2.3-§. Mulohazalar algebrasi formulalari va mulohazalar hisobi formulalari orasidagi munosabatlar.
1-teorema. Mulohazalar hisobidagi har bir isbotlanuvchi formula mulohazalar algebrasida aynan chin (tavtalogiya, umumqiymatli) formula bo’ladi.
Isboti. Teoremani isbot qilish uchun quyidagi uchta holni ko’rib chiqishga to’g’ri keladi:
Mulohazalar hisobidagi har bir aksioma mulohazalar algebrasidagi aynan chin formuladir;
Aynan chin formulalarga o’rniga qo’yish qoidasini qo’llash natijasida hosil qilingan formulalar ham aynan chin formulalar bo’ladi;
aynan chin formulalarga xulosa qoidasini qo’llash natijasida hosil qilingan formulalar ham aynan chin formulalar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |