MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………….2
I-bob. Nitrat kislata ishlabchiqarishning nazariy asoslari……….……………...5
1.1. Ammiakdan nitrat kislata ishlab chikarish…………………………………5
1.2. Nitrat kislota olishda Azotning ahamiyati.....................................................9
II-bob. Nitrat kislota xossalari va ishlab chiqarishning nazariy asoslari............16
2.1. Nitrat kislota ishlab chiqarish.......................................................................16
2.2. Konsеntrlangan nitrat kislotasining to’g’ri sintеzi.......................................18
II. Xulosa.............................................................................................................21
III.Foydalangan adabiyotlar................................................................................22
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Kimyo sohasi – zamonaviy sanoatning «katalizatori» bo‘lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo‘lmaydi. O‘zbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy bo‘lsa-da, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.1
Shuning uchun, kimyo tarmog‘iga xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, mahsulot hajmi va turini ko‘paytirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining muhim va ustuvor vazifasi bo‘lishi zarur.
Taraqqiyotimiz darajasini muttasil o’sib borishini ta’minlab, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori va sifatini oshirish iqtisodiy va sosial muammolarni kеng ko’lamda komplеks hal qilishda asosiy omillardan biri bo’lgan yеtuk mutaхassislar tayyorlash ishi muhim vazifalardan biri ekanligi zamon taqazosidir.
Hozirgi davrda yangi, zamonaviy axborot texnologiyalari juda ko’p imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Masalan, kompyuter, printer, skaner, multiplikatstiya, multimediya, animatsiya, prizentatsiyalar va boshqalar. Ular o’z navbatida faol harakatlantiruvchi o’quv tizimini va elektron kitoblarni yaratishga qulay imkon beradi. Natijada zamonaviy informatsion ma’ruza, amaliy va tajriba laboratoriyalarini tashkil qilish mumkin.
1O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan nutqidan.
Shundan kelib chiqqan holda, bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi shundaki, akademik listeylarda mavzularini o’qitishda elektron animasiyalardan foydalanish orqali talaba – yoshlarga yangi texnologiyalarni ko’rsatish, hamda olgan bilimlarni xayot davomida samarali va o’z o’rnida foydalanib, yaxshi natijalarga erishishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |