Diqqatni tekshirish
Diqqatni tekshirishda psixolog avval bolada diqqatning buzilishi mavjudligini aniqlashi lozim. So'ngra bu buzilishlarning namoyon bo'lish darajasini, ularning faoliyat buzilishlaridagi rolini, kelib chiqishi va asbabini aniqlashi kerak.
Diqqat buzilishlarining namoyon bo'lish darajasini aniqlashda ularning faoliyat jarayoni va natijasiga qanchalik ta'sir etganligiga diqqatni qaratish lozim.
Ko'pincha, diqqatning qo'pol bo'lmagan buzilishlari ishning natijalarida aks etmasada, shunga qaramay ularning mavjudligi ko'pgina klinik holatlarning tashxis belgisi sifatida ahamiyatga ega bo'ladi.
Diqqatning qo'pol buzilishlarida kuzatilganda, ular boladagi qiyinchilikning asosiy sababi ekanligini yoki ular xarakterning ko'rinishlariga kirishini aniqlash zarur. Diqqatidagi kamchiliklar boshqa psixik funktsiyalari faoliyatiga, ayniqsa xotira faoliyatiga ta'sirini bilish lozim (xotiradagi ayrim kamchiliklar diqqatni buzilishiga olib keladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |