Kurs ishi muammolari: MTT da bolalar nutqini rivojlanishida tarbiyachi, so'z haqida g'oyalarni shakllantirish, uning semantikasini o'zlashtirish, nutqning ifodali va obrazli vositalarini ajratish ona tilini bolalar MTTda o'zlashtirishga yordam beradi va shu bilan bolani tayyorlash.
Kurs ishi obekti: MTT da bolalar nutqini rivojlanishida tarbiyachining ta`siri oila va ta’lim jarayoni.
Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishning qulay va samarali metodlardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi vazifasi: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari zarur.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob 4 bo`lim, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUN MOHIYATI
1.1. Bolalar nutqini rivojlantirishning predmeti maqsadi va vazifalari
Insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandlik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‘zlashni o‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nimalar deyishayotganliklarini tushunishi va o‘zi ham so‘zlashi lozim. Bu o‘rinda tilning uch sifati (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida so‘z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishdan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shartsharoitlarni ishlab chiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi maktabgacha pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos – «o‘rgatuvchi», didasko – «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining obyekti – yaxlit maktabgacha ta’lim jarayon. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining predmeti – maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to‘g‘ri shakllantirish yo‘llari va ish samaradorligi. Zamonaviy pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |