1.3. Konfliktologiyaning metodologiyasi va metodlari
Konfliktlarni boshqarish va tadqiq qilish metodlari quyidagicha: konfliktologiyaning metodlari juda ko`p qirrali.
Konfliktologiya metodlari ,Metodlar guruhi, Aniq metodlar
Shaxsni baholash va o`rgshanish metodlari
Kuzatish, So`roq, Test o`tkazish
Guruhlarda ijtimoiy-psixologik ko`rinishlarni o`rganish metodlari
Kuzatish, so`roq, Sotsiometrik metod
III Konfliktni tahlil qiluvchi va diagnostika qiluvchi metodlar Kuzatish, so`roq,
faoliyat natijalarini tahlil qilish, ekspertlik interv`yu metodi
IV Konfliktlarni boshqarish metodlari
Tuzilishli metodlar, kartografiya metodi
Konfliktning oldini olishda boshqaruvchining faoliyati muhim rol o`ynaydi, u har doim
paydo bo`lgan konfliktlarning echimini izlashga tushadi. Albatta bularning ko`pchiligi o`z
vaqtida kelishmovchiliklarning oldini olishga qodir. Aynan boshqarish madaniyati ham anna
shunda, ya`ni konfliktlarni oldindan ko`ra bilish, ularni paydo bo`lmasdan oldin yo`q qilish.
Konfliktlarga munosabat.
Konfliktlarga boshqaruvchining munosabati birdek bo`lishi mumkin bo`lmasligi kerak.
Konfliktsiz echimini topib bo`lmaydigan masalarga duch kelganda boshqaruvchi qochib
qolmasligi kerak.
Ijtimoiy ta`sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.
Ijtimoiy normalar, sanktsiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini
ma`lum ma`noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi,
uning ahloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o`ziga ham bog`liqdir.
Odamning o`z – o`zini anglashi, bilishi va o`z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita
o`ziga, o`z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi.
Ya`ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o`rab turgan odamlar, ularning xulq – atvorlari
e`tibor berishdan tashqari, o`zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda
tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Shaxsning o`zi, o`z xulq – atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan
hosil bo`lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka
yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
“Men” – obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va
tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda,
tarbiya shaxsning o`zi va o`z sifatlari to`g`risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb
ta`rif berish mumkin. Demak, har bir inson o`zini, o`zligini qanchalik aniq va to`g`ri bilsa,
tasavvur qilolsa,uning jamiyat normalariga zidharakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam
buladi, ya`ni u tarbiyalangan bo`ladi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |