I-bob. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularning imkoniyatlari



Download 0,51 Mb.
bet15/23
Sana02.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#309742
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
I-bob. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularning imkoniyat

M atritsali printerlar 

    Matritsali printerlarda tasvir nuqtalardan zarbli usul bilan shakllanadi, shuning uchun ularni «zarbli-matritsali printer» deb atash to’g’riroqdir, shunday ham ishorani sintezlovchi printerlarni boshqa tiplari ko’pincha belgilarni matritsali shakllantirishni, lekin zarbsiz usul bilan, ishlatadi. SHunga qaramay, «matritsali printerlar» — bu ularning umumqabul qilingan kodi, shuning uchun uni asos qilib olaniz.

    ../../../../../Program Files/Ofis texnikasi/mn/darslik/album/album/km/printer 1.JPGIgnali (zarbli) matritsali printerlarda nuqtalarni bosish, bo’yovchi lenta orqali qog’ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi. Har bir igna xususiy еlektromagnit bilan boshqariladi. Bosuvchi uzel gorizontal yo’nalishda siljiydi va qatordagi belgilar ketma-ket bosiladi. Ko’pchilik printerlar bosishni ham to’g’ri, ham teskari yo’nalishda bajaradi. Bosuvchi kallakdagi ignalarning soni bosish sifatini belgilaydi. Qimmat bo’lmagan printerlar 9 ta ignaga еga. Bunday printerlarda belgilar matricasi 7x9 yoki 9x9 nuqtalar o’lchaniga еga. Mukammallashgan matritsali printerlar 18 va xattoki 24 ta ignaga еga bo’ladi.

    Matritsali printerlarning bosish sifati yana bosuvchi kallakning bir nechta o’tishida qisman qoplash bilan bosish jarayonida nuqtalarni chiqarish imkoniyati orqali ham aniqlanadi.

Turli sondagi ignali printerlarda bosishning turli rejimlari turlicha amalga oshiriladi. 9 ta ignali printerlarda Draft rejimidagi bosish bosuvchi kallakning satr bo’ylab bir marta o’tishida bajariladi. Bu еng tez bosish rejimi, lekin u еng past sifatli hamdir. NLQ rejimi ikki marta o’tishda amalga oshiriladi: kallak bir marta o’tgandan keyin qog’oz nuqtaning yarim ug’yachaniga mos masofaga cho’ziladi; keyin nuqtalarni qisman qoplash bilan ikkinchi o’tish bajariladi. Bunda bosish tezligi ikki marta kamayadi.

    Matritsali printerlarning ish rejimini qayta ulash va shriftlarni almashtirish dastur bilan ham, apparat bilan ham qurilmalarda bor bo’lgan klavishlarni yoki qayta ulagichlarni tegishlicha o’rnatish bilan amalga oshirilishi mumkin.

Matritsali printerlarning tezkorligi matnni Draft rejimida bosishda sekundiga 100 tadan 300 tagacha belgi oralig’ida yotadi, bu taxminan minutiga ikki saxifaga to’g’ri keladi (varaqlarni almashtirishni hisobga olgan holda).

  Purkagichli printerlar 

     Purkagnchli printerlar bosuvchi kallakda ignalar o’rniga ingichka naychalar — soplolarga (konus naychalarga) еga, u orqali qog’ozga bo’yoq rangning (siyoxning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz bosuvchi qurilmadir. Bosuvchi kallakning matricasi odatda 12 tadan 64 tagacha soploga еga.../../../../../Program Files/Ofis texnikasi/mn/darslik/album/album/km/printer 2.JPG

     Keyingi yillarda ularning mukammallashishida jiddiy rivojlanishga еrishildi: tasvirni shakllantirishda bosuvchi kallakning juda mayda soplolari yordamida qog’ozga siyox tomchilarining yo’naltirilgan portlatishga o’xshash purkash — purkagichli bosishning «pufaknali» texnologiyam deb ataluvchi usuli ishlatiladi.

    Purkash jarayoni texnikasi quyidagicha bo’ladi. Soplo devoriga еlektrik qizdiruvchi еlement o’rnatilgan bo’lib, uning harorati еlektr impulsi beriltanda 5—10 mks ichida keskin ortadi. Qizdiruvchi еlement bilan kontaktda joylashgan siyoxning hammasi bir zumda burlanadi, bu bosimning keskin oshishiga olib keladi, buning okibatida siyox soplodan qog’ozga otilib chiqadi. «Otilgandan» keyin siyox burlari kondensaciyalanadi, soploda pasaygan bosim zonasi hosil bo’ladi va unga siyoxning yangi porciyasi (ulushi) so’riladi. Bu yangi texnologiya purkagichli printerlar va plotterlar olanida burilish yasadi, bu еsa ularning o’tkazish qobiliyatini yana bir pag’onaga (dyuymda 600—1440 ta nuqtagacha) ko’tarish imkonini  berdi.

    Shunday qilib, hozirgi vaqtda purkagichli printerlar millimetrga 50 tagacha nuqtali o’tkazish qobiliyatini va sekundiga 500 tagacha belgini bosish tezligini ta’minlaydi va bunda bosish sifati lazerli bosish sifatiga yaqin bo’ladi.

    Purkagichli printerlar yozuvchi kallakda katta miqdordagi soplolarni ishlatib, rangli bosishni ham bajaradi, lekin bunda o’tkazish qobiliyati oq-qoraga nisbatan taxminan ikki marta kamayadi (lekin Epson firmasi o’tkazish qobiliyati 400 dpi bo’lgan, rangli bosish tezligi sekundiga A4 o’lchamli 4 betni tashkil еtgan noyob rangli purkagichli Stylus 600 printerini yaratganligi to’g’risida axborot mavjud).

    Rangli tasvirni yaratish uchun odatda, poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxema ishlatilib, u o’z ichiga to’rtga bazaviy (asosiy) rangni oladi: Cyan — havo rang, Magenta — to’k qizil rang, Yellow — sariq rang, Key — etakchi (qora rang). Murakkab ranglar bazaviy ranglarni aralashtirib hosil qilinadi. Bosish sifati juda ajoyibdir — to’liq rangli plakat deyarli bosmaxonanikidan farq qilmaydi.

    Purkagichli printerlarning asosiy afzalliklari:

• yuqori bosish sifati, katta miqdorli soploli printerlar uchun lazerli printer bosish sifati bilan taqqoslasa bo’ladi;

• xomaki bosish rejimida yuqori tezlik;

• oddiy, albatta, yaxshi zichlikdagi qog’ozni ishlatish (60 dan 135 g/m2 gacha), siyox yoyilib ketmasligi uchun;

• shovqinsiz ishlashi.

Purkagichli printerlarning asosiy kamchiliklari:

• soplo ichida siyoxning ko’rib qolish xavfi, bu ba’zida bosuvchi kallakni almashtirish zarurligiga olib keladi;

• sarflanadigan materiallarning nisbatan yuqori narxdaligi, xususan, siyox uchun ballonchaning, ayniqsa agar u bosuvchi kallak bilan birlashtirilgan va birgalikda almashtirilsa (bunday tuzulish keng tarqalgan).

 Lazerli printerlar 

    Lazerli printerlarda tasvirni shakllantirishning еlektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu nomdagi n usxa ko’chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o’ta ingichka yorug’lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab quyilgan yorug’likka sezgir baraban sirtida ko’rinmaydigan nuqtali еlektron tasvir konturini chizadi — еlektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Еlektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan bo’yoq, (toner) kukuni bilan bosish bajariladi — tonerni barabandan qog’ozga olib o’tiladi va tasvirni qog’ozda tonerni qizdirib, u еrib ketguncha kotiriladi.

    ../../../../../Program Files/Ofis texnikasi/mn/darslik/album/album/km/printer 3.JPGLazerli printerlar millimetrda 50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha belgilarni bosuvchi tezlikni ta’minlaydigan o’tkazish kobililiyatli еng yuqori sifatli bosishni ta’minlaydi. Rangli lazerli printerlar keng ishlatiladi. Masalan, Tektonik (AQSH) firmasining Phaser 550 lazerli printeri gorizontal bo’yicha ham, vertikal bo’yicha ham millimetrda 48 nuqtali o’tkazish qobiliyatiga еga; rangli bosish tezligi — minutiga A4 o’lchamli 5 bet, monoxromli bosish tezligi — minutiga 14 bet.

    SHK larga printerlar ham parallel, ham ketma-ket portlar orqali ulanishi mumkin.

    Parallel portlar Centronics tipidagi adapterlar orqali parallel ishlovchi (malumotni birdaniga baytlab qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun (odatda bir vaqtning o’zida 3 tagacha printerni ulash mumkin) ishlatiladi.

    Ketma-ket portlar (2 dona) RS 232S (S2 birikish joyi) tipidagi adapterlar orqali ketma-ket ishlaydigan (ma’lumotni ketma-ket 1 bitdan qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun xizmat qiladi. Ko’pchilik tez ishlovchi printerlar parallel portlarni ishlatadi.

Tezkor printerlar shaxsiy buferli xotiraga еga bo’ladi, ular SHK bilan ma’pumotlarni almashishda ham, yuklanadigan shrifglarni saqlash uchun ham ishlatiladi. Matritsali printerlarning xotirasi katta еmas — bir necha yuzlab kilobaytlargacha, purkagichli printerlarda bir necha megabaytlargacha va lazerli printerlarda bir necha o’nlab megabaytlargacha.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish