Bolalar bilan
o'tkazilgam
metodikalar
rigan bolalar
|
soni
|
Tekshi
|
|
Topshiriqni mustaqil
|
bajardi
|
Topshiriqni yordam
|
bilan bajardi
|
Topshiriqni qisman
|
bajardi
|
Topshiriqni bajara
|
olmadi
|
1
|
L.V.Zankov
|
|
10
|
30%
|
60%
|
-
|
10%
|
|
|
metodikasi (xotira)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Segen
|
taxtasi
|
|
|
|
|
|
|
|
metodikasi
|
|
10
|
50%
|
40%
|
-
|
10%
|
|
|
(tafakkur)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Kesma
|
rasmlar
|
10
|
60%
|
20%
|
10%
|
10%
|
|
|
metodikasi (Idrok)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Yetishmaydigan
|
|
|
|
|
|
|
|
qismni
|
aniqlash
|
10
|
10%
|
70%
|
10%
|
10%
|
|
|
metodikasi (Diqqat)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Nutqni tushunish
|
10
|
50%
|
40%
|
-
|
10%
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bolalarning xotira xususiyatlarini tekshirish uchun L.V.Zankov metodikasidan foydalanildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 30 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 60%, topshiriqni qisman bajargan bolalar yo'q, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Bolalarning tafakkur xususiyatlarini tekshirish uchun "Segen taxtasi" metodikasidan foydalanildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 50 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 40%, topshiriqni qisman bajargan bolalar yo'q, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Bolalarning idrok xususiyatlarini tekshirish uchun "Kesma rasmlarni birlashtirish" metodikasidan foydalanildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 60 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 20%, topshiriqni qisman bajargan bolalar 10%, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Bolalarning diqqat xususiyatlarini tekshirish uchun "Yetishmaydigan qismni aniqlash" metodikasidan foydalanildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 10 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 70%, topshiriqni qisman bajargan bolalar 10%, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Bolalarning lug`at boyligini, nutqni tushunishini tekshirish uchun 5 ta parametrdagi savol javoblar o'tkazildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 50 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 40%, topshiriqni qisman bajargan bolalar yo'q, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Jumladan, Sherqulov Iskandar, Abdusalomov Sunatilla, Ergashxo'jayeva Muslima muloqotga tez va yaxshi kirisha oldilar. Tekshiruvchi tomondan berilgan savol va topshiriqlarni bajarishga qarshilik va metodikalarni bajarishdan bosh tortish holatlari bo`lmadi. "Segen taxtasi", "Kesma rasmlarni birlashtirish", L.V.Zankov metodikalarini katta qiziqish bilan bajardi. Nutqni tushunishi bo`yicha berilgan savol va topshiriqlarga to`g`ri javob bera oldi. Faqat "Yetishmaydigan qismni aniqlash" metodikasida biroz qiynaldi va yordam bilan bajardi.
G`aniyev Xasan, Ismailov Obidjon, Mirabzalov Salohiddin muloqotga tez va yaxshi kirisha oldilar. Tekshiruvchi tomondan berilgan savol va topshiriqlarni bajarishga qarshilik va metodikalarni bajarishdan bosh tortish holatlari bo`lmadi. Barcha topshiriqlarni qiziqish bilan to`g`ri bajarishga xarakat qildilar. G`aniyev Xasan "Kesma rasmlarni birlashtirish" metodikasini mustaqil bajardi, nutqni tushunish bo`yicha berilgan savol va topshiriqlarni to`g`ri bajardi. Qolgan metodikalarni yordam bilan bajardi. Ismailov Obidjon Mustaqil "Segen taxtasi" metodikasini mustaqil bajardi, nutqni tushunish bo`yicha berilgan savol va topshiriqlarni to`g`ri bajardi. Qolgan metodikalarni yordam bilan bajardi. Mirabzalov Salohiddin "Segen taxtasi", "Kesma rasmlarni birlashtirish" metodikasini mustaqil bajardi, nutqni tushunish bo`yicha berilgan savol va topshiriqlarni to`g`ri bajardi. L.V.Zankov, "Yetishmaydigan qismni aniqlash" metodikalarini bajarishda biroz qiynaldi va yordam bilan bajardi.
Jahongirova Aziza, Samuqjonov Sodiq muloqotga kirishishga biroz qilnaldilar. Metodikalarni bajarishdan avval ular bilan qiziqarli savol-javoblar o`tkazildi. Aziza va Sodiqjon nutqni tushunish bo`yicha berilgan savol va topshiriqlarni bir meyorda bajardilar. Yetishmaydigan qismni aniqlash metodikasida Aziza vazifani bajara olmadi, Sodiqjon esa topshiriqni tugallamadi. qolgan metodikalarni yordam bilan bajardilar.
Xasanov Javohir bilan muloqotga kirishishda biroz qiyinchiliklar bo`ldi. Javohirning diqqati tarqoq, sho`x bola bo`lgani uchun topshiriqlarni bajarishni oldiniga istamadi. Lekin barcha metodikalarni sekin-astalikda yordam bilan bajardi.
Omonov Akobir bilan umuman muloqotga kirishilmadi. Akobir suhbat qurishdan ham, o`yin o`ynashdan ham metodikalarni bajarishdan ham bosh tortganligi sababli, u bilan tekshirish ishlari olib borilmadi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tashxis qilishda tadqiqot o'tkazuvchi mutaxassis bola bilan ishlash jarayonida o'zaro munosabat o'rnatish, diqqatni belgilangan vazifaga qaratish, bu yoshdagilarning toliqishi va vaziyatga moslasha olmasligi, shu bilan birga, bolalar bilan test o'tkazish vaqtida hulq-atvor reaktsiyasini kengligi kabi qiyinchiliklarga duch keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni va boshlang'ich sinf o'quvchilarini psixologik rivojlanishini aniqlashda shunday sharoitlar yaratish kerakki, unda bola o'zining imkoniyatlarini eng yuqori darajada namoyon qilsin. Maxsus metodik usullar yordamida bolaning nafaqat psixik rivojlanishining muxim darajasi, balki uning yaqin kelajak taraqqiyot zonasining tadqiq qilish mumkin.Shuni yodda tutish kerakki, bolalar uyida, yaqinlari bilan muloqotda, o'yin payitida nomoyon qiladigan imkoniyatlarni kamdan-kam hollarda tashxis tadqiqotlarda, vaqt tig'iz hollarda (boladan tez javob berishini talab qilishini sezganda) yoki begona muhitda namoyish etadilar.
Bolaning aqliy rivojlanish darajasini baholash uchun uning o'yin faoliyatini kuzatish juda foydali. 4-10 yoshli bola tekshirishga o'zining eng sevimli o'yichog'i bilan kelishi mumkin, bunga to'sqinchilik qilish kerak emas. Aksincha, psixologik tekshirishga kelgan bolaning sevimli o'yinchog'ini maqtab,uning iltifotiga osonroq erishish mumkin.
Tadqiqot jarayonida bolalar hulq-atvor reaksiyasining juda katta chegarasini ko'rsatadilar. Tadqiqotni o'tkazish jarayoniga psixofiziologik va ijtimoiy omillar bilan bir qatorda psixologning kasbiy ko'nikmalari ham ta'sir etadi. Maktabgacha muassasalarga qatnaydigan bolalar "katta yoshdagi begona kishiga" bo'ysunishga o'rganib qolganlar va test o'tkazish jarayonida yaxshi natijaga erishadilar. shunday holatlar ham bo'ladikiy, "uy bolalari psixolog-tashxisidan emotsional qulay holatni yaratib berishni talab qiladi.
Bolalar bilan ishlash jarayonida turmush sharoitlari omillaridan qorin ochish, chanqash, hojatga borish, burun qoqish va boshqalarni e'tiborga olish zarur. Ayrim bolalar bularni aytishga uyaladi. Bunday holatlar bolada nafaqat jarayonga. hatto psixologga nisbatan ham qabul qilmaslik hissini yuzaga keltirishi mumkin.
Bu holatdan chiqish uchun tadqiqotni o'yin honasida o'tkazish, bolalarni o'yinchoqlar bilan qiziqtirish kerak. Aslida bolani yangi xonaga, yangi odamlarga moslashtirish zarur bo'lganda, tadqiqot o'tkazish o'yin xonasidan foydalani mumkin. Psixologik tadqiqotni qiziqarli o'yinchoqlar, rasmlar va bezaklar unchalik ko'p bo'lmagan joyda o'tkazish kerak. Xona yorug', qulay va shinam bo'lishi, lekin unda yorqin rangdagi, o'ziga jalb etuvchi predmetlar ko'p bo'lmasligi kerak. Bola psixologning bunday xonasiga kirganda, uning ko'zlari har tarafga qarashni boshlaydi va test vazifasini bajarishda diqqatini bir joyga jamlashi qiyin bo'ladi. Test vazifalarini bajarishda bolaga oson bo'lishi uchun o'quv qo'llanmadagi metodikalar va testlar rangli, qiziqarli ma'lumotlar bilan to'ldirilgan.
4 yoshdan 10 yoshga bo'lgan bola juda tez rivojlanadi va qisqa muddat ichida maktabgacha yosh davridan o'quvchilik davrigacha muntazam vazifalar yuklatilgan bo'lgan yo'lni bosib o'tadi. Biz 4-5 yoshli, 5-6 yoshli va 6-7 yoshli bolalarni tashxis qilishda turlicha yondoshishni tavsiya qilamiz. 4-5 yoshli bolalarda hulq-atvorning ijtimoiy mativlari maktabga tayyorgarlikni boshlagan 6 yoshli bolalarga qaraganda unchalik rivojlanmagan bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining faqatgina o'quv faoliyatida emas, balki hulq-atvorida ham o'z-o'zini nazorat qilish tizimi ma'lum darajada shakillangan bo'ladi. Ayrim 4, hatto 5 yoshli bolalar birinchi marta tashxis tekshiruvdan o'tayotgan bo'lsalar, ota-onalaridan ajralishdan qo'rqadilar. Massalan, bola xonaga onasisiz kirgisi kelmayotgan bo'lsa, u holda onasining tashxisda ishtirok etishiga ruxsat berish kerak. Ona o'zining ishtiroki bilan bolani tinchlantiradi, uning qo'lidan ushlab turishi mumkin, lekin dastlab onani tekshiruv jarayoniga aralashmaslik haqida ogohlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |