I bob. Modellashtirish usullari iqtisodiyotda modellashtirish


IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH



Download 48,36 Kb.
bet6/7
Sana02.04.2022
Hajmi48,36 Kb.
#524689
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MM MustaqilYANGI

2.2 IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH


Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanashuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan. Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarini ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir. Ochiq ma'lumotlarning e'lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta'minlanadi. Davlat organlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar va axborotlarni ochiq ma'lumotlar ko'rinishida e'lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik sub'ektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin. Inernet tarmog'ida keyinchalik ochiq ma'lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ishga tushirilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat.
Amaliy masalalarni yechishda, aksariyat hollarda, o’rganilayotgan jarayonni yoki muammoni matematik modelini tuzish, hamda bu matematik masala yechimi asosida tabiiy jarayonni tahlil qilish usulidan foydalaniladi. Matematik model deganda, o rganilayotgan jarayon yoki biror texnik tizimning parametrlari orasidagi miqdoriy bog’lanishlarni aks ettiruvchi tenglama, tengsizlik, ayniyat kabi munosabatlar tushuniladi.
Bu munosabatlar asosida jarayonning ma’lum parametrlari orqali noma’lum parametrlarini topish usullari izlanadi. Natijada matematik model yordamida jarayonni tahlil qilish, parametrlarining jarayonga ta’sirini baholash imkoniyati paydo bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda tabiiy jarayonning qanday kechishi matematik model asosida qog’ozda, murakkab bo’lsa kompyuterda tahlil qilinishi mumkin bo’lib qoladi. Bu tahlil natijalarining qanchalik ishonchli ekanligini baholash uchun matematik modelning tabiiy modelga yaqinlik darajasini ifodalovchi mezonlar va qoidalar kerak bo’ladi. Iqtisodiy matematik usullar va modellar fani yuqorida keltirilgan savollarni o’z ichiga oladi, hamda uning aksariyati, aynan iqtisodiyot va menejment yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Bu yerda ko’proq muammoning iqtisodiy taraflariga, hamda iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratilgan. Bunda matematik model, uning asosiy belgilari unga qo’yiladigan talablar amaliy masalalar yordamida tahlil qilinadi. Shuningdek amaliy masalalarni yechish jarayonida doimo uchrashi mumkin bo’lgan xatoliklar va ularni baholash usullari haqida talinadi. Biror reja yoki loyihaning samaradorligini ifodalovchi maqsad funksiyasi va uning asosida optimal (eng samarador) variantni tanlash usullari amaliy masalalar asosida tahlil qilinadi. Optimizatsiya masalalarini yechish usullari haqida ma’lumotlar ham keltiriladi.
Bozor iqtisodiyoti, ayniqsa vaqtinchalik yuzaga keladigan moliyaviy-iqtisodiyinqiroz sharoitida iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, bashoratlash va boshqarishbo’yicha qarorlar qabul qilishda hamda ularni amaliyotga joriy etishdamakroiqtisodiy modellardan foydalanish muhim o’rin tutadi. Jumladan, ko’ptarmoqli ishlab chiqarish jarayonlarida tarmoqlararo munosabatlarni modellariniqo’llash, tarmoqlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni samaradorligini aniqlash imkoniniberadi. Raqobatbardosh bozor sharoitida iste’molchilarning o’z daromad vajamg’armalariga qarab iste’mol uchun tayyor maxsulot yoki ishlab chiqarish uchunxomashyo maxsulotlarini tanlash holati yuzaga keladi. Bunday sharoitda is’temol tanlovi modellaridan foydalanish tanlovni samarali o’tkazish masalarini techishdayordam bersa, iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillardan birining o’zgarish natijasida uning o’zgarish darajasini aniqlashda elastik nazariyani qo’llash yordamida moddiy ishlab chiqarish qonuniyatlari, taqsimoti va iste’molni o’rganishhamda iqtisodiyotda optimallashtirish masalalari yechiladi. Barcha iqtisodiy tadqiqotlar iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi o’zarobog’lanishlarni o’rganish natijasida amalga oshiriladi.
O’zaro bog’lanishlarni tasavvur va tahlil qilish asosini esa iqtisodiy – statistik usullar va ekonometrik modellar tashkil etadi. Bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modelllaridan inflyatsiyani jilovlashda, muomaladagi pul miqdorini muvozanatda saqlab turishda va eng muhimi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishda keng foydalaniladi va bunday makroiqtisodiymuvozanatlik modellari bu jarayonlarni amalga oshirishda “yo’l xaritasi” sifatidanamoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash fanining predmeti, maqsadi va asosiy vazifalari hozirgi davrda iqtisodiy ta’lim sohasida IIJMPning roli tobora ortib bormoqda. Buning sababi ikki tomonlamadir: bir tomondan, tajribaga asoslangan tadqiqotlar usulini chuqur tushuna olishi iqtisodchilarning ta’lim sohasiga qo‘yilayotgan talablardan asosiysi bo‘lib qolmoqda, ikkinchi tomondan esa matematika va statistikaning iqtisodiy ta’limdagi roli yanada ortib bormoqda. Biroq endi faqat matematik statistikaga asoslangan tadqiqot usullari yetarli emasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
Yetuk iqtisodchilar matematik statistika va ehtimollar nazariyasi usullaridan, optimallashtirish va dinamik dasturlash va matematikaning boshqa usullaridan unumli foydalanganliklari sababli ularning ilmiy salohiyatlari dunyoda tan olingan. Aytib o‘tish joizki, Alfred Nobel vasiyat qilgan dastlabki beshta yo‘nalish orasida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘lmagan. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotining rasmiy nomi “Alfred Bernxard Nobel xotirasiga iqtisodiyot sohasidagi mukofot” deb ataladi va u Nobel tug‘ilganining 300 yilligi munosabati bilan Shvetsiya Milliy banki tomonidan 1968 yili ta’sis etilgan. Birinchi laureatlar norvegiyalik olim Ragnar Frish va gollandiyalik Yan Tinbergen iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishga matematik usullarni qo‘llaganlari uchun bu mukofotni olishga muvaffaq bo‘lganlar. Shu paytgacha Nobel mukofoti laureatlari bo‘lgan iqtisodchilarning deyarli hammasi ekonometrik tahlil uslublarini iqtisodiy muammoni hal etishda keng qo‘llay olganlar. Qisqa qilib aytganda, modellashtirish va prognozlash (ekonometriya) fanini chuqur o‘rganmay turib, uni o‘z tadqiqotlarida qo‘llay olmay turib, zamonaviy yetuk iqtisodchi bo‘lish qiyin. Buning uchun ekonometrik tahlil o‘tkazilganidan so‘ng olingan natijalarning to‘g‘ri iqtisodiy talqinini bera olish ham muhimdir. O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrini boshidan kechirmokda. Dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bunga ta’sir etmay qolaolmaydi. Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat taraqqiyotining asosiy richagidir. Buning uchun kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga katta e’tibor berish lozimligi juda ko‘p ta’kidlanmokda. Ana shu sohalarni rivojlantirishda esa iktisodchi, menedjer va marketologlarning roli juda katta. Shuning uchun ular o‘zgaruvchan bozor iqtisodiyotini tez tahlil qilib, to‘g‘ri qarorlar qabul qilib, kelajakni prognoz qila bilgan holda yangi yo‘nalishlarga tez moslashib ish ko‘rishlari kerak bo‘ladi. Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilaoladigan, balki zamonaviy iqtisodiy-matematik usullar va modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llab, ushbu jarayonlarni ko‘p variantli yechimlarini oladigan iqtisodiy-matematik modellashtirish sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Bu esa iqtisodiyotda vujudga kelgan tendensiyalarni, o‘rganilayotgan ob’ektlar holatini tadqiq qilishga, ularning rivojlanishini prognozlashga va shu asosda milliy iqtisodiyotdagi chegaralangan resurslardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi.
Bozor iqtisodiyoti murakkab, o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan
iborat bo‘lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalanish kutilishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi holati (statikada), uning istiqboldagi (dinamikada) o‘zgarishlarini oldindan ko‘rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor kon’yunkturasini oldindan prognozlamasdan turib, korxonalar mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish strategiyasini belgilay olmaydilar. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o‘z mahsulotlarini raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. IIJMP fani orkali milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslari, aniq iqtisodiy ob’ektlar misolida modellarni yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, qo‘yilgan masalalarni kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlari bilan tanishtiradi. IIJMP fanining yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan.

XULOSA


Tahlil ishlab chiqarish darajasini nazorat qilishning samarali usuli bo'lib, zarur ma'lumotlarni muntazam ravishda olish orqali tashkilotning raqobatbardoshlik darajasini pasaytiradigan zararli omillarni butunlay yo'q qilish mumkin.
So'nggi yillarda biznes jarayonlarini modellashtirish ko'plab yirik (va hatto unchalik katta bo'lmagan) korxonalarni qamrab olgan moda tendentsiyasiga aylandi. Ko'pgina korxonalarda tashkiliy rivojlanish bo'limlari, jarayonlarni boshqarish bo'limlari va boshqa bo'limlar ko'payib bormoqda, ularning asosiy vazifasi texnologik yondashuvni qo'llash asosida kompaniya faoliyatini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Xizmatlar bozori, shuningdek, texnologik konsalting sohasidagi takliflarni, shu jumladan ma'lum bir sohaga ixtisoslashgan takliflarni taklif qiladi (masalan, ilovalarni ishlab chiqish jarayonlarini yoki boshqa IT-loyihalarni sozlash sohasida yoki kompaniya boshqaruv tizimini takomillashtirish sohasida).

Download 48,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish