2.1.
Musiqa madaniyati darslarida ma’naviy tarbiyani
rivojlantirish omillari.
Musiqa - yunoncha, mousiche – muzolar san’ati – inson hissiy
kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag’ma) lar
izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san’at turi. Uning mazmuni
o’zgaruvchan ruxiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy – badiiy holatlardan
iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari ko’tarinkilik, shodlik, zavqlanish,
mushohadalik, g’amginlik, xavf – qo’rquv va boshqalarni o’zida
mujassamlashtiradi. Bundan tashqari musiqa shaxsning irodaviy sifatlari
(qat’iylik, intiluvchanlik, o’ychanlik, vazminlik va boshqalarni, uning tabiati,
mijozini ham yorqin aks ettiradi.)
Musiqa kelajak avlodlarining ongini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.
Musiqa madaniyati darsi nafaqat madaniy, balki siyosiy ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‘lib, uning naqadar ma‘suliyatli ekanini his etmoq kerak. Yuksak ijodiy
na‘munalardan tortib, milliy folklorga qadar e‘tibor berar ekanmiz, musiqa xalq va
uni manfaati uchun xizmat qilishini anglab yetamiz. Kuy va qo‘shiqlarda xalqning
orzu-umidlari va armonlari yoritiladi.
Xalq musiqasining chin asl mohiyatini anglab yetish uchun avvalo har bir
shaxsning ma‘naviy olami keng bo‘lishi kerak. Yurtboshimiz Islom Karimov
ta‘kidlaganidek, ―Ma‘naviyatda insonning siymosi, e‘tiqodi, ahloqi, hhayotining
ma‘nosi qanday tushunishi, ichki dunyosi namoyon bo‘ladi. Vatan, xalq oldidagi
burchni anglash ham yuksak ma‘naviyat belgisidir.‖
Xalq musiqasi qadimiyligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, unda
mehnatkash xalqimizning hayoti va yashash tarzi aks etishi bilan birga rivoj topib
borishi ham keng ko‘rinadi.
Musiqa san‘ati insonni tarbiyalaydi, uni ezgulikka, kishilarni yaxshilik
qilishga undaydi. Musiqaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni beqiyosdir. Biroq
bugungi kunda yoshlarning musiqaga qiziqishlari biroz muammolar keltirib
chiqarmoqda. Ko‘plab yoshlar xorijiy musiqalarga taqlid qilgani holda o‘zlarining
ko‘rinishlariga ham g‘arbona tus bermoqdalar.
Bolalar mashg‘ulot jarayonida xor bo‘lib (jamoada) qo‘shiq aytishda
guruxdagi hamma bolalar ishtirok etishadi. To‘g‘ri, avvaliga noto‘g‘ri kuylayotgan
bolalar umumiy qo‘shiqqa, ohanglarning sofligiga xalaqit beradi, lekin shuni esda
to‘tish kerakki, bolalarning musiqa tinglash qobiliyati asta sekin o‘rgatish
jarayonida rivojlanadi.
Qo‘shiq kuylash malakalarini rivojlantirish o‘zoq vaqt davom etadigan
jarayondir. Shuning ham biz musiqa tinglash qobiliyati va ovozi yaxshi
rivojlanmagan bolalarda bularning har ikkalasini ham rivojlantirish imkoniyatidan
maxrum qila olmaymiz.
Barchamizga ayonki, kuy-qo‘shiqqa, san‘atga muhabbat, musiqa madaniyati
xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyda dutor, doira yoki
boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta‘sirini o‘z hayotida
sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyn desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san‘ati navqiron avlodimizning
yuksak ma‘naviyat ruhida kamol topishida boshqa san‘at turlariga qaraganda
ko‘proq ta‘sir qiladi.
Umumta‘lim maktablarida musiqa madaniyati darslari o‘quvchilarning
ma‘naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va
vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy
didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni
tarbiyalashga xizmat qiladi.
Musiqa ta‘limi davlat ta‘lim standartlari asosida ta‘lim mazmuni,
o‘quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik,
xotirani mustahkamlash, oobrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik,
tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta‘minlaydi.
Xalqimiz madaniyatini va ma‘naviyatini yuksaltirish, xususan, o‘sib
kelayotgan yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga e‘tibor hamda ularning dunyoqarashlarini
kengaytirishda, erkin fikrlash qobiliyatlarini kuchaytirishda milliy musiqaning,
ayniqsa, o‘zbek bolalar folklor qo‘shiqchiligining o‘rni beqiyosdir. Milliy
musiqamiz durdonalari va an‘anaviy qo‘shiqlarimizning avvaldan xalqimiz orasida
ardoqlanib, og‘izdan-og‘izga o‘tib, kuylanib, sozlar orqali chalinib kelingan.
