkazilgan tantanali marosimdagi nutqlarida - “Bunday keng ko’lamli demokratik o’zgarishlar, jumldan, ta’lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri, ya’ni Uchinchi Renesans poydevorini yaratishni o’zimizga maqsad qilib belgiladik” deya ta’kidladilar.
So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan o’quvchi yoshlarning bilimlarini oshirib borishga va har tomonlama ularning ta’lim va tarbiyasiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirishni talab etadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda yrtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O’zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada o’nlab muhim farmon, qaror v dasturlarning qabul qilinlanligi hammizga ma’lum. Xususan yaqinda tasdiqlangan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz’ yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, bir qator ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda qo’shma fakultet va o’quv markazlari tashkil qilishga ruxsat berildi. Shuningdek, o’qituvchilarga mualliflik dasturi va o’qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o’qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ning ta’birlari bilan aytganimizda “ Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya tizimi har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir”. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqiyosida ulkan e’tibor qaratilmoqda.