I bob. Neft va gazning umumiy xossasi


Tabiiy gazning ishlatilishi



Download 46,88 Kb.
bet6/18
Sana10.07.2022
Hajmi46,88 Kb.
#768828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kurs ishim Neft va Gaz kimyosi (2)

Tabiiy gazning ishlatilishi.Tabiiy gazdan issiqlik berish xususiyati yuqori bo'lgan (1 m3 gaz yoqilganda 54 400 kJ gacha issiqlik chiqadi) arzon yoqilg'i sifatida foydalaniladi. Bu turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yoqilg'ilarning eng yaxshi turlaridan biridir. Bundan tashqari, tabiiy gaz kimyo sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.
Tabiiy gazlarni qayta ishlashning ko'p usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad — to'yingan uglevodorodlarni ancha aktiv — to'yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, so'ngra to'yinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlanish yo'li bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Keyingi yillarda toshko'mir, torf va slaneslarni qayta ishlash yo'li bilan gaz ishlab chiqarish ancha ko'paydi. Ko'mir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya manbayi va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi.
Toshko‘m irni qayta ishlashning asosiy usuli — kokslash (quruq haydash)dir. Kokslashda (havosiz joyda 1000 — 1200 °C da' qizdirishda) turli xil mahsulotlar: koks, toshko‘mir smolasi, ammiakli suv va koks gazi olinadi. Koks gazining taxminiy tarkibi: 60% vodorod, 25% metan, 5% uglerod (II) oksid, 2% azot (IV) oksid, 2 % etilen va 2 % boshqa gazlar.
Koks gazi koks pechlarini isitish uchun ishlatiladi (uning 1 m3 yonganda 18000 kJ ga yaqin issiqlik chiqadi), lekin u asosan kimyoviy qayta ishlanadi. Masalan, undan azotli o ‘g‘itlar olish uchun foydalaniladigan ammiak sintez qilish uchun vodorod ajratib olinadi.
Toshko‘mir smolasi aromatik uglevodorodlar manbayi hisoblanadi. U rektifikatsion usulda haydaladi va benzol, toluol, ksilol, naftalin, shuningdek, fenollar, azotli birikmalar va b. olinadi. Qoramoy — smola haydalgandan keyin qolgan quyuq qora massadan elektrodlar va tomga yopiladigan tol tayyorlash uchun foydalaniladi.
Kislorod rangli va hidsiz reaktiv gaz bo'lib, u havoning hayot ta'minlovchi komponenti hisoblanadi. Yer atmosferasining 21% dan bir oz kamrog'ini tashkil etadi va yer qobig'ining eng keng tarqalgan elementi, asosan oksidlar, silikatlar va karbonatlar shaklida bo'ladi.
Kislorod, tibbiy maqsadlar uchun nafas olish gazi sifatida foydalanishdan tashqari, ko'plab sohalarda samaradorlikni oshirish va optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va boshqa yoqilg'ilarga nisbatan uglerod izini kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan kuchli oksidlovchi xususiyatlarga ega. Kislorodni boyitish yoki u bilan havoni almashtirish ham kimyoviy va biologik jarayonlarning samaradorligini oshiradi.
Kislorod qo'llanilish sohasi yonish, oksidlanish, fermentasiya, oqava suvlarni tozalash va baliqchilikni o'z ichiga oladi. Yoqilg'i gazlari yoki argon (Ar) va karbonat angidrid (SO₂) bilan birgalikda kislorod metallarni kesish, payvandlash, yong'inni o'chirish, so'ndirish, tozalash va eritish uchun ham ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida kislorod qizil go'shtning yangi, tabiiy rangini saqlab qolish uchun ishlatiladi.

Download 46,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish