I-bob. Milliy sport vositasida o’quvchi yoshlarda qadriyatli munosabatni shakllantirishning nazariy metodologik asoslari



Download 90 Kb.
bet1/4
Sana12.05.2022
Hajmi90 Kb.
#602436
  1   2   3   4
Bog'liq
1.1. paragraf


I-BOB. MILLIY SPORT VOSITASIDA O’QUVCHI YOSHLARDA QADRIYATLI MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Milliy sport vositasida o’quvchi yoshlarda qadriyatli munosabatni shakllantirish pedagogik muammo sifatida
Ma'lumki, jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, avvalo, xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o'rganilishi, an'analarimizning saqlanishi, madaniyat, san'at, fan va ta'lim rivoji, zamonaviy fan texnika yutuqlari bilan qurollangan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan uzviy bog'liqdir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq, har tomonlama uyg'un rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirish milliy tarbiyamizning hamda ta’lim tizimining bosh maqsadi sifatida belgilab olindi. Mazkur maqsadga erishishning uzviyligi, uzluksizligini ta'minlash maqsadida jamiyat hayotidagi barcha soha va bo’g’inlarni tizimli isloh qilish yo'lga qo'yildi.
O'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar samarasi o'laroq, dunyo hamjamiyati tomonidan O'zbekiston an'anaviylik va zamonaviylikni o'zida uyg'unlashtira olgan, o'ziga xos milliy tarbiya tizimi yo'lga qo'yilgan insonparvar davlat sifatida tan olindi.
Biroq bugungi kunda dunyoda va mamlakatimizda sodir bo'layotgan o'zgarishlar, integratsiya va globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga yanada ko’proq e’tibor berishni talab etmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasida qabul qilingan qator me'yoriy hujjatlar, jumladan O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlash taqozo etadi. Yoki bo'lmasa, «insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni»1 tarbiyalashni nazarda tutadi.
Zero, ta'lim-tarbiyani takomillashtirishda davlat bosh islohotchidir. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, “yosh avlodga o'zligimizni anglash tuyg'ularini, xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish, qolaversa ularda milliy meros va an’analarga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi”.
Dunyo xalqlari ming yillar mobaynida o’z an'ana va urf-odatlari, marosim va bayramlariga sodiq qolish, uni har qanday ta'sir va tazyiqlardan himoyalash orqali turli davrlar, ajdodlar o’rtasidagi ma'naviy yakdillikni ta'minlaganlar hamda milliy o’zlikni, mentalitetni saqlab kelganlar. Bu munosobat milliy qadriyatlar tushunchasining millat taqdiridagi hal qiluvchi ahamiyati bilan uzviy bog’liq. Shu o’rinda mavzuga doir tahlillar va misollarga o’tishdan oldin ushbu tushunchani biroz izohlab o’tsak. Avvalo, qadriyatlar va milliy qadriyatlar tushunchalarini izohlab olsak.
Qadiryatlar - borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Milliy qadriyatlar—millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlardir. O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q.
Millat—milliy qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli—milliy qadriyatlarniing tanazzulidir.
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Quyida esa “qadriyat”, “qadriyatli munosabat” tushunchalarining mazmuniga to’xtalib o’tamiz. Qadriyat voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy,madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go’zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatga doir tadqiqotlar olib borilgan bo’lsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif berishga intilgan. Holbuki, qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. Qadriyatni aksiologiya nuqtaiy nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, ob’ektiv asosi, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganish imkonini beradi. Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to’g’irisidagi qarashlari o’zgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyatlar ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Masalan yurtni yov bosganida – ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida – istiqlol, urush davrida – tinchlik, tushkinlikda – erkinlik, kasal yoki bemorlikda –sihat- salomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida o’z tarixiy ildizi, vorislik, jihatlariga ega.
Qadriyatlar mehnat ishchi sohasidagi faoliyat, insonlar o’rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, hatti – harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, hatti – harakatini ma’lum yo’nalishga beradigan, tegishli me’yorga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy bo’lishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-qoidalarini, aloqadorlikni ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar o’z ahamiyatini yo’qotmaydigan abadiy qadriyatdir.
Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma’naviyati, urf-odat va an’analari, o’tmishi va kelajagi bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar milliy qadriyatdir.
Inson uning faoliyati, turmush tarzi, e’tiqodi, umr ma’nosi, odobi, go’zalligi bilan bog’liq qadriyatlar shaxsiy qadriyatdir2. Qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Falsafada qadriyat tushunchasi dastlab XIX asrning ikkinchi yarmida taniqli faylasuf R.G.Lottse tomonidan qo‘llanilgan. U tajribaga bog‘liq bo‘lmagan, mustaqil va tabiiy bilish mezonlariga muvofiq keladi. Mutaxassislarning ta’biricha, insonda qoniqish hosil qiladigan barcha narsalar uning uchun qadrli hisoblanadi.
Shu ma’noda “Qadriyat – inson va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha, Qadriyatshunoslik “(aksiologiya)”ning eng asosiy kategoriyasi. Bu kategoriya o‘zida qadriyat asosining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy-aksiologik mazmuni, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Aksiologlar undan insonning ijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalaydigan umumiy va universal kategoriya sifatida foydalanadilar3.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish