I bob. Jadidchilik va uning o’ziga xos g’oyalari


Turkistonda jadidchilikning shakllanishi va rivojlanishi



Download 401 Kb.
bet3/10
Sana09.06.2022
Hajmi401 Kb.
#646003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Behbudiyning adabiy merosi kurs ishi chala

1. 1. Turkistonda jadidchilikning shakllanishi va rivojlanishi
Jadidchilik Turkistonda XIX asrning oxirlarida maydonga kelgan, XX asr boshlarida shakllanib,qisqa muddatda o’zining haddi a’losiga ko’tarilgan, 1917-yil bolshveklar to’ntarilishidan keyin ham sotsialistik diktatura o’rnatilgunga qadar o’z mavqe va yo’nalishini saqlab qolaolgan ijtimoiy harakatchilik. U ijtimoiy turmushning barcha jabhalarini qamrab olgan edi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, mazkur davrda yuzaga chiqqan na siyosiy,na madaniy biror hodisa yo’qki, uning e’tibor va ta’sir doirasidan chetda qolgan bo’lsin.
Jadidchilik g’oyalari erta bahorning shiddatli shamollari singari po’panak bosib ketgan o’rta asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha ochib tashladi. Momoguldirakdek bo’lib, Millat va Vatanning hayot-mamot masalasi kun tartibiga qoyilgani haqida bong urdi. Chaqmoq chaqib uning bag’ridagi jarohatlarini yoritdi. Obirahmat bo’lib, ona Turkiston ko’ksidagi maorif, matbuot, teatr nihollariga hayot bahsh etdi. Bu g’oyalarning asosida milliy uyg’onish, milliy mustaqillik uuchun kurash yotar edi. Jadidchilikning mohiyatini Millat va Vatanni anglashdan ular manfaati uchun kurashishgacha bo’lgan qizg’in va hayajonli jarayon tashkil qildi. Ayni paytda, bu harakat millatni ham tarbiyalab bordi. Uni o’z boshiga yog’ilgan har bir ofatni taqdir deb ta’bir etishdan tahlil qilib, chorasini izlay olish darajasigacha ko’tardi. Xususan, jadidlarimiz millatning yashamog’i, taraqqiy topmog’i uchun, birinchi navbatda, ozod, mustaqil bo’lmog’i lozimligini anglab yetdilar va keng xalqni uyg’otishga alohida e’tibor berdilar.
Xalq esa, Po’latxon va Dukchi Eshon voqealaridan “Turkiston (Qo’qon) muxtoriyati” moxiyatini anglash va qo’llashgacha bo’lgan masofani bosib o’tdi. Jadidlarimiz siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari balan mntazam shug’ullandilar. Ayni paytda, maktab-ma’orif isloh qilina boshlandi. Milliy matbuot yo’lga qoyildi. Teatr paydo bo’ldi. Yangi adabiyot shakllandi. Bir so’z bilan aytganda, yangi tafakkur maydonga keldi. Bu millatning o’zligini anglash va mustaqillik mafkurasi edi.
Bu hol, shubhasiz millatning keyingi 3 – 4 asrlik tarixiy taraqqiyotida misli ko’rilmagan hol edi. Uning hayotida uzoq turg’unlikdan keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi. Jadidchilikning mohiyati shunda.
“Jadidchilik”ning asosida “jadid” so’zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yo bo’lmasa, “yangilik tarafdori” degani emas. Balki “yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni o’zida mujassam etgan.
Istilohning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog’liq. U yozadi:
“... 1884-sanasi Boqchasaroyda bir maktabni “usuli jadid”ga qoymish edim”.
Bu boshlanishi edi. Istilohning mazmuni maktab doirasida qolmadi, albatta.
Abdulla Avloniyning “Tarjimai hol” idan:
“Shul zamonda (1894-1904 yillar ko’zda tutiladi.B.Q.) yerli xalqlar orasida eskilik-yangilik (qadim-jadid) janjali boshlandi. Gazit o’qug’uvchilarni mullalar “jadidchi”nom bilan atar edilar”. Jadidlar Usmonli Turkiyadagi “Ganch (yosh) turk, “Ganch Usmonli” ta’siri bilan “Yosh buxorolilar”, “Yosh xivalilar”, “Yosh turkistonlilar” ham deb nomlandilar. Birinchi ikki nom rasmiy tashkilolt darajasida ko’tarildi.
Jadidchilik oqim emas, harakatchilik. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakatchilik. Yaqingacha ham u faqat ma’rifatchilik harakati deb kelindi. Bu ongli suratda qilingan edi. Maqsad jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistik – kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egshallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Aslida esa jadidchilik:

  1. Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg’onish mafkurasi bo’lib xizmat qildi;

  2. Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Jadidlar g’ayrati va tashabbusi bilan dunyo ko’rgan Turkiston muxtoriyati bu yo’ldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi;

  3. Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi.

Turkistondagi jadidchilik XIX asrning 80 yillarida Rusiya musulmonlari, xususan, Kavkaz va Volga boyida yoyilgan shu nomdagi taraqqiyparvarlik harakatining bevosita ta’siri va samarasi sifatida dunyoga keldi. Bunda yuqorida nomini qayd etganimiz Ismoilbek Gaspralining “Tarjimon” gazetasi (1883) va u asos solgan “usuli jadid” (ikkinchi nomi “usuli savtiya”) maktabi (1884) hal qiluvchi rol oynadi.
Shuningdek, XIX asrning so’ngida Sharq musulmon mamlakatlari orasida keng yoyilgan Jamoliddin Afg’oniy (1839-1897) Muxammad Abduh (1849-1905) nomlari bilan xarakterlanuvchi diniy taraqqiyparvarlik, Yevropa mustamlakachiligiga qarshi birdamlik borasidagi fikrlarni ham nazardan soqit qilib bo’lmaydi.
“Jadid” atamasi Turkiyada XX asr boshidagi adabiyotga, uning ham birgina yo’nalishiga nisbatan ishlatiladi. Shuningdek, “Rusiya jadidchiligi”, o’zimizda esa “Buxoro jadidchiligi”, “Turkiston jadidchiligi” degan atamalarni uchratamiz. Bizningcha harakat umumiy, ko’rinishlar aniq bo’lgani uchun farqli, mohiyat bitta –yangilanish. Bu turli joyda turlicha shaklda namoyon bo’ldi. Masalan, Turkiyada 1839 yildagi mashhur Mustafo Rashit Posho tomonidan yozilib, Gulxona maydonida e’lon etilgan va tarixga “Gulxonai xatti humoyun” nomi bilan kirib, “Tanzimot”ni boshlab bergan davr ham, bizcha, yangilanishdir-jadidchilikdir. To’g’ri, u asosan, g’arblashishni tamal qilib olgan edi. Shuning uchun ham ko’p o’tmay, bunga qarama-qarshi ravishda “turkchilik”, “usmonchilik”, “islomchilik”, “turonchilik” kabi milliy g’oyalar o’rtaga tashlandi. Yevropalashish bizda ham jadidchilikning muhim xususiyatlaridan bo’lgan. Chor hukumati bundan mahalliy xalqni ruslashtirish yo’lida foydalandi ham. Lekin mezon – mahalliy xalqning o’z dini va e’tiqodini daxlsiz qoldirish, Ovro’pa ilm-fanini shularning muhofazasiga xizmat qildirish uchun bu yerda ham kurash ketdi. Turkchilik, islomchilik, mahalliy o’zbekchilik kabilarning bu yerda ham maydonga kelishi bejiz emas.Aslida, bizning jadidlarda fikr va g’oya qorishiqligi juda kuchli. Mana, masalan, yangi o’zbek adabiyotining shakllanishi boshida turgan Muqimiy, Furqatlarni oling. Ular 30-yillarda jadid adabiyoti vakillari sifatida umuman to’g’ri talqin qilingan. Muqimiy o’z hajviy asarlarda savdo va sanoatning, ya’ni kapitalistik turmush tarzining milliy axloqimizni buzayotganini tanqid qiladi. Furqat esa uning hayotimizga kirib kelayotganini madh etadi. Biri tasdiq, ikkinchisi inkor yo’lidan boradi. Yoki Dukchi Eshonni oling. U kuch, zo’rlik bilan mustaqillikka erishish tarafdori. U ham jadid: din islohotchisi, siyosiy kurashchi. Juda ko’p jadidlarimiz uni rad etdilar. Bir qator jadidlarimiz ongli suratda sovetlar bilan hamkorlik qildilar, komunist bo’ldilar. Bular bilan hisoblashmoq kerak. Bu hol, ayniqsa, mustaqillik uchun olib borilgan kurashda yaqqol ko’rindi. Bu borada 3 yo’lni kuzatish mumkin:
1. Rusiyaga tobelikdan zo’rlik bilan qutilish, istiqlolni kuch bilan olish (Dukchi eshon qo’zg’oloni, 1916 yil mardikorlik harakati, bosmachilik).
2. Murosa yo’li. Ruslar yordamida ma’rifatga erishish. Ma’rifat masalasida haq-huquq olish, milliy xususiyatlarni tiklash (I. Gaspirali, M. Behbudiy).
3. Hamkorlik yo’li. Chor ma’murlari, so’ng esa Sho’ro hukumati bilan birga ularning dasturlarida qatnashish va imkon bo’lishi bilan mustaqillikni qo’lga olish. Buning uchun ma’lum tayyorgarlik ko’rib borish (Munavvarqori, Hamza, Avloniy).
Nihoyat, bizdagi jadidchilik Kavkaz, Volgaboyi, Turkiyadagi jadidchilikka nisbatan an’analarga ko’proq bog’lanib qolgan, umumyevropa ijtimoiy madaniy jarayoniga tortilish darajasi qiyinroq kechgan jadidchilik. Bizda har bir yangilikning kirib kelish jarayoni g’oyat og’ir kechgan.
Bugun biz yuzma-yuz bo’lib turganimiz milliy g’oya, milliy mafkura masalalari bundan yuz yil oldin jadidlarimiz tomonidan ham kun tartibiga qoyilgan va qizg’in muhokama qilingan edi.
Avvalo, “millat” va “milliylik” haqida. “Mulla Nasriddin” jurnalining muharriri, “O’liklar” dramasi bilan Toshkentning “Kolizey”ida mahalliy xalqni larzaga solgan Jalil Mamatqulzodaning “Millat” nomli maqolasi bor. Ma’lum bo’lishicha, millat tushunchasi ilk bor qadim yunon faylasufi, bundan sal kam 2 yarim ming yil muqaddam yashagan Demokrit tomonidan qo’llanilgan ekan. U bu tushunchani “har bir mamlakatning yagona sohibi” deb tushuntiradi. Shundan so’ng mana qancha zamon o’tib, XVIII asr fransuz inqilobi davrida bu masala yana o’rtaga tushdi, biroq hali ham bu tushuncha ayrim xalqlarda shakllanib ulgurgan emas, deb davom etadi adib.
Endi g’oya haqida. Ismoilbek Gasprinskiy 1895 yilda yozgan maqolalaridan birini “g’oya” deb atagan edi. Uningcha, “xalqlar hayotidagi barcha buyuk voqealarning tag-zaminida u yoki bu g’oya yotadi. Eng ulug’ kashfiyotlar, avvalo, ular haqidagi orzu-niyatlardan boshlangan”.
Islom g’oyalari yarim dunyoni bir hovuch arablar atrofiga birlashtirdi. Moskva atrofiga birlashuv g’oyasi qudratli Rossiyani maydonga keltirdi. Tenglik va ozodlik g’oyasi fransuzlar mavqeini Yevropada sarbaland qildi.
G’oyasizlik-chi! Millatni zaiflashtiruvchi, turg’unlikka - tanazzulga olib boruvchi manashu g’oyasizlik, maqsadsizlikdir.
Tarix necha martalab aqlu isde’dodiga guvoh bo’lgan sharq xalqlari nega bunday zalolatga botdi? Necha yuz million xitoylar xindlar so’ngi ming yil davomida o’zlarini ko’rsata olmay, nega boshqalar yetoviga tushib qoldilar? Sababi- g’oyasizlik, - deb tushuntiradi muallif.
Shundan keyin u Rusiya qo’l ostidagi musulmonlar hayotiga o’tadi. “Taassufki, Rusiyaning musulmon jamiyatida asl va chinakam g’oya, orzu yo’q,- deb yozadi muallif.- Ular yolg’iz shu kunning, shu daqiqaning manfaati, shu birgina qorinni to’qlab olish manfaati bilan yashaydilar va hozirgidan bir necha marta yaxshiroq ishlamoq va yashamoq mumkinligini bilmaydilar.Bizda tushni ta’bir qiluvchi risolalar, gul va bulbul haqidagi qo’shiqlar o’zi bir qarich, soqoli qirq qarich polvon haqidagi kitoblar ko’p, ammo miyamizni qoplab olgan jaholatni tarqatguchi, ahvolimizni tushuntirib berguvchi, taraqqiyot xususida, kelajak xususida oylashga, ilgariga intilishga majbur etadigan biror kitob yo’q. Shunday ekan, maorifga, taraqqiyotga intilishni o’z oldimizga vazifa va orzu qilib qoymoq kerak emasmi?!”
Shu g’oya bilan ish tutilsa, millatning jonlanishiga, ma’rifatli avlod shakllanib hayotning go’zallashishiga Ismoilbek dil-dildan ishonadi. Bugina emas, uni hayot mamot masalasi deb biladi. Millatning milliy, diniy, insoniy huquqlarini muhofaza qilishda birinchi vosita deb hisoblaydi.
“Bir millatning quvvat va matonati uning saodati va farog’ati aholining oz-ko’pligi bilan emas, a’zolaridagi madaniyat va taraqqiyotga omil hayotiy xususiyatlarining darajasi bilan o’lchanadi”, - deb yozadi Ismoilbek 1908 yilda “Ilm va ma’rifat davri” maqolasida. Ilm-hunar g’ayrat va mehnat bilan qo’lga kiradi. G’ayrat va mehnat esa ilmu hunar tufayli samara beradi.Bular o’zaro bog’liq tushunchalardir. Qavmining ko’pchiligi jisman sog’ bo’lib, ilmu hunardan bebahra qolishi va hayoli parishon bo’lib, o’zini himoya qilmoqdan ojiz holga tushishi mumkin. Ilm- ma’rifatda quvvatli Yevropa millatlarining sog’lom Afrikani asoratga olishlari bejiz emas.
Xo’sh, buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Ma’rifatga ehtiyoj, ilm –fanni egallash g’oyasi millatning ko’pchiligi tomonidan anglanishi kerak. Darhaqiqat, jadidlarimiz olib borgan barcha ishlar-matbuotning yo’lga qoyilishi, “usuli jadid” maktabi nazariyasi va amaliyoti, teatrchilik hamma-hammasi shunga xizmat qildirildi. Shu tariqa har bir g’oyaning milliy g’oyaga aylanishi, jadidlarimiz fikricha ikki shartni taqqozo etadi:

  1. G’oya millatning tub, asl ehtiyojlaridan, turish- turmushidan, asriy ananalaridan, o’zligidan va tabiiyki, imkoniyatidan kelib chiqmog’i lozim.

  2. Mazkur g’oya millat tomonidan anglanishi, his qilinishi, boshqacha aytganda, ongiga joylashib, yuragidagi o’tga aylanmog’i, so’ngsiz ishtiyoq hosil qilmog’i kerak.

Tabiiyki, har bir millat taraqqiy topmog’i uchun jahon ilm fani yangiliklaridan, umuminsoniy g’oyalardan foydalanmog’i zarur. Lekin muhim bir shart bilan. Bu fikr – g’oyalar millatning qalbi va ongidan o’tmog’i, “milliylashmog’i” kerak. Shundagina u millat yo’lida xizmat qila oladi.
Bunda buyuk masuliyat ziyoli zimmasiga tuushadi. Chunki millat ehtiyojini dil-dildan anglovchi va oldinga boshlovchi ziyoli sinfidir. Buning uchun esa, o’sha ziyolining o’zi “milliy axloq va tarbiya egasi” bo’lmog’i kerak. Bu oson ish emas.
“Tarjimon” gazetasi 1884 yilda yozgan edi:
“Agar bizim oramizda yaxshi odamlar bo’lsalar, boshlab maktab muallimlaridirlar. Agar bizda foydali odamlar bo’lsalar, bular ham ulardir. Agar oramizda o’ziga hech bir hurmat, maqtov, shuhrat talab etmay, butun g’ayratni o’quv tarbiya ishiga, haqiqat yo’liga sarf etgan kishilar bo’lsalar, bular ham muallimlardir...
Sharaf sizga, muhtaram o’qituvchilar!
Sizning fidoyi mehnatingiz qadriga yetmaganimiz uchun, sizni faqirlikda, muxtojlikda qoldirganimiz uchun bizlarni, o’qitgan bolalaringizning otalarini kechiringiz”
Jadidlarimiz oliy o’quv yurtini zaruriyatini teran his qildilar va barcha imkoniyatlardan foydalanishga urindilar.
Jadidlarimiz so’ngi uch-to’rt asr davomida tushkun holga tushib tarixini unitayozgan millatimizga tarix shuurini singdirishga va u orqali yangi ruh baxsh etishga urindilar. Darhaqiqat, milliy shuurni tarix shuuri maydonga keltiradi. Tarix shuuri esa tarixni tanimoqdir.
“Tarjimon” gazetasining 1906 yil dekabr, 1907 yil yanvar sonlarida bosilgan “Mukolamayi salotin”bilan Fitratning “Temursag’anasi” asaridagi hamohanglikni payqash qayin emas.
Alibek Husayinzoda 1909 yili “Taraqqiy” (Baku) gazetasida bosilgan “Turklik-askarlik” maqolasida til materiali asosida muhim bir fikrni ilgari suradi. Bizning buyruq maylini anglatuvchi ayrim fe’llarimizda 4-5 qavatli amir ma’nolari bor ekan (masalan: ur, urdir, urdit, urdirtdir; chiq, chiqar, chiqart, chiqartdir, chiqartdirt kabi) ki, boshqa tillarda uchramaskan. Bu hol turkdagi hukm va hokimyatning g’oyat qadimligini, buyuruqning ko’pbosqichligi esa davlat idora tizimida esa eng ko’hna zamonlardan buyon mansab-martabalar silsilasining qat’iy intizomi suburdinatsiyasiga amal qilinib kelinayotganligiga dalil ekan. Masalan, qo’shin boshlig’i to’g’ridan-to’g’ri askarlariga “Qal’aga hujm eting!” demaskan, sarkardalariga “Etdirtiring!” derkan va bu byruq poyama-poya mingboshi-yuzboshi boylab tushib kelarkan. “Xar bir millatning tili uning hayotining, fikrining, ruhining oynasidir”, - deb tugallanadi maqola.
Jadidlar millatning taraqqiyotinigina emas, yashash, hatto uni saqlab qolish kafolatini ham milliylikda ko’rdilar. “Milliyat fikriga, bu azim quvvatga hech bir kuch bas kela olmadi, - deb yozgan edi Yusuf Oqchura.- Yuzminglarcha haybatli qo’shin bu fikr qarshisida yengildi. Milliyat atalmish bu buyuk qudratga bugun to’p va miltiq bas kelaolmaydi...”.
Milliyat tushunchasi birlikni talab qildi. Birlik deyilganda, asosan lisoniy, irqiy, diniy mushtaraklik ko’zda tutiladi. Shular asosida millatning uyg’onishi, o’z-o’zini anglashida muhim rol oynagan, lekin so’ngroq asossiz ravishda avblov vasiqasiga aylantirilgan panislomizm, panturkizm, panturonizm, maxalliy millatchilik kabi tushuncha va atamalar paydo bo’ldi. Ularning ayrimlari o’z davrida milliy g’oya darajasiga ko’tarildi, lekin siyosiy jihatdan amalga oshirish imkoniyati bo’lmagani uchun zamon qatlarida qolib ketdi.
Dunyoda yashab turgan har bir millatning o’z fe’li – tabiatidan, hayot sharoiti va turmsh tarzidan, maslak – e’tiqodidan kelib chiqqan, asosiy tarixiy tajribalari bilan mustahkamlanib, takomillashib borgan va boradigan fikr – qarashlari tizimi bor. Bu tizim millatning borliq va tabiatga munosabatidan tortib, jamiyat, axloq, siyosatigacha bo’lgan qarashlarini qamrab oladi (men ilm –fanni emas, qarash-munosabatni ko’zda tutayotirman). Bu qarashlar o’sha millatning fe’li – sajiyasini, qiyofasini, fe’l –atvorini, intilishini o’zida namoyon etadi. Menimcha, milliy mafkura degani – shu. Bu xalq qanday xalq? Tarixiy ona vatani qayerda? Qanday yashab keldi? Kimlar bilan yonma-yon yashab keldi? Do’stlari? Dushmanlari? Do’stga aylangan dushmanlari? Dushmanga aylangan do’stlari? Davlatchiligi, uning kamoli va zavoli. Idora tuzumi, askar tutumi. Zexniyati, zavqi-didi, iymon-e’tiqodi kabi millatning tarixi, turmshi bilan bog’liq o’nlab masalalarni oydinlashtirmasdan, u haqda aniqroq bir narsa deyish qiyin. Lekin shunisi aniqki, milliy mafkura-jamiyat hayotining jon tomiri. U qurisa millat o’sishdan to’xtaydi, jamiyat buziladi.
Uning asoslari – tarixda, urf-udum, ananalarimizda. Uni tiklashning zarurligini birinchi bo’lib jadidlarimiz sezdilar.
“Mafkura” – “fikr”dan olingan. Fikr – g’oya, demakdir, albatta. Fikr- g’oya ko’proq “hikmatli so’zlar”da, maqollarda saqlanib qolgan. Bobur 1527-yilda bir ko’ngilsiz voqea munosabati bilan Humoyun va Komronga xat yozadi. Jumladan, Komronga maktubida “Sevarlarning itini ham sevarlar” degan otalar so’zini keltiradi. 1505 yilda Husayin boyqaroning temuriylar qo’shinini Shayboniyga qarshi birlashtirish muhokama qilinadigan yig’inga taklifiga javoban esa, “El ayoq bila borsa biz bosh bila borgaymiz. El tayoq bila borsa, biz tosh bila borgaymiz”, - deb yozadi. Bu millatning muhabbatiga, sadoqatiga timsol. Muhabbat va sadoqatning bu millatda hech qachon chala-chulpa bo’lmaganligiga, hamisha butun kelganiga dadil.
Mahmudxo’ja Behbudiy millatimizning ruslar tomonidan “satir” atalishiga isyon qilib chiqqan bir maqolasida yozadi: “Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmay turganlarni qul –marquq (manqurt shundan olingan) derlar”. Demak, bu millatning tarixini tanishi, nomi iftixor tuyg’usi baland bo’lgan.
Mafkura to’qilmaydi, yaratilmaydi. Asriy an’analardan shakllantiriladi. Bu yerda tarix muhim. Tarixning ham adabiyot, falsafa, etnografiya, psixologiya bilan tutash nuqtalari ayricha ahamiyatga ega.
Bu borada jadidchilik, shu jumladan, XX asr boshidagi Turkiston jadid matbuoti qiziqarli materiallar bera oladi.
Darvoqe, milliy g’oya, milliy mafkura haqida gap ketganda bir narsani, albatta hisobga olishimiz kerak deb oylayman. Hamonki, bular olis tariximiz bilan chambarchas bog’liq ekan, u o’z nomini kechagina olgan “o’zbek” tarixi bilan kifoyalanmasligi kerak.
Aksincha, O’rta Osiyoning asliy, qadimiy, tubjoy aholisi o’laroq, bu ko’hna dunyoning eng eski qavmlaridan biri sifatida jahon svilizatsiyasining chorrahasida kelgan bir millat maqomida olib qaralmog’i lozim.
Afsuski, uzoq yillar, balki asrlar bu xalq tarixi boshqa millatlar, mamlakatlar ko’zi bilan ko’rilib, manfaatlari nuqtai nazaridan baholanib keldi. Holbki, bu millat ota-bobolari Shumer madaniyatidan Mohini jidorogacha, Misr ehromlaridan Uzoq Sharqdagi saltanatlargacha faol ishtirok etgan. Masalan, miloddan avvalgi yillarda Xitoyda o’z hokimiyatini o’rnatgan (Xarlets, Franke...), so’ngi ikki ming yilda esa o’nlab muazzam shaharlar bunyod qilganligiga dunyo amin bo’lgan, lekin keng hududiy o’zgarishlar, buyuk ko’chuvlar, jangu suronlar tufayli turli davrlarda turli manbalarda turlicha atalib kelgan turk qavmining “bosh bo’g’ini” (Amir Temur), qadim Turkistonning asl egalari sifatida qaralmog’i, baholanmog’i kerak.
Bu tabiiyki, har bir o’zbek qalbida g’urur, faxr tuyg’ularini uyg’otadi. Lekin buning uchun tarixni bilish kerak. Jadidlarimiz shuning uchun tarixni va millatni tanishga alohida e’tibor berdilar. Bu borada Zaki Validiyning kitoblariga katta ehtiyoj bor. Gap shundaki, jug’rofiy jihatdan Osiyo, Yevropa, Afrikaday uch buyuk qit’aga yoyilgan turkiy xalqlar tarixini yoritmoq uchun ular aloqaga kirishgan o’nlab, balki yuzlab millatlarning tili va tarixidan xabardor bo’lmoq kerak. To’g’ri va haqqoniy yoritmoq, eng muhimi voqealarni yurakdan o’tkazmoq uchun esa mazkur millatga mansub bo’lmoq lozim. Oliy diniy tahsil ko’rgan, mutaxassis sifatida rus akademik sharqshunoslik maktabida shakllangan, asosiy asarlarini Yevropa kutubxonalarida yaratib, jahoniy shuhratga ega bo’lgan, G’arb va Sharqning asosiy tillarida o’qib yoza oladigan, Turkistonni shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib chiqqan, fidoyi jadidlarimizning deyarli hammasi bilan shaxsan tanish, 1921-yilda tuzilgan Turkiston milliy birligining rahbari Zaki Validiyning bu ikki asari Turkiston tarixini o’rganishda bebaho manbalardir. Masalan, muallif turkiy xalqlarning kelib chiqish tarixi, ona vatani, qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida fikr yuritar ekan, qadim Xitoy, Hind solnomalaridan ibroniy, yunoniy, suryoniy ma’xazlarigacha, mo’g’ul, arab, fors, turk qo’lyozmalaridan so’nggi ikki asrda Ovrupa sharqshunosligi erishgan yutuqlargacha jalb etishga harakat qiladi. Buni shundan ham bilsak bo’ladiki, 540 sahifali birinchi kitobning 115 sahifasini mayda hariflar bilan berilgan izohlar tashkil qiladi. Bu izohlar turkiy xalqlarning tili,tarixi, madaniyati,masalak-e’tiqodi, buyuklari, yurishlari,jo’g’rofiy, siyosiy, maishiy atamalari, urug’lari va hokazolarga oid xilma-xil manbalardan olingan o’zaro farqli qiyosiy ma’lumotlar va ularga munosabatlardan tashkil topgan. Ikkinchi kitobdagi voqealarning aksariyatida esa muallif bevosita ishtirok etgan.
“Bugungi turk eli–Turkiston va uning yaqin tarixi”da millatimizning asriy xususiyatlari, milliyatimiz haqida butun bir bob bor.
Mana ayrim parchalar:
“Biz fursat kutgan millatlardanmiz. Milliy qudratimizni shunday bir ko’zdan kechirsak, O’zbekiston fuqarolari barobarida qozoq, qirg’iz, tatar va boshqirdlarning, ya’ni “o’rta turk” deb ataganimiz turklarning va turkmanlarning madaniy quvvati, tabiiyki, Avg’onistondan hamda Erondan kam emasdir. Turkistonda o’z millatimizdan yetishgan mutaxassis va olimlarning miqdori O’rta va Old Osiyo davlatlaridan birigina Hindiston va Turkiyadangina ozdir. Ayniqsa, savdo, sanoat va dehqonchilikda turkistonliklarga hech bir kishi bas kelaolmaydi. Bu masalada ovrupaliklar bilan ham juda a’lo darajada raqobat eta oladilar. Farg’ona paxta zavodlardagi, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon va Buxorolik turk ishbilarmonlarining tajribasi Rossiya hukumati yevropali sarmoyadorlarini himoya qilmagan taqdirda vaziyatni hohlagan paytlarida o’z qo’llariga ola olishlarini ko’rsatmoqda. Minglarcha yillar mobaynida takomillashib borgan irigatsiya va dehqonchilik madaniyatining boshqa sohalarida turkistonliklarga Sharqda birgina hindlar va xitoylar raqobat eta oladilar. Rus dehqoni hecham raqobat qila olmaydi. Holbuki, iqtisod, tijorat va ziroat har qanday mamlakatda davlatning ham asosidir. Xullas, ajnabiy zo’ravonlik va istilo o’rtadan qalqib hurriyatga erishishi bilan bu jihatlardan Turkistonda turkistonliklarga raqobat eta oladigan hech bir kimsa yo’qdir....
... ba’zi odamlar rusga tobe turklarning, xususan turkistonliklarning milliy xarakati hali juda ibtidoiy bosqichdaligini, ingliz, nemis va rus millatlarining bugungi yangi davr tarixini ag’dar-to’ntar qilgan qudratli milliy shuurlari, milliy madaniyatlarining ulug’vorligi qarshisida O’rta Osiyoliklarning dovdirab qolishlarini, bir kun o’z taqdirlarini o’zgartirish imkoni tug’ulganda ham undan foydalana olmayajaklarini soylaydilar. Lekin turk millatining shunday mumtoz qavmiy xusuusiyatlari bordirki, ularni uyg’otib ishga solishga muvoffaq bo’linsa, yo’qotgan narsalarini bir oz muddatda tiklay oladi.
Minglarcha yillik tariximizdan qizil ip bo’lib o’tgan milliy xususiyatlarimizdan biri JONLILIK va bitmas FAOLLIKdir. Qadim tarixda Osiyoda va Ovrupada turk va mug’ul aralashmagan birorta buyuk baynalmilal hodisa bo’lgan emas.
Turk birorta shunday mamlakatga kelmaganki, oxirida u jamiyatning tepasiga ko’tarilmagan bo’lsin.
Haqiqatan ham shunday bo’lgan. Xitoy, Hind, Eron va Misrga qul sifatida keltirilgan turklar ko’p vaqt o’tmay, u yerdagi siyosiy hayotda rol oynay boshlaganlar va ko’p martalab butun davlat idorasini boshqarganlar... Turkning haqiqiy milliy sajiyasi mana shunday. Ya’ni har doim hayotning qoq o’rtasida. Kurash maydonida bo’lmoq va har yerda o’zining kimligini ko’rsatmoq. Tarixan turk hech vaqt bosilgan nuqtada bir lahza qolmay, rezinaday o’rnidan qalqqan yoki g’ijimlab ezmoqchi bo’lgan hovuchning ichidan simobday sirg’alib chiqqan.
Turkning butun tarixiy takomili davomida ko’zga tashlangan eng ayon irqiy xususiyatlaridan biri ham tarixning biz bilgan davridan buyon askar bo’lib kelganligi, INTIZOMSEVARLIGI, hayotning eng og’ir mushkulotiga ham tayyyor turmoq, mashaqqatlariga uzoq muddat SABRLI bo’la olishidir. Qadim turklar o’zlarini mana shu jihatdan tarbiyalashga favqulodda ahamiyat berganlar va kishini bo’shashtiradigan farog’atdan, xotinchalish qilib qoyadigan nazokatdan, vujudni og’irlashtiradigan yemaklardan saqlanganlar. Ulug’lar, aslzodalar yonlaridagi askarlardan ortiq ovqat yemaganlar va askar bilan ayni bir sharoitda yashab o’zlarini maxsus ochlikka, suvsizlikka, issiq-sovuqqa o’rgatib borganlar...
Turkning boshqa bir milliy fazilati dunyodagi voqealarga ochiq ko’z bilan qarashidir. Qadim turklarning To’ng Yabg’o’sining, Chingiz, Temur muvaffaqiyatlarining eng katta siri jahon vaziyatini atroflicha ko’ra olishlarida, undan tamomila xabardor bo’lishlarida va har bir fursatdan foydalana bilishlarida edi. Turk millati tarixiy hayotining shavkatli kunlarida jaxon siyosiy voqealarini tubdan o’rganib xulosa chiqara olishi jihatidan zamonamizdagi inglizlarga o’xshaydilar va o’z xulosalarini vaziyatga tatbiq eta biladilar”.
Zaki Validiyning kuzatishlari islomiyatdan keyingi davrni o’z ichiga olgan. Ziyo Ko’k Alpning “Turkchilik asoslari” kitobidan islomgacha bo’lgan milliy xususiyatlarimiz yaxshi berilgan. Uningcha, qadim yunonlar haykaltoroshlikda, rimliylar hududda, yahud va arab dinda, fransuzlar adabiyotda, anglo-sakslar iqtisodda, olmonlar musiqa va falsafada shuxrat topgan bo’lsalar, turklar go’zal xulqlari bilan dovruq qozonganlar.
Ular uchun eng muqaddas narsa el, yurt bo’lgan. El-Ko’ktangrining yerdagi soyasi. U ishq kechasi bir oltin shu’la bo’lib, yer yuziga eng go’zal daraxtga tushgan. Daraxt Ko’ktangridan xomilador bo’lib, undan el to’ragan (tarqalgan). Yurt mana shu el yashaydigan makondir. Ikkinchidan, El-omonlik degani. Elchi –suluxchi, tinchlikni so’rab boruvchi, olib boruvchi degani. Qadimda turk xoqonlari boshqa yurtlarni zabt etganlarida hukumronlikni egalarida qoldirib, o’zlari Elxon nomi bilan ularni boshqarganlar.
Xunnlarning ilk Elxoni Metixon Xitoyni ikki marta zabt etib, imperatorligini qabul qalmaganini rivoyatlarda keltiradilar.
Mamlakat ahlini “ich el”, xorijni “chet el” atashning o’ziyoq sulhparvarlikka timsol edi.
El-yurt ideali Vatan va Millat mustaqilligini ta’min etuvchi asosiy omillardan bo’lgan.
Oila axloqiga alohida e’tibor berilgan. Uylanmak – uy egasi bo’lmoqdir. Kelin-kiyovga yangi uy qurib berish shart bo’lgan. Ayollar davlat, xo’jalik, oila ishlarida baravar ishtirok etganlar. “Qadim xalqlar orasida hech biri turklar singari ayollarga bu qadar katta huquqlar bermagan va e’tibor qaratmagan edi”, -deb yozadi Ziyo Ko’k Alp...
Mana shu xil asliy xususiyatlarimizni anglash va anglatishda ziyolilar zimmasiga juda katta masuliyat yuklatilgan edi.
Tarix shunchaki xabardor bo’lish uchun o’rganib qoyilmaydi. U oyna, ibrat, tarbiya vositasi bo’lmog’i kerak edi. “Oqqan ariqqa suv oqadi” – ilgari suv yurgan ariqda suv oqadi, deydilar. Qonda bor narsani tiklash oson. Lekin ularni oldin bilmoq kerak, keyin qanday tiklash masalalarini oylash lozim.
Ikkinchidan, birgina tarix bilan cheklanib bo’lmasdi. Undan kelib chiqqan xolda zamon ehtiyojiga javob bermoq lozim edi.
Milliy mafkura konsepsiyasi millatning asliy xususiyatlaridan kelib chiqmog’i va uning tabiati, aqlu tafakkuri, extiyoj-zarurati, imkoniyati kabilarga mutanosib g’oyalar asosiga qurilmog’i lozim edi. Milliy ideallarimizni belgilash lozim edi. Unitilgan milliy qahramonlarimizni, fan dohiylari, din dohiylari xarb dohiylarini, mashhuri jahon shoirlarimiz, ijodkorlarimizni tanish va tanitish kerak edi... Ular millatga xos aqlu zakoni, sabru toqatni, g’ayrat-shijoatni, zavq-shavqni o’zlarida namoyon etgan edilar.
Qadriyatlar (din – diyonat, urf-udum, marosimlar), tarix va tarixiy shaxslar. Ular ko’targan adolat bayrog’i millatni bir va bor qiladigan asosiy omillar edi.



Download 401 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish