I-bob. Milliy sport vositasida o’quvchi yoshlarda qadriyatli munosabatni shakllantirishning nazariy metodologik asoslari



Download 90 Kb.
bet2/4
Sana12.05.2022
Hajmi90 Kb.
#602436
1   2   3   4
Bog'liq
1.1. paragraf

Qadriyatli dunyoqarash – ijtimoiy dunyoqarashning o’ziga xos tarkibiy
qismlaridan biri sifatida, kishilarning voqelikka qadriyatli munosabati va faoliyatining yo’nalishini belgilaydigan aksiologik qarashlar, printsiplar va maslaklarning majmuasidir.
Qadriyatli baholash - voqelikka, undagi narsa va hodisalarga nisbatan qadriyatli munosabat hamda ularni qadrlash tuyg’usi asosida shakllangan hukm va xulosalar aksiologik bahoda aks etadi.
“Qadriyat fal­safiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror ob’ektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag’ishlovchi jihati (sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. SHunga ko’ra ob’ektiv (ashyoviy) va sub’ektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi”.
Falsafiy jihatdan qadriyatli munosabatning shakllanishi quyidagicha tushuntiriladi. “Olamga qadriyatli munosabat shakllanishi har bir kishining yetuk inson sifatida voyaga yetishi jarayonining tarkibiy qismidir. Kishi kamolot sari borar ekan o’zi, o’zgalar, tashqi muhit, olam,, umr, vaqt, davr va boshqalarning haqiqiy qadrini anglash tomon boraveradi. Bu foniy dunyoning o’tkinchiligi, umrning mazmuni, yashashning maqsadi, olamning abadiyligi qarshisidagi lahzalar qadriga yetishni o’rgana boradi. Bu esa mazkur kishida aksiologik munosabat shakllanishining shaxsiy jarayonini anglatadi. Aksiologik munosabat faqat yakka, alohida shaxsgagina tegishli hodisa emas. Balki u ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyatga ham tegishli bo’lishi mumkin. Ijtimoiy hushyorlik, ma’naviy mas’uliyat qadrlash tuyg’usining to’g’ri shakllanganligini, olamga qadriyatli munosabatning to’g’ri vujudga keltirilganligini ifodalaydi”4.
Qadriyatlar tizimi shaxs xulq-atvorini o’ziga xos tarzda belgilab turadi. Sotsiologiyada, xususan, qadriyatlarga: “Kishi intilishi zarur bo’lgan maqsadlarga nisbatan umumqabul qilingan e’tiqodlar, - deya ta’rif berilgan. Psixologiyada qadriyatlar inson uchun u yoki bu hodisalarni baholashda lozim mavhum muddaolar sifatida qaraladi. Qadriyatlar shaxs va guruhning ijtimoiy xulq-atvorini idora qilish mexanizmlaridandir, biroq ular bevosita ta’sir ko’rsatmay, qadriyatlar tizimidagi shaxs dispozitsiyalarining umumiy tarkibini muhim unsuri kabi namoyon bo’ladi. Qadriyatlar tahlilining psixologik an’analarida ular shaxs uchun, eng avvalo, motivatsiya asosi bo’lgan faoliyat va xulq-atvor regulyatori sifatida muhim ekani oydinlashadi. Qadriyatlar muammosini faqatgina uning psixologik jihatlariga qarash mumkin emas, qadriyatlarning ijtimoiy tabiati kunday ravshan ekanini alohida ta’kidlamoq joiz. Psixologiyada qadriyatlarning talqin qilinishidagi bu tushunmovchiliklar ushbu muammoni tartibga solishga bo’lgan urinishlarga sabab bo’lgan. Sezilarli ishlarni N.Rokich va S.SHvartslar amalga oshirganlar. Ular tomonidan qadriyatlarning universal mazmuni va tarkibi nazariyasi taklif etilgan, bunda qadriyatlar odamlarning hayotdagi ustivor tamoyillari vazifasini o’tovchi muddaolar xususidagi tasavvurlari kabi talqin qilingan. Masalaning bunday qo’yilishi qadriyatlarni ijtimoiy bilish masalalari bilan bog’ladi. Ya’ni, qadriyatlar ma’lum bir tasavvurlardir, boshqacha qilib aytsak, olamning u yoki bu hodisalarini anglatuvchi kategoriyalardir. Qadriyatlar turlari kategoriyalarni uyushtirish usullari sifatida talqin qilingan.
Qadriyatlar tasnifi SHvarts tomonidan taklif etilgan.
Qadriyatlar ikki sinfga bo’linadi:
a) terminal - maqsad tanlovi mezonlari va unga erishish usullari;
b) instrumental - xulq-atvor standartlari, mezonlari.
SHvarts uchun qadriyatlar - ob’ektga xos xossalar emas, aynan, insonlar o’zlarining dunyoga bo’lgan munosabatlarini quradigan hamda o’z xatti-harakatlarini baholaydigan mezonlardir.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish