«Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi. Tugma bosilganda sichqoncha kursori nur o’tkazilishi lozim bo’lgan nuqtani so’raydi. Nuqta tanlangach, ikkinchi yo’naltiruvchi nuqta so’raladi. Ikkinchi nuqta tanlangandan so’ng yo’nalish bo’yicha har ikki tomonga yo’nalgan cheksiz nur o’tkaziladi va sichqoncha kursori birinchi tanlangan nuqtani asos qilib ikkinchi yo’nalish nuqtani vaziyatini so’raydi.
Bundan tashqari, nurni bevosita gorizontal, vertikal, burchak kattaligida, bissektrisa, ma’lum uzoqlikda bajarish mumkin. Buning uchun to’g’ri nur buyrug’i tanlanganda klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosiladi va ekranda yordamchi menu oynasi chiqariladi. Unda «Гор» - Gorizontal, «Вер» - Vertikal, «Угол» - Burchak, «Биссект» - Bissektrisa va «Отступ» - Ma’lum uzoqlikda bandlari mavjud. Kerakli band sichqoncha yordamida tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |