I bob. Kimyo darslarida test texnologiyasi test shakllari va ulardan foydalanish 7



Download 178,5 Kb.
bet1/6
Sana11.06.2022
Hajmi178,5 Kb.
#655331
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kimyoda test tuzish


Mundarija


KIRISH 2
I BOB. KIMYO DARSLARIDA TEST TEXNOLOGIYASI 7
1.1 Test shakllari va ulardan foydalanish 7
1.2 Test turlari va test topshiriqlari shakllari 11
II BOB. KIMYODAN TEST TUZISHGA QO’YILGAN TALABLAR 17
2.1 Nostandart testlarning mazmuni va turlari. 17
2.2 Testlarning turlari va ularning amalda qo’llanilishi. 24
XULOSA 29
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 31



KIRISH


Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir. Testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda yo’nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Kimyoda test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qo’llashni taqozo qildi. Bunday uslublar o’z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi.
O’zbekistоn Respublikasida оliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga o’qishga qabul qilishda test jоriy etish haqidagi farmоnini qabul qilinishi muhim strategik qarоrlaridan biri bo’lib, bu farmоn iste`dоdli yoshlarni tanlab оlishda ijtimоiiy adоlat va xоlislikni ta’minladi. Ishlab chiqarilgan ko’p variantli test tizimi nafaqat eng qоbiliyatli yoshlarni оliy o’quv yurtiga yuqоri darajadagi maxfiylik va adоlat bilan tanlab оlishga balki umumta`lim maktablari bitiruvchilarning bilimlarini davlat ta`lim standartlariga mоs kelishini aniqlashga o’quv tarbiya jarayoni sifatiga taxsir etuvchi оmillarni belgilashga ham imkоn beradi. Test tоpshiriqlari ko’p variantli tizim asоsida murakkablik darajasi turlicha bo’lgan masala va mantiqiy savоllardan tuzilmоqda. Bu esa kimyo fanining barcha bo’limlarini yanada chuqurrоq o’rganishga va fikr yuritishga shuningdek, o’quvchilarni tabiatga turmush va texnikada kuzatiladigan kimyoviy xоdisalarga e`tibоr berishni va bu xоdisalarga o’zining munоsabatini bildirishga o’rgatmоqda. 1996-2001 yillarda test sinоvlarining tahlili abiturientlarning kimyo fanini qay darajada o’zlashtirganliklarini aniqlashga respublika umumta`lim maktablarida kimyo fanining o’qitilishidagi yutuq va kamchiliklar hamda ularni vujudga keltiruvchi оmillarni aniqlashda shuningdek, barcha kimyo o’qituvchilar uchun yildan-yilga o’z tajriba va malakasini оshirish o’z o’quvchilari erishgan natijalarini tahlil qilish va shu оrqali o’qitish jarayonini takоmillashtirish o’z ishiga, kasbiga qiziqish bilan munоsabatda bo’lishga yordam bermоqda. Yillar bo’yicha kimyo fanidan ayrim bo’limlarida samaradоrlikning bоshqa fanlarga nisbatan pastligi fikrimizcha quyidagi xоlatlar bilan izоhlash mumkin.
-kimyo fanidan ko’rgazmali qurоllar va didaktik materiallarning kamligi;
-maktab va litseylarda labоratоriya ishlarini o’tkazishga imkоniyatning kamligi, ayrim maktablarda umuman yo’qligi;
-berilgan masala shartini to’la tushuna оlmaslik.
-uni yechish uchun zarur bo’lgan barcha kerakli fоrmulalar, nazariy bilimlarni bilmaslik
-masalani mufassal yechish ko’p vaqt talab qiladigan xоllarda to’g’ri yechimni tez tоpishga imkоn beradigan ayrim xоlatlardan fоydalana оlmaslik.
-fizika, matematika bilimlaridan kimyo masalalarini yechishda o’rinli fоydalana оlmaslik
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning―Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnalogiyalardan foydalanish, farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va rivojlantirish ta’lim sohasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali o’zlashtirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishning o’rni katta. O’quvchilarning berilgan mavzular mazmunini tushinishi, unda aks etgan kimyoviy tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni o’zlashtirishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi talab darajasida bo’lishi uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy ped texnalogiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Xususan, organik kimyo darslarining o`qitilishida zamonaviy ped texnologiyalaridan foydalanish, o`quvchilar uchun darsning tushunarlilik darajasini oshirmoqda. Buning natijasda o`quvchilarninng bilim olish salohiyati o`smoqda.
Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ishimizni “Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga oid kompyuter darsi dasturini tuzish va o’tkazish.metodikasi” deb nomlashga axd qildik.
Quyida sizning e’tiboringizga havola etilayotgan ishda kimyo ta’limiga mos zamonaviy ped texnologiyalar va ulardan o’quv jarayonida unumli foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan.
1991-yil O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligiga erishgach ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning o’ziga xos va o’ziga mos yo’lini tanladi. Bu yo’l ta’lim tarbiya sohasi, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. Natijada ta’lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi (1997-yil 29-avgust). Bu esa Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimining tubdan yangilash maqsad va vazifalarini ilgari suradi. Ayniqsa “Ta’lim to’g’risida”gi qonun zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqarishni dolzarb vazifa qilib qo’ydi. O’zbekistonimizning kelgusi taraqaqqiyotiga o’zining munosib hissasini qo’sha oladigan, har tamonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, hozirgi kunning muhim maqsad va vazifalari esa ta’lim-tarbiya muassasalarida amalga oshadi. Kimyo ta’limining har bir bo’lim mavzusidagi materiallar mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish, o’quvchida fikrlash tafakkur qirralarini o’stirish, o’qituvchini mustaqil ishlashga tayyorlash ta’lim jarayonining bosh maqsadi bo’lib qoladi. Davlat ta’lim standartiga asosan fanlarni o’qitishning yoki umumta’limning maqsadi belgilab beriladi. Umumta’limning maqsadi o’quvchilarga davlat ta’lim standarti talabiga mos ta’lim va tarbiya berish va ularni rivojlantirish hamda shaxsning ta’lim olishdagi huquqini ta’limga mos ta’minlashdan iborat. Umumta’lim o’quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy tajribasini rivojlantirdi.
Kimyo kursida oksidlanish-qaytarilish mavzusini metodik o’qitishning zamonaviy akt dasturlaridan qanday samarali foydalanish, yangi innovatsion texnologiyaning loyihalash va klaster metodlari orqali bilim, ko’nikmalarini shaklantirishdan iborat.
Kimyo ta’limi sohasini o’qitish jarayonida kerakli kimyoviy bilim va amaliy malakalarni shakllantirishi ta’minlanadi. O’rganilayotgan tayyor bilimlar tizimining shakllanishi bir qator avlodlar ijodiy zakovati tufayli yuzaga chiqishi fan va texnikaning bundan keyingi rivojlanishi, tabiat bilan inson o’rtasidagi muloqatning bundan keyingi darajasi jamiyatda sodir bo’lib turgan sotsianal hodisalarini to’g’ri tahlil qilish, yosh avlodning zakovat darajasiga bevosita bog’liq ekanligini anglab yetsinlar. Bunday xislatlarni o’quvchilar tinmay o’qish, bilimlarni mustaqil egallash, egallangan bilimlardan amalda foydalana bilishlarigina o’zlarida tarbiyalash mumkin. O’quvchilarga dasturda ko’zda tutilgan amaliy ko’nikmalarni singdirish, kimyo fanining o’qitishning moddiy ta’minotini yaxshilash, ko’rsatilgan tajribalar, laboratoriya va amaliy ishlarni didaktik maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, nazariy bilimlarni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar qanday qondirilayotgani qanchalik izchillik bilan nazorat qilinsa va baholansa, amaliy ko’nikmalarni egallashga bo’lgan talablarning ajralishini shunday nazorat qilinishi va baholanishi lozim.
Mustaqil O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o’rta ma’lumot yakunida, oliy o’quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo’llanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi Kimyo, mantiq, o’lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. Shuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli bilim o’lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda. Testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo’lib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kelajak avlod testlar me’yor bo’lib qolgan davrda yashab, faoliyat ko’rsatadilar.



Download 178,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish