avvalo uning ma‘naviy kamoloti, aql – zakovati , kuch – qudrati va bunyodkorlik
bo‘lib kelgan. Bashariyat buxoriylar , farg‘oniylar , xorazmiylar, ibn sinolar,
navoiylar va ulug‘beklar dahosiga cheksiz ravishda hurmat va ehtirom ko‘rsatgan.
Ularning olamga mashhur ma‘naviy – ma‘rifiy ishlari bilan xaqli ravishda iftixor
qilamiz, lekin shu bilan birga Prezdent Islom Karimov ta‘kidlaganidek, ―Har bir
bo‘lganidek, Vatan ham yagonaligini bizlar ana Shunday qo‘shiqlar orqali uqib
tushunchasini bo‘lgan e‘tibor davlat e‘tiborida bo‘lar ekan, iqtidorli yoshlarning
Yangi dasturga oid musiqa darslarida tarbiyaviy sifatlar va ushbu
jarayonning ijobiy tarzda amalga oshishida o‘qituvchining tarbiya sifatlarini to‘ri
va aniq olib borishidadir. Musiqa darslarining muayyan mazmuni har bir chorak
uchun belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog‘ida musiqaning
muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi. Ikkinchidan, musiqa tinglash,
qo‘shiq tinglash va musiqa savodi mashg‘ulotlari darsning mustaqil qismi emas,
balki dars mavzusini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi.
Uchinchidan, dars mavzuining qiziqarli va ta‘lim samaradorligini oshirish
maqsadida raqs va musiqali- ritmik xarakati, chapak va bolalar cholg‘u asboblarida
musiqaga jo‘r bo‘lish hamda musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqa faoliyatlari
qo‘llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida o‘yin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular
uquvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining
ajralmas qismi va uzviy bo‘lagi sifatida amal qiladi. Bu jihatdan musiqa fani
kompleks (integral-aralash) dars tipiga kiradi va unda darsning umumiy mavzusiga
bo‘ysunuvchi o‘zaro mantiqan bog‘lanuvchi quyidagi musiqa faoliyatlariga amal
kilinadi: musiqa(idrok) tinglash, kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik xarakatlar,
chapak va cholg‘u asboblarida chalish hamda musiqa ijodkorligi.
Musiqa idroki dars mashg‘ulotlarida yetakchi faoliyat sifatida muxim rol
o‘ynaydi. U ikki xolatda amalga oshadi. Birinchi xolatda ma‘lum asar tinglanib,
idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari oddiy musiqiy pedagogik taxlil qilinadi.
Ikkinchi xolatda musiqa asarlari avval tinglanib, so‘ng kuylash orqali o‘rganiladi.
Bunday mashg‘ulot usuli asarni puxta o‘rganish va ayni xolda kompleks
malakalarni rivojlantirish uchun imkon yaratadi.
Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida
muximdir. Darsda qaysi faoliyat mashg‘uloti qo‘llanilmasin, uning amaliyotida
foydalanilayotgan asar o‘rganiladi va uning hususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochilari
va hakozo) xaqida yangi tushunchalar hosil bo‘ladi. Shu bois, musiqa savodi
faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo‘libgina qolmay, balki o‘quvchilarning
umumiy musiqaviy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar
majmuasini ya‘ni musiqa shakllari, janrlari, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning
farqlarilib milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi va
boshqalarni singdirib borishdan iborat.
Bunday shaxsni dunyoga keltirish va tarbiyalashda jamiyatning institutlari
mas‘ul bo‘lib, ushbu jarayonni samaradorligini ta‘minlashda ular bevosita va
bilvosita ishtirok etadilar. Jumladan, oila, mahalla, bog‘cha, maktab, akademik
litsey, oliy va o‘rta maxsus ta‘lim muasasalari, maktabdan tashqari ta‘lim tizimi,
sog‘liqni saqlash va ma‘rifiy madaniy muassasalar, nodavlat-notijorat tashkilotlar,
ommoviy axborot vositalari, matbuot va boshqalar sog‘lom avlodni tarbiyalashda
o‘qituvchilar yaxlit tizimni tashkil etadi. Albatta sog‘lom avlod tarbiyasida
musiqiy pedagogni ushbu tizimda har bir bo‘g‘inini nizom doirasidagi o‘z maqsad
va vazifalari bo‘lib ularni bajarilishini ta‘minlashda o‘zaro hamkorlik tamoyiliga
rioya etilgan taqdirda ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: