Qashqadaryo – Surxondaryo
Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi O’zbekistonning janubida joylashgan. Ular iqlimining issiqligi bilan ajralib turadi. Tabiiy shart – sharoitlardan kelib chiqqan holda o’lka aholisining milliy kiiymlari ham tabiat sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’lka aholisining milliy kiyimlari ham tabiat sharoitlariga mos bo’lishi lozim. Kiyimlarning yorqin ochiq bo’yoqlari, erkin bichimi va noyob, turli-tuman kashtalari kishilarning yuqori dididan dalolat beradi. 2001 yilda Boysun YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan xalq madaniyatining durdonasi deb tanolinganligi tasodifiy emas. Ushbu mintaqa uchun an’anaviy, o’ziga xos kiyimlar aholining xo’jalik yuritishi, estetik qarashlari asosidagi hayot tarzi va iqtisodiy omillarning o’ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda tayyorlangan.
Surxondaryoda ayollarning “kiygich”, “bosh” deb ataladigan bosh kiyimlari faqat ayni Surxondaryogagina xos bo’lib, O’zbekistonning boshqa joylarida uchramaydi. “Bosh”juda o’ziga xos bosh kiyimi bo’lib, bir nechta vazifani bajargan:
Ayollarning boshi issiq, sovuq va shamoldan asragan;
Unda ayollar turmushda tez-tez zarur bo’lib turadigan mayda buyumlarni (ip, igna, to’noich va taroq)saqlaganlar.
Surxondaryoning ayollari qizil olcha rangni juda yaxshi ko’rganlar. Kiyim uchun yo’l-yo’l, sidira va yirik gulli abrli gazlamalarni tanlaganlar. Kiyimlarga kashtalar faqat go’zallik va estetika uchun tikilgan emas, balki ular diniy asoslarga ham ega bo’lgan, ya’ni ayollar, bolalar va kelinchaklarni yomon ko’zdan asraydi, deb hisoblangan.
Ayollarning kiyimlarini zargarlik bezaklarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Surxondaryoda zargarlik buyumlari xuddi kiyimlar kabi ushbu mintaqaning etnik turmush tarziga xos bo’lgan, alohida ajralib turadigan xususiyatlarga ega . kumushdan mohirona tayyorlangan peshona bezaklari “sinsila” (sil-sila) deb atalgan. Ayollarning ziraklari juda turli tuman bo’lgan. Burunga taqiladiganlari “letuva ” va “natti” deb atalgan. Surxondaryo ayollari zargarlik buyumlarini juda sevganlar va ko’plab taqib yurganlar.
XIV – XV asrlarda SHaxrisabz temuriylar saltanatining yirik siyosiy, ma’muriy va madaniy markazi hisoblangan. Bu ko’p jihatdan SHahrisabz kashtalariningo’ziga xosligi va badiiy xususiyatlarini belgilab beradi. Qashqadaryo va SHaxrisabzning kashta tikilgan buyumlari o’zining yorqinligi, ranglarining uyunligi bilan ajralib turadi. Bu erkaklarning choponlari, shalvarlari, do’ppilari, kuloh va turli - tuman ayollar buyumlari, ya’ni ro’mol sumkachalar, dastro’mol, oynaxalta, taroqxalta va boshqa buyumlar bo’lib, ular qarama-qarshi ranglar: yorqin qizil, to’q sariq, to’q jigarrang, binafsharang, yashil ranglar bilan ajralib turadi.
Qashqadaryo va SHaxrisabda kashta tikishning “yo’rma”, va “kandaxayol” usuli qabul qilingan bo’lib, kashtaning “iroqi ” usuli keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |