Toshkent – Farona
Toshkent azaldan yirik markaz sifatida katta ahamiyatga ega bo’lib, O’rta Osiyo va boshqa qo’shni mamlakatlar, ayniqsa, Rossiya bilan savdo-sotiq aloqalarida vositachi rolini bajarib kelgan. Bundan tashqari, Turkiston o’lkasining poytaxti sifatida Toshkent o’lka aholisining iqtisodiy va siyosiy hayotida katta ta’sirga ega bo’lgan.
Farona vodiysi hammavaqt mamlakat durdonasi, xomashyo bazasi hisoblangan. Toshkent va Farona vodiysi aholisining turmush tarzi va tartibi, kiyimlari bir-biridan deyarli farqlanmagan.
Toshkent va Farona vodiysi an’anaviy milliy kiyimlarining noyob namunalari aholi har bir toifasining ijtimoiy holatidan kelib chiqib, taqdim etilgan.
CHunonchi, Toshkent, farona vodiysi hunarmandlarining kiyimi.
Mahalliy ziyolilarning kiyimi:jadidlar, mullalar va diniy tabaqa vakillari – masjit imomi, so’fi, darvishlar kiyimi va boshqalar.
Urf – odat yoki marosim kiyimlar: to’y, o’il bolalaroning sunnat to’yida kiyadigan kiyimi, dafn marosimi kiyimlari, yodga olish marosimlari kiyimlari.
Buxoro – Samarqand
Buxor – Samarqand o’zbeklari milliy kiyimlarining noyob namunalari aholi har bir toifasining ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib taqdim etilgan. An’anaviy milliy kiyimlarda qo’shni davlatlarning madaniy ta’siri kuzatiladi, uning asosiy shakllari va ayrim elementlari asrlar davomida yaratilgan.
Kiyimlar quyidagicha avsiflanadi: bashang (kishilik, tantanali kunlar kiyimlari), kundalik, ish kiyimlari. Kiyimlar bir to’plam, ya’ni bosh-oyoq kiyim(komplekt) qilib berilgan: ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyim, oyoq kiyim, kiyim bezaklari. SHuningdek, kiyimlar tikilgan matolar ham taqdim etilgan.
Buxoro va Samarqand gazlamalrining shuhrati to’g’risida Narshaxiy, maqdisiy va boshqa X asr tarixchilarining asarlari dalolat beradi. Ularning xabar berishicha, mahalliy gazlamalar Badod, Xuroson, Misr, Suriya, Vizantiya kabi shaharlarga chiqarilgan.
Buxoro va Samarqandning milliy kiyimlari O’zbekistonning boshqa mintaqalari kiyimlaridan serhashamligi va noyob zardo’zi kashtalari bilan ajralib turadi.
XIX asrda Buxoroda zardo’zlik san’ati gullab-yashnagan. Zardo’zi kashtalar bilan, asosan, saroy a’yonlari, ayollar va erkaklar kiyimlari: chopon, belbolar, bosh va oyoq kiyimlar bezatila boshlandi. Zardo’zlik san’atida zardo’zi – zamindo’zi texnikasi keng tarqaldi, bunda asos sidirasiga kashta bilan tikib chiqiladi. XX asrda zardo’zi – guldo’zi texnikasi rivojlandi, bunda naqsh gullari qattiq qooz yoki kartondan qirqib olinib, mato ustiga qo’yiladigan va zar ip bilan tikib qoplanadi.
Hozirgi vaqtda zardo’zlik san’ati an’analari yanada yuqori poonaga ko’tariladi. Buyumlarning turlari ko’paydi, kompozitsiyalar ishlab chiqish sifati yaxshilanadi. Do’ppilar, ayollarning engsiz nimchalari, shippaklar, belbolar, sumkachalar, divan yostiqlari, devoriy pannolar va boshqalar keng tarqaldi.
SHunday qilib, Buxoro va samarqand O’zbekistonning zargarlik va zardo’zlik san’ati rivojlangan markazlaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |