1.1 Ma’naviyat tushunchasi, uning shakillanishining ijtimoiy madaniya va ma’rifiy negizlari Mustaqillik sharofati bilan boshqa sohalarda bo’lgani singari, oila va unda tarbiyalanadigan barkamol farzand haqida tez-tez fikr almashiniladigan bo’ldi. Chunki yurtboshimiz bola tug’ilganidan boshlab to uning yuqori malakali kadr bo’lishiga qadar hamda uning mehnat faoliyatidagi yuksak ma’rifat va ma’naviyatliligi haqida so’z yuritadi: «Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o’zini ayamaydi. Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi». O’zbek xalqi urf-odatlari, qadriyatlari o’ziga xos noziklik bilan shakllanganki, ularda insoniy xislatlari ustuvor. Bu insoniylik xislatlari asrlar osha silsilalarga bardosh berib, o’z mohiyatini yo’qotgani yo’q. U o’zining falsafiy teranligini hamisha namoyon qiladi. Shu sababli ham ota-ona bilan farzandlar o’rtasida iliq munosabatlar, o’zaro hurmat-izzat, mehr-oqibatlar markaziy o’rinni oladi. Ular o’rtasidagi bu holatlar zaruriy davrda bir-birini to’ldiradi ham. To’g’ri, ota-ona faoliyati farzand uchun tengi yo’q mehr-oqibat bilan yo’g’rilgan asosli his-tuyg’ular yig’indisidir. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu-diyonatli xonadon oqsoqollaridan so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish,boshini ikki, uyli - joyli qilish. O’rta Osiyo tarixiy vaqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazidan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar uning taraqqiyoti va boyishga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir.1 Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukumronligi davrida mamlakatimiz navqiron avlodi, birinchi Pirizidentimiz Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada ular o’z xalqining tarixini, uning boy tabiiy ilmiy, ij timoiy-falsafiy, axloqiy madaniyatdan baxramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi. Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Vaholanki, birinchi Pirizidentimiz Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida ta’kidlaganidek: “... o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda”
Mustaqillik tufayli onazaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish, taxlil etish imkoniyatiga ega bo’ldik. O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. Onazaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko’rk bag’ishlab turgan qadimiy obidalar, asori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning shonli tarixi to’g’risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g’urur-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |