Kreativ yondashuv. O‘quvchilarning kreativligi ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarida, ayniqsa ijodiy fikrlash jarayonining aksariyati “ko‘rinmas” vazifalarni bajarishda namoyon bo‘ladi. O‘quvchining ijodiy barkamolligi uning kreativ fikrlash jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshgan yoki oshmaganini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi (Amabail, 1996[35]; Kaufman va Baer, 2012[102]).
Yillar mobaynida insonning bir necha sohalardagi ijodiy barkamolligining ahamiyati va uning tahlili borasida ko‘plab adabiyotlar vujudga kelgan. Ushbu yozilgan adabiyotlarda berilgan ta’riflarga ko‘ra, kreativ barkamollik ma’lum ijtimoiy sohaga nisbatan yangi va foydali, deb qaralgan. Ta’lim jaryonida esa kreativ yondashuv o‘zining “kundalik” shakliga egadir. Masalan, u yozish, chizish, musiqa yoki “san’at”ning boshqa sohalarining ifodaviy faoliyati, yangi bilim va tushunchalar hosil qilish, yoki turli ochiq turdagi savollarga kreativ yechimlar topish orqali namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayonida bu kabi ijodiy mashg‘ulotlar ko‘p fan sohalari bilan bog‘langan bo‘lib, san’at va tabiiy fan singari an’anaviy fanlar bilangina chegaralanib qolmaydi (Begetto va Kaufman, 2010[54]; Savyer, 2011[103]).
Kreativ ifoda. Kreativ ifoda insonlar o‘zlarining ichki dunyosi va tasavvurlarini boshqalar bilan baham ko‘radigan ham og‘zaki ham og‘zaki bo‘lmagan kreativ yondashuvdan iborat. Og‘zaki ifoda tildan foydalanishni, shu jumladan yozma va og‘zaki muloqotni anglatadi. Og‘zaki bo‘lmagan tarzda ifodalash nafaqat chizmachilik, rasm chizish, model yaratish va musiqiy ifoda qilish bilan, balki raqs va drama kabi harakat hamda ijroni ifoda etishni ham o‘z ichiga oladi.
Bilim hosil qilish
Bilim hosil qilish yaxshi tushuntirib berish yoki nazariy jihatdan tushuntirish kabi takomillashgan konseptual fikr-g‘oyalarni ilgari surish jarayoni yordamida faqatgina yutuqqa erishish bilan emas, balki muvaffaqiyat qozonishga katta e’tibor qaratiladigan bilimni rivojlantirish bilan izohlanadi. Bilim hosil qilish faqat tarixiy ahamiyatga ega kashfiyotlar bilan cheklanib qolmasdan, balki barcha sohalarda va jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olmog‘i kerak. Skardamaliya va Bereiter (1999[99]) bilim hosil qilish borasida yosh o‘quvchilar, dizaynerlar va olimlarning ishlari bilan ilmiy izlanishlar olib bordi: masalan, bilim hosil qilish mavjud nazariyalarni tushunishda va boshqalar tomonidan yozilgan adabiyotlarni talqin etishda, qanday soha bo‘lishidan qat’iy nazar, barchaga birdek foydali bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |