Topshiriq-majburiyat bo‘yicha hisoblangan qarz aks ettirildi
600
4710
6990
2.
Kredit bo‘yicha qarzni so‘ndirish maqsadida xodimdan (har oyda) ushlab qolingan summalar aks ettirildi
150
6710
4710
3.
Qarzni so‘ndirish hisobiga savdo tashkilotiga (har oyda) o‘tkazilgan summalar aks ettirildi
150
6990
5110
variant. Korxona uning xodimi tomonidan kreditga sotib olingan tovar qiymatini savdo tashkilotiga bankning krediti hisobiga to‘liq qaytaradi:
Muomalalarni aks ettirish
T/r
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Summa, ming so‘mda
Debet
Kredit
Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar
1.
Kredit olindi
600
5110
6810
Kredit shartnomasi
2.
Tovar qiymati savdo tashkilotiga to‘landi
600
6990
5110
To‘lov topshiriqnomasi, bank ko‘chirmasi
3.
Kreditga sotilgan tovar bo‘yicha xodimning qarzi aks ettiriladi
600
4710
6990
Buxgalteriya hisob- kitobi
4.
Kreditni qaytarishga yo‘naltiriladigan ish haqi summasi aks ettiriladi (har oyda)
150
6710
4710
Ish haqini hisoblash qaydnomasi
5.
Kreditni qaytarish hisobiga ushlab qolingan summalarning o‘tkazilishi (har oyda)
150
6810
5110
To‘lov topshiriqnomasi, bank ko‘chirmasi
O‘zR FKning 790-moddasi ham pul mablag‘lari bilan, ham boshqa mulk buyumlari bilan qarz berish va olish imkoniyatini beradi. Bunda O‘zR FKning 734- 735-moddalariga ko‘ra qarz shartnomasi bo‘yicha pul mablag‘lari qarz oluvchiga ular tomonidan qarz summasidan foizlar to‘lanishi yoki to‘lanmasligi sharti bilan berilishi mumkin. Qarz summasi miqdori, qaytarish tartibi va muddatlari hamda ushbu summadan foizlar to‘lash qarz shartnomasida majburiy belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Qarz olish xodimning qarz yoki ssuda so‘ralish sabablari ko‘rsatilgan holda
korxona rahbari nomiga iltimosnomasi (arizasi) asosida rasmiylashtiriladi. Qarz yoki ssuda berish to‘g‘risidagi qarorni korxona rahbari mustaqil ravishda qabul qiladi (agar mulkdorga tegishli vakolat berilgan bo‘lsa).
Xodimga qarz yoki ssuda berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda xodim yozma shaklda uni qaytarish to‘g‘risida majburiyatnoma (qarz shartnomasi) tuzadi.
Agar qarz shartnomasining predmeti bo‘lib buyumlar hisoblansa, unda qarz oluvchiga buyumlarni berishda ularga bo‘lgan mulk huquqi qarz oluvchiga o‘tadi hamda ushbu operatsiyani buxgalteriya hisobida aks ettirishda buyumlarni qarz beruvchining balansidan hisobdan chiqarish lozim.
Korxona xodimlariga berilgan qarzlar bo‘yicha operatsiyalar aks ettirish
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Debet
Kredit
Pul ko‘rinishidagi qarz
Xodimga berilgan qarz summasi
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”
5110-“Hisob-kitob schyoti”
Qarzni qaytarish
5110-“Hisob-kitob schyoti”; 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”
Qarz bo‘yicha foizlar
4830-“0linadigan foizlar”
9530-“Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
Qarz bo‘yicha foizlarning kelib tushishi
5110-“Hisob-kitob schyoti”; 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
4830-“0linadigan foizlar”
Natura ko‘rinishidagi qarz (materiallar misolida)
TMQ haqiqiy qiymatining hisobdan chiqarilishi
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
1000-"Materiallar" guruhi hisobvaraqlari
TMQning qarz sifatida berilishi
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
QQS hisoblandi
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”
6410-“Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag‘ida korxona xodimi tomonidan pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsizlik natijasidayetkazgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek boshqa turdagi zararlarni qoplash bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. Moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlar hisobi “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va 21-son BHMSga muvofiq yuritiladi.
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag‘i aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan summalarga 5910-“Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti bilan korrespondentsiyada debetlanadi.
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag‘ining kreditida, to‘langan to‘lovlar summasiga pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summaga 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyoti bilan korrespondentsiyada yozuvlar amalga oshiriladi.
Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi va uning qoplanishi
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Debet
Kredit
Daromadni aks ettirish (undiriladigan summa kamomad summasidan yuqori) - aybdorlar aniqlangan
4730 - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan aktivning bozor qiymatiga
5910 - kam chiqqan aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga,
9310 - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan aktivning bozor qiymati bilan uning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqqa
Zararni aks ettirish (kam chiqqan aktivning bozor qiymati kamomad summasidan past) - aybdorlar aniqlangan
4730 - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan aktivning bozor qiymatiga;
9430 - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan aktivning bozor qiymati bilan uning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqqa
5910 - kam chiqqan aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga
Agar aybdor shaxsdan undiriladigan summa kam chiqqan obyektning qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda korxona umumiy tartibda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan daromad oladi.
Aybdor shaxsdan undiriladigan summa kam chiqqan obyektning qoldiq qiymatidan kam bo‘lgan hollarda korxona zarar ko‘radi, u ham daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazani oshiradi. Yagona soliq, yalpi daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari bo‘lgan korxonalarda esa bunday holda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Xulosa
Amaliyotda har doim ham kamomadning aniq aybdorlarini belgilash yoki moddiy javobgar shaxsdan kam chiqqan obyekt qiymatini undirishga muvaffaq bo‘linmaydi. Ushbu hollarda korxona kam chiqqan obyekt bo‘yicha barcha xarajatlarni boshqa operatsion xarajatlar tarkibida aks ettirib, o‘z mablag‘lari hisobiga hisobdan chiqarishi kerak. Tegishlicha, olingan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarishda soliqqa tortiladigan bazani oshiradi, biroq yagona soliq, yalpi daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi hisob-kitobida hisobga olinmaydi.
Undirib olinishi gumon bulgan debitorlik qarzlari korxona raxbariyatining qaroriga muvofik dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobidan yoqi bunday rezerv tashqil etilmagan bulsa, ushbu qarzlarning korxona zararini kupaytirish hisobiga (yoqi sof foyda hisobidan ) hisobdan chiqariladi. Da’vo qilish muddati tugaganbarcha kreditorlik qarzlari ho‘jalik faoliyati natijalariga, ya’ni foydaga olib borilishi lozim.
Xar xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi 8-jurnal- orderda, analitik hisobi esa xar bir debitor va kreditor doirasida 7-vedomostda yuritiladi. Buning uchun vedomostda chorak, yarim yil va yil mobaynida bulishi mumkin bulgan operatsiyalardan kelib chikkan xolda xar bir debitor va kreditorlarga muljallangan kator ajratiladi. Bu vedomostga yozuvlar dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari asosida yoziladi. Ular oborot vedomosti tamoyillariga asoslangan bo‘lib, kreditli oborotlar tegishli schyotlarning debeti bilan korrespondentsiyalanadi. Oy oxirida har bir debitor va kreditor bo‘yicha hamda hamma debitor va kreditorlar bo‘yicha yakun aniqlanadi.
Adabiyotlar:
Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik (nazariya va amaliyot) –T.: “Mehnat”, 2004. -672b.
Abduraxmanov K.X. va boshqalar. «Mehnat iqtisodi va sosiologiyasi». Darslik. -T.: O’qituvchi, 2001.
Politika doxodov i kachestvo jizni naseleniya. /Pod red.Gorelova N.A. -SPb.:Piter, 2003.-653s.
Popazova O.A. Ekonomika truda. Izdatelstvo: Vektor, 2005. -192 s.
Popov Yu.N., Shevchuk A.V. Vvedeniye v sosiologiyu truda i zanyatosti. Izdatelstvo: Delo, 2005.
1Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 89 page, 2014
2O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 16 maydagi 12/17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish QOIDALARI”