Mumtoz kuy va qo‘shiqlarimiz, ayniqsa, oddiy xalq tilidan kuylangan o‘lanlar,
allalar, lapar va yallalar, aytishuvlar, teginma qo‘shiqlar shular jumlasidandir.
Musiqa madaniyatiga hissa qo‘shayotgan mutaxassislar qalbida milliy
g‘urur, ona zaminga mehr-muhabbat tuyg‘ulari kamol topdi. Ma‘naviy sohada o‘z
ifodasini topgan musiqa tarbiyasidagi yutuqlar odamlarning, xalqimiz,
millatimizning axloqi va madaniyatida, dunyoqarashida ro‘y bergan sifat
o‘zgarishlari
mustaqillik
ilk
bosqichining
muvaffaqiyati
hisoblanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar kabi milliy musiqa
san‘atiga e‘tibor ham jiddiy tus oldi.
Ayniqsa,
o‘quvchilarni
ma‘naviy
tarbiyalash
jarayonida
milliy
qadriyatlardan oqilona foydalanib, milliy ohanglarni his eta bilishni shakllantirish
lozim. Insonning qaysi millatga mansubligi faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u
hamdir. Yigit-qizlarni aqliy-axloqiy, madaniy-ma‘naviy jihatdan tayyorlamasdan,
fanga iste‘dodli yoshlarning kirib kelishini ta‘minlamasdan, yoshlarni zamonaviy
fan-texnikaning yutuqlaridan bahramand qilmasdan, qo‘llab-quvvatlamasdan
ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonib-ishonmasdan turib, mamlakatimiz
ma‘naviyatini rivojlantira olmaymiz. Shunday ekan, ularni ma‘naviy barkamolikka
erishishlarida milliy musiqamizning kuch-qudratiga tayangan xolda ibratli pand-
nasihatga boy, xalqona yo‘lda yaratilgan kuy va qo‘shiqlardan foydalanishimiz
zarur.
Musiqa darsi o‘tishning zamonaviy pedagogik usullariga doir ko‘plab
qo‘llanmalar mavjud, bunday uslublarni ilg‘or musiqa muallimlarining o‘zlari
kashf qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda. Xususan, ―mavzu qanday bayon
qilganda uning necha foizi o‘quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan
o‘zlashtiriladi?‖ degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o‘tkazilajak tajriba
yakuni ―anglash piramidasi‖ degan nomni oladi.
Maktabda musiqa salohiyatini tarkib toptirishda har bir qo‘shiqni o‘rganilar
ekan qo‘shiq harakteridan kelib chiqib unnig ifoda vositalari ham shunga mos
bo‘ladi. SHu bilan birga o‘quvchi qo‘shiqdagi alterasiya va dinamik belgilarini
o‘rganib, shular asosida qo‘shiqning mazmunini ochib berishi va sof kuylashi
lozim.
Qo‘shiq kuylash, musiqiy idrokini kuchaytirish o‘quvchining psixologik va
fiziologik tuyg‘ulariga ta‘sir etadi, ijobiy faolligini ta‘minlaydi, tovush hosil qilish,
artikulyasiya va nafas organlarini faollashtiradi. Xotirasi, nutqi, diqqatini
mustahkamlash bilan birga dunyoqarashini kengaytiradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risidagi qonuni» va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta‘lim tizimida ruy berayotgan
uzgarishlar umumiy urta ta‘lim maktabalridagi boshqa o‘quv fanlari qatori musiqa
fanining o‘qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Musiqa madaniyati o‘quv fani umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida
o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san‘at, jismoniy
tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog‘lanadi.
Shunday ekan, pedagoglar musiqani ongli faoliyat, samarali mehnatga
samimiy munosabatda hamda mo‘‘tadil kayfiyat garovi bo‘la oladi. Musiqa
kundalik hayotimizga qanchalik singib borsa, hayotimiz shunchalik zavkli va
mazmunli bo‘ladi. Ayniqsa, birinchi sinf o‘quvchilarini ona vatanga muxabbat
ruhida tarbiyalashningmuhim tarkibiy qismi–estetik tarbiya
masalalarini
muvoffaqiyatli xal qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
Musiqa darsi estetik tarbiyaning eng asosiy qismlaridan bo‘lib, u bolalarni
musiqaga yaqinlashtirish , musiqa san‘ati asarlarini tushunishga va ijro etishga
o‘rgatish ishlarini ularning kichik yoshidan boshlashni taqozo qiladi.
Musiqa darsining ichki tuzilishi musiqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga
doir turli namunalardan – vokal-xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa
tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar cholg‘u asboblarida chalish, ritmik
harakatlar bajarish elementlaridan iborat. Shuniing uchun u aralash dars tipiga
kiradi.
Yana musiqa boshqa san‘at turlaridan o‘zining ifoda vositalari, ya‘ni «tili»
bilan farq qiladi. Musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohanglar vositasida
ifodalanadi, musiqani faqat tinglabgina idrok etiladi.
Musiqa madaniyati darslarida Vatan xaqidagi an‘anaviy qo‘shiqlarni
o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi-murabbiylarning o‘zlari ham Vatanni yuraklariga
jo aylab, so‘ngra o‘quvchilarga kerakli tushuncha va ko‘nikmalarni berishlari
lozim.
O‘zbek xalq milliy qo‘shiqchilik san‘atini yuksalishida mustaqillikdan so‘ng
yaratilgan qo‘shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. Mamlakatimiz
mustaqilikka erishgach yuqori malakali, zamonaviy tafakkur tarziga ega bo‘lgan
bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida namunali ishlar amalga oshirildi.
Musiqa salohiyatini rivojlantirishda bolaning iqtidori ham muhim sanaladi,
buning barobarida bolaning bilimi oshadi, vokal-xor malakalari rivojlanadi,
axloqiy estetik fazilatlari hamda mehnatga munosabati shakllantiriladi.
Musikiy faoliyat turlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi, biridan
keyin ikkinchisiga o‘tishi kerak.
Dars o‘kitish tamoyillariga muvofiq bo‘ladi. U tarbiyaviy ta‘sir o‘tkazadi.
Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi. .Musiqa darsi mazmuni o‘quv dasturiga
muvofiq bo‘lib, u boshqa darslar sistemasidagi bo‘g‘inlarni qamrab oladi.
Musiqali harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga
oshirishda o‘yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu
faoliyatlarko‘proq o‘yin xususiyatlari bilan bog‘liq. Dasturda tinglash va kuylash
uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu o‘qituvchiga asarlarni sinf
imkoniyatlari va o‘quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o‘qitish
imkoniyatini beradi.
Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki xissa mikdorda
tanlash va lozim bo‘lganda dasturdan tashkari asarlardan ham foydalanish
mumkin.
Nota savodi, cholg‘uchilik, raqs harakatlari Shuniingdek, musiqa ijodkorligi
faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Dars
sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va
darslarga tayyorgarlik ko‘rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu
narsaga e‘tiborni kuchaytirish lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg‘ulotlar
mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida – alohida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da,
darslarni rejalashtirishda va ularni o‘tishda dars mazmunidan kelib chiqishi va
uning mohiyatini ochib berishi lozim bo‘ladi. SHunday qilib, darsda musiqa
faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «ta‘lim to‘grisidagi konuni» va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta‘lim tizimida ruy berayotgan
uzgarishlar umumiy urta ta‘lim maktabalridagi boshqa o‘quv fanlari qatori musiqa
fanining o‘qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Musiqa madaniyati o‘quv fani o‘quvchilarning ma‘naviy, badiiy va axloqiy
madaniyatini shakllantirishga milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga
oshirishga ijobiy maxorat va badiiy didni ustirishga, fikr doirasini kengaytirishga,
mustaqil llik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati
o‘quv fani umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘qitiladigan barcha o‘quv
predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san‘at, jismoniy tarbiya, mehnat va
boshqa fanlar bilan bog‘lanadi.
Barcha o‘quv fanlari qatori musiqiy ta‘limda ham davlat ta‘lim
standartlarining joriy etilishi milliy musiqiy merosimizdan to‘laqonli foydalanish
imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda va
sozandalarning ijodiy faoliyatlarida, maqom, shashmaqom, doston va bugungi
zamonaviy musiqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san‘tining bu kabi
imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularni barkamol bo‘lib yetishishlarida
o‘ziga xos va takrorlanmas manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Azaldan SHarq, jumladan,
o‘zbek musiqa ta‘lim tarbiyasi, pedagogikasi va uning mukammal uslubiyotlari
ustoz – shogird an‘analari misolida takomillashib borgan.
Davlat ta‘lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi professional
musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, makomchilar,
dostonchilik asarlarining elementar asoslarini me‘yorlashtiradi.
Hozirga kelib musiqa darsi va uni zamon talablari asosida tashkil etishning
fusunkor ko'lami yanada kengaydi, uning mavqei tobora yuksaldi, jamiyatda
tutgan o'rni mustaxkamlandi. Endi musiqa go'zal Vatanimizda katta tarbiyaviy
imkoniyatlarga ega bo'lgan mustaqil soxadir. O‘quv tarbiya jarayonida musiqa
yosh avlodga axlokiy -estetik tarbiya berishning asosi bo'lib xisoblanadi, ta'lim
jarayonining bir kadar jadallashuvi, samaradorligi unga bog‘liqdir.
Musiqa darsining ichki tuzilishi musiqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga
doir turli namunalardan - vokal-xor mashqulotlari, musiqa savodi, musiqa
tinglash, musiqa taqlili va adabiyoti, bolalar cholg‘u asboblarida chalish, ritmik
harakatlar bajarish elementlaridan iborat. Shuning uchun u aralash dars tipiga
kiradi.
Yana musiqa boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, ya'ni "tili"
bilan farq qiladi. Musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohanglar vositasida
ifodalanadi, musiqani faqat tinglabgina idrok etiladi.
Musiqa savodxonligini rivojlantirishda bolaning iqtidori ham muhim
sanaladi, buning barobarida bolaning bilimi oshadi, vokal-xor malakalari
rivojlanadi,
axlokiy
estetik
fazilatlari
hamda
mehnatga
munosabati
shakllantiriladi.
Musiqa madaniyati darslarida xalqimizning mumtoz va zamonaviy
qadriyatlaridan bahramand bo‘lish darslarning samarali bo‘lishida o‘rinlidir. Dars
davomida o‘qituvchi o‘quvchilarga faqatgina musiqa tinglash va qo‘shiq kuylash
bilan chegaralanmay ―Odob- inson ziynati‖ mavzuida qiziqarli ochiq muloqotlar
o‘tkazishi, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan o‘gitlardan foydalanishi mumkin.
Ya‘ni, kishilarda bo‘lishi zarur bo‘lgan hislatlar, aynan musiqada ham
bo‘ladi, jumladan, milliy qo‘shiq chiroyli harakat, hushmuomalalik- hushohanglik
bilan uyg‘unlashadi. SHu o‘rinda ta‘kidlash lozimki, odobli bola bosiq, muloyim,
kamtar ota-onasiga mehribon bo‘ladi. Qo‘pol, manmansiragan, hudbin bolalar esa
elga yoqmaydi. Xuddi Shuning dek yoqimsiz qo‘shiq ham insonning g‘ashini
keltiradi, eshitishga arzimaydi...
Dars davomida tarbiyaviy qo‘shiqlarni tinglash orqali o‘quvchilarning
musiqa idroki kuchayadi, mustaqil fikrlaydi hamda tinglangan ohanglar orqali
ularning taqqoslash qobiliyatlari rivojlanadi.
Yoshlar o‘rtasidagi tarbiyani birgina musiqa o‘qituvchisi hal eta olmaydi,
buning uchun ota-ona ham javobgardir. Maktabdan tashqari vaqtda farzandining
nimalar bilan shug‘ullanayotganligi, qanday musiqalarni tinglayotganligi, kimlarga
yoki nimalarga taqlid qilayotganligiga e‘tibor berish ularning vazifalaridir.
Agarda biz noto‘g‘ri musiqa o‘rgatsak bizdan xafa bo‘lishlari o‘rinli, biroq
uydagi muhitda yuqorida ta‘kidlagan, xorij musiqalariga qiziqish kuchaysa,
beo‘xshov harakatlarni o‘rganib borsa bizning harakatlarimiz zoe ketadi. Bugungi
kunda har bir musiqa madaniyati o‘qituvchilarining vazifalari o‘quvchi yoshlar
orasidan eng iqtidorlilarini tanlab ularning san‘atini ro‘yobga chiqarish, Shuning
barobarida o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan alohida milliy mashg‘ulotlar tashkil
etishdan iborat bo‘lishi zarur.
O‘zbek xalqining boshqa xalqlarda uchramaydigan andishalik, hayo, ibo, bir-
birini qadrlashi, odob-axloq me‘yorlarini ham musiqa tarbiyalay oladi. Ba‘zi bir
oramizda uchrab turadigan nobakor farzandlar o‘z ota-onalarini xafa qilgan
paytlarida, radio orqali pand-nasihatga oid qo‘shiq tinglaganlarida o‘z vaqtida uzr
so‘ragan paytlari ham bo‘lgan. Chunki milliy musiqa orqali insonda olijanoblik,
ulug‘vorlik yuzaga keladi.
Ayniqsa, o‘quvchilarni ma‘naviy tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlardan
oqilona foydalanib, milliy ohanglarni his eta bilishni shakllantirish lozim.
Insonning qaysi millatga mansubligi faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir.
o‘quvchilarga dars o‘tish jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan
foydalanishda diqqatimizni bugungi o‘tilajak dars mavzusiga qaratishimiz lozim.
Biroq , ba‘zan san‘atga qiziqadigan o‘quvchilarni kuzatsangiz, partani chertib,
sizga jo‘r bo‘layotganini ko‘rasiz. SHuni o‘zi u sizni qabul qilayotganini, qo‘shiq
bilan yashayotganligini, ohangni chin dilidan his etayotganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |