Bir jismning boshqa jismga ta’sirini tavsiflovchi hamda jismning tezlanish olishiga sabab bo‘luvchi fizik kattalik kuch deb ataladi. Kuch F harfi bilan belgilanadi va XBSda uning birligi qilib nyuton (N)
qabul qilingan. Amalda kuchni o‘lchashda millinyuton (mN) va kilonyuton
(kN) ham qo‘llaniladi. Bunda:
1 N = 1000 mN; 1 kN = 1000 N.
56rasm. Kuch
ta‘sirida o‘chirgichning
egilishi