Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi.
Xalq banki – mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta‘minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo’shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi.
Investitsion banklar –maxsus kredit muassasalari bo’lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo’li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar)ga taqdim qiladi.
Ipoteka banklar – bu ko’chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muassasalaridir, uning resurslari o’zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi.
Bugungi kunda respublika hududida mulkchilikning turli shaklidagi 30dan ziyod tijorat ixtisoslashgan banklar va ularning 3,7 mingdan ko’proq filiallari faoliyat qilib turadi. Prezidentimiz “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarlarida bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning bush mablag’larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag’batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo’lib qolishini ko’rsatib o’tdilar: “Hech kimga sir emaski, bugun keng ko’lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri – bu banklar likvidligi, ya‘ni to’lov qobiliyatining zaifligi bilan bog’liq, muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag’larining yetishmasligi bilan izohlanadi”1 Banklar aktivlari 2020 yil yakunlari bo‘yicha tijorat banklari aktivlari hajmi 366,1 trln. so‘mni tashkil etdi, shundan 277 trln. so‘m miqdori – kreditlar ulushiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, aktivlar nominal o‘sish sur’ati 2019 yilga nisbatan 34,2 foizni, real o‘sish sur’ati (devalvatsiyani hisobga olmagan holda) esa 28 foizni tashkil etdi. Shunisi e’tiborliki, banklarning jami aktivlari tarkibida valyuta aktivlarining ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Agar 2017 yilda bu ko‘rsatkich 64 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda 50,2 foizga tushdi.  Bank kreditlari 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, iqtisodiyotga berilgan qoldig‘i 277 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2019 yilga nisbatan 30,9 foizga va 2017 yilga nisbatan 150 foizga ko‘proqdir. Xorijiy valyutadagi kreditlarni qayta baholashlarsiz kreditlarning real o‘sishi 24,9 foizni tashkil etdi. Jami kredit portfelidagi xorijiy valyutadagi kreditlarning ulushi 2017 yildagi 62,3 foizdan 49,9 foizgacha kamaydi.  2021 yil 1 yanvar holatiga jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar qoldig‘i 2017 yilga nisbatan 304 foizga (13,6 trln. so‘mdan 54,9 trln. so‘mga), sanoatga berilgan kreditlar hajmi esa 126 foizga (45,2 trln. so‘mdan 102,2 trln so‘mga), savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kreditlar hajmi 280 foizga (5,2 trln. so‘mdan 19,9 trln. so‘mga) oshdi.  Bank depozitlari 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bank tizimidagi depozitlarning umumiy hajmi 114,7 trln. so‘mni tashkil etdi, shundan 27,4 trln. so‘m (24 foiz) – jismoniy shaxslar depozitlari, 87,3 trln. so‘m (76 foiz) – yuridik shaxslarning depozitlari. Jismoniy shaxslarning depozitlari ulushi bank tizimidagi jami depozitlar hajmining atigi 24 foizini tashkil etadi. Biroq, so‘nggi yillarda aholi depozitlarining o‘sish sur’atilari sezilarli darajada tezlashdi. Xususan, milliy valyutadagi aholi omonatlarining o‘sish sur’ati 2018 yilda 38,2 foizni, 2019 yilda 45,2 foizni, 2020 yilda 31,7 foizni tashkil etdi. Xorijiy valyutadagi depozitlar hajmi 2018 yilda 2 foizga, 2019 yilda 40,1 foizga, 2020 yilda 27,7 foizga o‘sdi. Bank sektori depozitlari  Jismoniy shaxslar depozitlari  Bank tizimini isloh qilish Bank tizimi samaradorligini va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bank tizimida davlat ulushini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish Strategiyasi to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq, Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Aloqa bank, Qishloq Qurilish bank va Turon bankni xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2020 yilda strategiyani amalga oshirish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka bankka bankni xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash va kichik va o‘rta biznesga kreditlarni ko‘paytirish uchun o‘zbek so‘mida 35 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |