II BOB yuzasidan xulosa
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish mavzusidagi ilmiy tadqiqod ishimizning III bobida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatini psixologik o`rganish natijalari atroflicha yoritilgan. jarayoni Namangan shahar 1-kichik tumanida joylashgan 57-Maxsus Maktabgacha ta'lim muassasasida o`tkazildi. Yuqorida o`tkazilgan metodikalar asosida olingan natijalar qayd etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining III bob 2.2. bandida esa maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo`llari, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatini o'rganish bo'yicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
XULOSA
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish mavzusidagi ilmiy tadqiqod ishimizni olib borish jarayonida muammo bo`yicha pedagogik, psixologik, adabiyotlarni o`rganish va tahlil etish, o`tkazilgan eksperement ishimizning natikalari asosida quyidagi xulosalarimizni keltirishimiz mumkin:
Muammoning nazariy amaliy holatini o'rganib chiqildi va tahlil qilindi. Bunga muvofiq olimlar tomonidan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning ruxiy rivojlanishlarini psixologik jihatdan tekshirish bo`yicha olib borilgan ilmiy ishlar hamda olg`a surilgan g`oya va fikrlar atroflicha o`rganib chiqildi va maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruxiyatini o`rganish yetarlicha olib borilmaganligi aniqlandi.
Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruxiyatini eksperemental tadqiq etish orqali psixologik jarayonlarini o`rganish, son va sifat jihatdan o`ziga xosligini aniqlash, tashxis qilish, ular bilan olib boriladigan korreksion ishlarning psixologik-pedagogik asoslari muammosini amaliy metodik tomondan hal qilishda ob'ektib ma'lumotlar olish imkonini beradi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatini o'rganish bo'yicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyalar orqali maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tashxis qilishda tadqiqot o'tkazuvchi mutaxassis bola bilan ishlash jarayonida duch keladigan o'zaro munosabat o'rnatish, diqqatni belgilangan vazifaga qaratish, bu yoshdagilarning toliqishi va vaziyatga moslasha olmasligi, shu bilan birga, bolalar bilan test o'tkazish vaqtida hulq-atvor reaktsiyasini kengligi kabi qiyinchilik va muammoni bartaraf etish yo`llari ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |