Ishqalanish kuchi hosil bo‘lishining birinchi sababi bir-biriga
tegib turadigan jismlar sirtining notekisligidir.
Hatto juda silliq ko‘rinadigan jismlarning sirt-
larida ham g‘adir-budurliklar va o‘yilgan joylar
bo‘ladi. Silliq jismlar sirti lupa orqali qaralsa,
ularning g‘adir-budurligi turlicha ekanligi ko‘ri-
nadi (105-rasm).
Bir jism ikkinchi jismning sirtida sirpanganda
yoki dumalaganda, bu g‘adir-budurliklar bir-biri-
ga ishqalanib, hara katlanishga to‘sqinlik qiluvchi
kuchni vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |