Tozalangan chiqindi suvlarni qayta tozalash. Hozirgi vaqtda chuchuk suv tanqisligi hamma regionlarda sezilayotgan bir davrda tozalangan chiqindi suvlarni ochiq suv havzalariga tashlamay, undan ma’lun maqsadlar uchun qayta foydalanish shu kunning dolzarb masalasi bo’lib qoldi. Xuddi shu usul bilan aholi uchun zarur bo’lgan suv havzalarini saqlab qolish mumkin. Buning uchun markazlashgan vodoprovod sistemasida ishlatiladigan usullardan foydalanish, ya’ni bir qavatli qumli filtrdan yoki ikki qavatli qum-antratsitli filtrdan foydalanish mumkin.
So’ngra xlorlab suv ilgarigi holatiga holatiga qaytariladi. Shu usul bilan suvdagi oksigenni 2 mg ga, osilma moddalarni esa 1,5-3 mg ga yetkazish mumkin. Bulardan tashqari, suv tarkibidagi azot va fosforni ham yo’qotish zarur. Chiqindi suvlarni qayta tozalash juda qimmatga tushadi, shuning uchun faqat zarur hollardagina bu usuldan foydalaniladi.
Shuni aytish kerak-ki, qayta tozalangan suvni faqat texnik ehtiyojlar uchun sarflash zarur. Ichimlik suv sifatida ishlatishga also yo’l qo’yib bo’lmaydi. Og’ir metall tuzlari, politsiklik aromatik karbon suvlar, nitroza birikmalar shahar chiqindi suvining doimiy tarkibiy qismi bo’lib qolgan. Ular kanserogen, mutagen ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Tozalangan suvlarni qayta tozalash vaqtida ham shunday kimyoviy moddalar paydo bo’ladi-ku, ular suvning sifatini mutlaqo o’zgartirib yuboradi.
Jumladan, suvni xlorlashda galoidometanlar hosil bo’ladi, ular blastomogen ta’sir ko’rsatuvchi kimyoviy moddalardir. Shu sababli qayta tozalangan suvlarni texnik maqsadlarda ishlatganda ham tarkibida turli kimyoviy moddalar borligini hisobga olib ochiq usulda ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Gigiyenistlar tomonidan qayta tozalangan suvlar uchun ularning zarar bermaydigan sifat ko’rsatkichlari ishlanib chiqilgan. Shu ko’rsatkichlar qayta tozalangan chiqindi suvlarda saqlana olsa, unday suvlarni texnologik jarayonlarda ishlatish mumkin.
3. Sanoat qattiq chiqindilarini ajratib olish va qayta ishlash
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlangan davrida tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri bilan bog’liq bo’lgan muammolar, asosiy va murakkab muammolar bo’lib bormoqda. Shulardan biri geografik muhitning qattiq sanoat chiqindi moddalari bilan ifloslanishi va uni oldini olish muammosidir.
Ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat korxonalarida texnikani, ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirishda, ijtimoiy mehnat mahsuldorligining o’sishiga va ish sharoitlarining yaxshilanishiga olib keluvchi mehnatni va boshqarishni tashkil etishda namoyon bo’ladi. Texnologik jarayonlar o’zgaruvchan bo’lib, texnika taraqqiy etgan sari to’xtovsiz ravishda ratsionallashtirib boriladi. Chiqindilarni o’z vaqtida yig’ishtirib olib, zararsizlantirilsa, qayta ishlansa, aholiga maqbul sharoit yaratilib, ekologik xavfsizlik ta’minlangan bo’lar edi. Shahar yoki hudud miqyosida chiqindilarni yig’ib olish tizimini takomillashtirilish tegishli xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga bog’liq. Zamonaviy va samarali boshqariladigan chiqindilarni yig’ib olish tizimi fuqarolar orasida kasallanishning oldini olish bilan birga ularning yashash va mehnat qilish sharoitlarini yaxshilaydi.
Hozirgi vaqtda, respublikada chiqindilarni boshqarishning asosiy usuli ularni o’z vaqtida yig’ib olish, maxsus chiqindi xonaga tashib ketish va belgilangan maydonda joylashtirishdan iborat.
Chiqindilar hosil bo’lgan joyga, morfologik tarkibiga ko’ra uch turga bo’linadi:
maishiy chiqindilar yoki uy-joy fondida hosil bo’lgan chiqindilar;
sanoat chiqindilari yoki ishlab chiqarishda hosil bo’lgan chiqindilar;
qishloq xo’jaligi chiqindilari, yani qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda hosil bo’ladigan chiqindilar;
Shu bilan birga aholi va atrof tabiatga ta’siri bo’yicha chiqindilar toksik (xavfliligi) jihatidan klassifikatsiyalanadi.
Ma’lumki, chiqindilar muammosini hal qilishga sarflanadigan umumiy xarajatlarning yarmidan ko’pi, odatda, ularni yig’ib olish va tashib ketish xarajatlarini tashkil qiladi. Ammo chiqindilarni yig’ib olish ishlarining samarali va rejali tashkil qilishini atrof-muhit toza saqlanishi bilan birga va iqtisodiy foydaga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi” va “Chiqindilar to’g’risidagi” qonunlarga muvofiq chiqindilarni boshqarishni davlat tomonidan muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kegashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda maxsus davlat vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
So’nggi yillarda respublikada vujudga kelgan ekologik vaziyatning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, chiqindilar atrof tabiatning xavfli ifloslanishiga va aholi salomatligiga jiddiy xavf tug’dirmoqda.
2004-yilda “O’zgidromet” tomonidan maishiy chiqindixonalarda hosil bo’layotgan gazlar o’rganib chiqildi va hisob-kitoblarga ko’ra Respublikadagi chiqindixonalarda hajmi 274 ming tonna metan gazi hosil bo’lishi aniqlandi. Metan gazi atmosferaga ta’siri koeffitsiyenti 21 ga teng bo’lsa, uning zararli ta’sirini tasavvur qilish qiyin emas.
O’zbekiston Respublikasida 2001-yilgacha shahar va tuman markazlarida davlat miqyosda muvofiqlashtiriladigan chiqindilarni boshqarish tizimi sobiq kamunal xizmat ko’rsatish vazirligi tasarrufidagi maxsus avtokorxonalardan iborat bo’lgan.
Mazkur vazirlik respublika bo’yicha yagona texnikaviy siyosatni shakllantirib korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirib borgan. Vazirlik tugatilib, korxonalar bevosita mahalliy hokimliklarga bo’ysundirildi. Shu bilan birga, soha faoliyati bo’yicha monitoringni olib borish “O’zkommunxizmat” agentlikning vakolatlaridan chiqindilar muammosi olib tashlanganiga qaramay monitoring ishlari davom ettirilmoqda.
2008-yilning 1 yanvar holatiga respublikada chiqindilarni boshqarish maxsus avtokorxonalarda jami 2228 ta mashina va mexanizmlar mavjud bo’lgan (2001-yilda ularning soni 3472 ta edi). Shundan chiqindilarni yig’ib tashish foydalanadigan kuzov hajmi 7 m3 lik mashina bo’lgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, kuzov hajmi 7 m3 lik 1065 ta mashinalarga bo’lgan ehtiyoj 2245 tani, 10 m3 hajmlik mashinalarga ehtiyoj 1684 tani tashkil qiladi. Dastlabki baho ko’rsatmoqdaki, shaharlardagi korxonalar ehtiyoyojiga ko’ra 47-63% maxsus mashinalar mavjud.
Maxsus mashinalar oxirgi marta markazlashgan holda 1994 yilda Rossiyadan keltirilgan, ularning foydalanish muddati 5,5 yil bo’lgani uchun foydalanish muddatini o’tab bo’lgan. So’ngi yillarda “Samavto” korxonasidagi chiqindi tashish mashinalar ishlab chiqarila boshlandi va Navoiy, Samarqand, Nukus, Namangan shaharlari korxonalariga yetkazib berildi.
Olib borilgan monitoringlar shuni ko’rsatmoqdaki, 1997-2004 yillarda hosil bo’lgan maishiy chiqindilarni yig’ib tashish hajmi kamayib borgan. Bunga yuqorida qayd etilgan mashinalarning etishmasligi sababdir. Hosil bo’lgan maishiy chiqindilar to’liq hajmda tashib ketilmasa, demak, shahar va tuman markazlarida qolgan. Buning oldini olish uchun mahalliy hokimliklar mavjud avtokorxonalar transportini jalb qilib chiqindilar tashib ketini ta’minlamoqdalar.
Monitoring natijalariga ko’ra, respublika shahar va tuman markazlarida yiliga 10-13 mln m3 maishiy chiqindilar to’planadi, hisob-kitoblarga ko’ra, 1996-yilda 9510 ming m3, 2004-yilda 3489 ming m3, 2007-yilda 7974 ming m3 maishiy chiqindilar tashib ketilgan.
Hozirgi kunda respublikada amalda bo’lgan chiqindixonalarni loyihalashtirish va ulardan foydalanish bo’yicha tasdiqlangan me’yoriy hujjatga asosan shahar va tuman markazlari uchun tashkil qilingan maishiy chiqindixonalar loyihaviy foydalanish muddati kamida 15 yilga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Chiqindixonada mo’ljallangan mashina va mexanizmlarning turiga ko’ra, aholidan hosil bo’ladigan chiqindilar miqdori me’yori va chiqindixonaning loyihaviy xizmat muddati, aholi soni, chiqindilarni jipslashtirish darajasiga ko’ra chiqindixonaning umumiy maydoni aniqlanadi. Loyihaviy quvvati yillik qabul qilinadigan maishiy chiqindilar hajmi bilan belgilanadi (30, 60, 120, 180, 240 ... 3000 m3/yil).
Chiqindixonaning asosi inshooti chiqindilarni qabul qilish va joylashtirish uchastkasi yillik hajmidan kelib chiqib umumiy maydonining 85-95% ini tashkil qilishi lozim.
Chiqindixona maydoni keltirilgan chiqindilarni joylashtirish navbatlariga (kartalariga) ajratib har bir karta balandligi 2-2,5 metrdan 2-3 qavat joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish xo’jalik inshoot va binolar chiqindixonaning chiqindilarini qabul qilish quvvatiga ko’ra 0,3-1 gektar miqdorida bo’ladi.
So’ngi ma’lumotlarga ko’ra respublikada 182 ta tuman markazi va shaharda maishiy chiqindixonalar mavjud, shundan 142 tasi davlat, 40 tasi nodavlat korxonalar tasarrufida. Davlat tasarrufidagi korxonalar foydalanishida chiqindilarning umumiy maydoni 919,2 gektarni, xususiylashtirilgan korxonalar va yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar foydalanishida 245,1 gektarni tashkil qiladi. Shundan tegishlicha jami 629,2 va 151,8 gektar maydon foydalanishda, ya’ni chiqindilar joylashtiriladi.
Chiqindilarning loyihaviy quvvati 34,5 mln m3, shundan davlat tasarrufidagi korxonalar chiqindixonalarning quvvati 27,4 mln m3, xususiy korxonalar tasarrufidagi chiqindixonalarning quvvati 6,8 mln m3. Mavjud chiqindilarning umumiy perimetri taxminan 101,1 km bo’lsa, ma’lumotga ko’ra 7,5 km devor bilan o’ralgan. 38 ta chiqindixonada chiqindi tashish mashinalari keltirilgan chiqindilarni qabul qilish va joylashtirish bo’yicha nazorat punkti, atigi 17 ta chiqindixonada tarozi mavjud.
2006-yilda chiqindixonalarda jami 6684,6 ming m3, 2007-yilda 7973,8 ming m3 maishiy chiqindi keltirilib joylashtirilgan. Jami 1996-yildan 2007-yilgacha chiqindixonalarda 69176 ming m3 chiqindilar to’plangan. Respublikada tasdiqlangan me’yorda bir kishidan 0,9-1,5 m3, o’rtacha 1,2 m3 hosil bo’lishi qabul qilingan va bir yilda jami 12 mln m3 maishiy chiqindi hosil bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra joylarda hosil bo’lgan maishiy chiqindilarni yig’ib, tashish tegishli hisob-kitob va hisobot yo’lga qo’yilmagan.
Maishiy chiqindixonalarda ishlarni sifatli va o’z vaqtida tashkil qilish uchun tegishli mashina va mexanizmlar mavjudligi ahamiyatga ega. Demak, 182 ta chiqindixonada me’yorlarga ko’ra ishlarni tashkil qilish uchun jami 546 ta turli quvvatga ega buldozer, 182 ta shibbalash mashinasi zarur.
Agar chiqindilarni ustidan 15-20 sm qalinlikda toza tuproq solish uchun chiqindixona hududida tuproq olish joyi bo’lmasa, tuproqni tashib olib kelish uchun tegishli ekskavator va ag’darma yuk mashinasi ham kerak bo’ladi.
182 ta chiqindixonadan 17 tasida tarozi mavjud bo’lganligi uchun 165 ta chiqindixonaga tarozi o’rnatish, 38 tasida nazorat punkti bo’lgani uchun 144 tasida nazorat punkti qurish kerak. Chiqindixonalarga begonalar kirishi chek qo’yish uchun 93,6 km perimetrda devor ko’tarish lozim.
Rossiyaning Novokuznestk shahrida umumiy maydoni 59 gektarlik yangi chiqindixona qurulishi uchun 250-300 mln.rubl ajratildi, bir gektarining qurulishi o’rtacha 188 ming AQSh dollarni tashkil qiladi. Permda esa umumiy maydoni 10,5 gektarlik chiqindixonaning qurilishiga 113,97 mln rubl ajratilgan, bir gektarga o’rtacha 402 ming AQSh dollar sarflanadi. Chiqindixonada 30 kishi ishchi xizmatchilarning ishlashi mo’ljallangan.
AQSh da bir gektar chiqindixonaning qurulishiga o’rtacha 4 mln. dollar sarflanadi.
Respublikadagi hosil bo’lgan ahvolni yaxshilash uchun birinchi navbatda sanitariya tozalash korxonalarida va chiqindixonalarida hisob-kitob va hisobotni yo’lga qo’yish sanitariya tozalash korxonalarini zarur maishiy chiqindi tashish maxsus mashinalar bilan, chiqindixonalarni tegishli texnika bilan ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish, shu sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish zarur.
Yirik shaharlarda maishiy va sanoat chiqindilarni qayta ishlashni rivojlantirish chiqindixonaga tashib keltiriladigan chiqindilar kamayishiga olib keladi.
Qayt etilgan ishlarni amalga oshirish uchun chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish dasturi loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlanishi chet el investistiyalari jalb qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |