Xona tadqiqotlari (desk research) ikkilamchi axborot asosida - rasmiy nashr manbalari orqali amalga oshiriladi va quyidagi umumiy tushunchalarni beradi:
- bojxona qonunchiligi holati;
- umumxo‘jalik konyunkturasi holati, alohida bozorlarning rivojlanishga moyilligi;
- jahon tovar bozorining rivojlanishi va holati;
- ishlab chiqarish alohida tarmoqlarining rivojlanishi;
- alohida davlatlar iqtisodiyoti holati;
- bozorning ochiqliligi, uning hududiy uzoqliligi;
- transport yordamida yetkazib berish narxi;
- alohida davlatlar savdo-siyosiy rejimi;
- o‘rganilayotgan masala bo‘yicha statistik ma’lumotlar.
Bunday tadqiqotlar deyarli arzon va o‘ta qisqa muddatlarda qiziqtirayotgan masalalarga javob olish imkonini beradi. Ularda iqtisodiy tahlil uslublari ekonomterika va matematik statistika uslublari bilan uyg‘un holda keltiriladi.
Zarur axborotning bir qismi nashr etilgan holda bor – bu ikkilamchi axborot deb atalib, u hukumat hisobotlarini, tashqi savdo tashkilotlari hujjatlar to‘plamini kompyuter ma’lumotlar banki va b. o‘rganish natijasida olinishi mumkin. Bu ikkilamchi manbalar juda xom, lekin zarur material bo‘lib, xona tadqiqotlari deb ataladi. Bu marketing tadqiqotlar o‘tkazishning birinchi bosqichi hisoblanib, ish ana shu bosqichdan boshlanadi, so‘ngra noldan boshlab qimmatbaho birlamchi axborot ma’lumotlar so‘rovlar va dala tadqiqotlari orqali to‘planadi. Xalqaro bozorlarni tadqiq etayotganda ushbu axborot to‘plash turidan foydalangan ma’qul, chunki u kam mehnat talab etadi va arzon yoki bepul ma’lumot olishga hamda ko‘p vaqtni tejashga imkon yaratadi.
Tabiiyki, xona tadqiqotlari tashkilot o‘z oldiga qo‘ygan barcha masalalarga javob bermaydi, ammo zarur javoblarning bir qismini olish mumkin va horij bozorining u yoki bunisiga chiqishning maqsadga muvofiqligi haqida birinchi xulosalarga ega bo‘lish imkoni bor. Xona tadqiqotlari ko‘proq quyidagi axborotlarni: bozor hajmliligi va moyilliligi, iste’molchilar daromadi va sarfi, takliflar statistikasi, demografik ma’lumotlar va b. bilan ta’minlaydi.
Xona tadqiqotlari o‘tkazilayotganda ma’lumotlarning eskirganligi yoki tadqiqot maqsadlari uchun juda qo‘pol bo‘lishi mumkinligini ham hisobga olish muhim.
«Xona» tadqiqotlari ikkilamchi ma’lumotlar to‘plash maqsadida rasmiy bosma axborot manbalari asosida amalga oshiriladi. Bunday ishlar mavjud axborotni tartibga solish, keyingi marketing tadqiqotlariga zarur bo‘ladigan ma’lumotlar doirasini aniqlashda foydalaniladi, umumxo‘jalik kon’yukturasi holati va ayrim bozorlar taraqqiyot yo‘nalishlari, ayrim mamlakatlardagi iqtisodiyot ahvoli, o‘rganiladigan masalalar bo‘yicha statitistik ma’lumotlar to‘g’risida umumiy tasavvurlar beradi. Ichki firma materiallari hisobotlar hukumat muassasalari materiallari tashkilotlar savdo uyushmalari nashrlari, jurnallari, tashkilot tadqiqotlari dokladlari axborot manbalari bo‘lib xizmat qiladi. «Xona» tadqiqotlari qimmatga tushmaydi va qiziqtirgan masalalar bo‘yicha qisqa muddatda javob olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |