I bob. Jadidchilik harakati


II bob. Jadidlarning diniy-marifiy sohadagi faoliyatlari



Download 47,52 Kb.
bet3/4
Sana27.06.2022
Hajmi47,52 Kb.
#710111
1   2   3   4
Bog'liq
Parpiyev Abubakir

II bob. Jadidlarning diniy-marifiy sohadagi faoliyatlari
2.1 XIX asr oxiri XX asr boshlarida diniy vaziyat
Bu davrda turkiston o’lkasida xali Buxoro, Xiva kabi davlatlar tugatilmagan Qo’qon davlati esa tugatilib o’rniga Tukiston general gubernatorligi tuzilgan edi. Buxoroning so‘nggi amiri Sayyid Amir Olimxonning 1927 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, XX asr boshiga kelib “Buxoro mamlakati Amudaryoning sharqiy sohillaridan, ya’ni, Rossiya Pomiridan to Xivaning keng davlatlarigacha cho‘zilib boradi. Buxoro shimol tarafdan Qizilqum sahrosi bilan, g‘arb tarafdan Sirdaryo hamda Xo‘qand xonligi bilan, janubda esa Afg‘oniston, Sharqda turkman o‘lkasi hamda Xiva dashti bilan chegaradosh ”3
Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida, davlat boshqaruvidaharbiyma’muriy vadin peshvolariningtutgan o’rni ham o’ziga xos bo’lgan.
Buxoro amirligida din vakillari juda ko’p bo’dgan va ular ta’sirli kuchga ega bo’lishgan. Din vakillari aksariyat hollarda imtiyozli guruxlardan–sayyid va xo’jalardan tashkil topgan edi.
Amirlikdagi yuqori diniy amaldorlardan biri hisoblangan shayxulislom XVII– XVIII asrlarda davlatda eng oliy toifali din vakili hisoblangan. Ammo biz ko’rib chiqayotgan davrda uning vazifalari ancha torayib, asosan, arzlar va Payg’ambar hamda uning xalifalari bilan bog’liq muammolarga bag’ishlangan masalalarni ko’rib chiqishdan iborat bo’lib qolgan.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida shayxulislom o’rnini qozi kalon egallaydi.
Amir huzuridagi kengashda din vakillaridan qozikalon, shayxulislom, naqib va rais (muhtasib) qatnashgan.
Buxoro amirligi tarixi, davlat tuzumi to’g’risida tadqiqot olib borishgan ko’p olimlar diniy unvonlar to’g’risida tuxtalishganda ba’zan muftiy, qozi va boshqalarni ham ko’rsatib o’tishgan. Aslida bu noto’g’ri. Boshqacha qilib aytganda, ular unvon bilan amalni chalkashtirib yuborishgan.
Aslida esa Buxoro amirligida rasman uchta diniy unvon: 1) o’roq, 2) sudur va 3) sadr mavjud bo’lgan.
Tarixiy ma’lumotlar shundan guvohlik beradiki, madrasani tugatgan shaxs mulla, qozi, rais amadparini egallashlari mumkin bo’lgan. Yuqoridagi amallarda bir necha yil ishlagandan so’ng, fiqh sohasida qo’lga kiritgan yutuqlari asosida unday shaxslarga dastlab o’roq, keyin sudur va so’ngra sadr unvonlari beriltan.
Eng oxirgi – yuqori diniy unvon sohibi bo’lgan shaxs qozi kaloi, muftiy a’lam, oxun kabi diniy amallarni egallashi mumkin bo’lgan.
Buxoro amirligida din vakillarining kuchi va ta’siri ancha salmoqli bo’lgan. Bu to’g’rida A. A. Semenov to’xtalib o’tib, «din vakillari ko’p holatlarda amirning u yoki bu qarorlariga o’z e’tirozlarini bildirib, ularni o’zgartirishga majbur qilganlar, bu esa amirni noqulay ahvolga solib qo’ygan» deb ko’rsatib o’tgan. Buxoro amirligida din vakillari sudni, odamlar xulqini, ta’limni nazorat qilib, uni boshqarishga mas’ul hisoblangan.
Buxorodagi barcha fuqaro sudi (mahkamasi) shariat bo’yicha boshqarilgan va bu boshqaruv «qozi»deb ataluvchi shaxslar qo’lida bo’lgan. Bosh qozi, ya’ni qozi kalon poytaxt bosh qozisi va ayni paytda amirlikdagi boshqa barcha qozilar boshlig’i hisoblangan. Amirlikda harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning shikoyatlarini shu masala bo’yicha shug’ullanuvchi maxsus amaldor, ya’ni qozi askar ko’rib chiqqan. Ushbu turdagi jinoyatlarga fatvo tayyorlash muftiy askar zimmasida bo’lgan.
Bundan ko’rinib turibdiki, amirlikdagi harbiylar va fuqarolik jinoyat ishlari alohida alohida mahkamalar tomonidan ko’rib chiqilgan. Buxoro amirligi boshqaruv tizimida o’ziga xos o’rinni «rais» egallagan. Ushbu amal yarim diniy, yarim tartibotchi usulida edi. Buxoro amirligida bosh rais odatda eshon rais yoki rais ushshariat deb atalgan. Bosh raisga barcha mahalliy raislar bo’ysungan. Bosh rais ularni amir oldida tekshiruvdan o’tkazib turgan.
XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Buxoro amirligida davlat shariat qonun qoidalari asosida boshqarilar edi. Buxoroda jadidlar ikki guruhga bo’linib ketgan edi bular: taraqqiyparvarlar va qadimchilar.
Yuqorida takidlab o’tganimizdek Qo’qon xonligi tugatilib o’rniga Turkiston general gubarnatorligi tashkil etilgan edi, xo’sh Turkistonda diniy vaziyat qanday edi?
Rossiya imperyasi Turkiston o’lkasini istilo qilgandan keyin mahalliy xalqlarni istibdodiga soluvchi qonun “Turkiston o’lkasini boshqarish xaqidagi Nizom”ni joriy etdi. Nizom o’lkada mahalliy axolining insoniy va siyosiy xuquqlarining rasman poymol etilishiga olib keldi.
Nizomga ko’ra, kichikmansabdorlar pristavdan tortib general-gubernatorgacha mahalliy axoliga nisbatan cheklanmagan jazo choralarini qo’llash mumkin bo’lgan. Rus axoliga berilgan imtiyozlar musulmonlarga tegishli bo’lmagan. “Musulmon axolini kuchaytirmaslik uchun ularni imtiyozlardan mahrum etishga urindilar”-deyilgan edi bir rasmiy xujjatda.
Turkistondagii milliy-ozodlik xarakatini yuzaga keltirgan asosiy sabab bo’lganligini yozgan. “Barcha ruslar- deb aytgan edi G.Safarov –Turkistonning tub axolisi odamlar emas, balki ursa, talasa, zo’rlasa mumkin bo’lgan ish xayvonlaridir, degan ruhda yashagan va tarbiyalangan”4
Chorizm mahalliy xalqning urf-odatlarini, islom dinini xam toptashdan toymadi. Zamondoshlarining yozishicha “Tarixi milodiyning 1895 yillarida chor xukumatining zolim generallari Turkiston o’lkasida qo’yilg’on “misssioner” ya’ni din buzuvchi Ostoroumovlarning taklaiflari bo’yicha, Turkiston o’lkasining xalqini ko’r kabi istibdod qorong’usida qoldirdirmoqning maslaxatida “Руский туземний” maktabalr ochmoqqa kirishdilar. Madras vaqflarini boni, vaqf qiluvchi vaqf larning avlodlariga buyurib berib, sotib yemoqlariga farmoyish qilib musulmonlarning juma namozlarida podshoni nomini {xutba} qo’yib o’qimoqni, “Qur’on”ning “va-l-mushrikin” degan joylaridan “mushrik” iboralarini chiqarmoq kabi bexuda amr qildilar
Musulmonlarninihoyat ezib qisib xatto ko’chadan pristuf o’tib qolsa, yo beixtiyor ko’rmay qolg’on va o’rnidan turmagan musulmonlar bo’lsa qaytib kelib urib, kamar edilar.

.

2.2 Jadid namayondalarining usuli jadid maktablar


Jadidlarning niyati xolis edi. Jadidlar olg‘a surgan g‘oyalarida ham, olib borgan faoliyati davomida ham biror bir mamlakatga tajavvuz qilish, hatto o‘zga davlat ishiga aralashish hollarini uchratmaymiz. Yani jadidlar marifatparvarlari o‘zlari istaganidek, “... Biz musulmonlar, xususan, Turkiston musulmonlari, istaymizki, hech bir kishi bizning din va millatimizga zulm tahdid qilmasun va bizni ham boshqalarga tahdid qilmoqqa aslo fikr va niyatimiz yo‘q”.
Ma’rifatparlar o’z diniy qarashlarini ko’proq matbuot yoki asarlar chop etish yordamida bildirishga harakat qilganlar bularga misol tariqasida quydagilarni keltirishimiz mumkin.
Muxtasar islom tarixlari va Abdulla avloniy asari.Millatning ma’rifati uchun kurashgan jadidchi ziyolilar o‘z faoliyatini yangi o‘qitish tizimiga asoslangan “usuli jadida” maktablari ochishdan boshlagan bo‘lsalar-da, bu tizim dastlabki yillari butun mamlakat bo‘ylab keng tarqalmagan, davlat ta’lim tizimi sifatida shakllanmagan edi. Shuning uchun ham Buxoro jadidchilari o‘z maktablari uchun o‘zbek va fors tillarida, Turkiston va boshqa o‘lkalardagi jadid maktablari uchun ham turli olimlar hamda o‘qituvchilar tomonidan mahalliy tillarda shu yo‘sinda darslik va qo‘llanmalar tuzilgani manbalardan ma’lum. Shunday ekan “usuli jadida”maktablari keng quloch otgan 1910 yillarda bir nomda bir necha qo‘llanmalar yaratilgani kabi bir necha «muxtasar islom tarixlari» chop qilindi. Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Muxtasar islom tarixi» risolasi (1913) o‘zbek tilida va Abdurauf Fitratning «Muxtasari ta’rixi islom» asari (1915) fors tilida chop qilingan edi. Shu kabi Munavvarqori Abdurashidxon va Shokir Sulaymonning ham qisqa islom tarix yaratganliklari xabar qilinadi. Ayni yillari Toshkentda ma’rifatparvar Abdulla Avloniy tomonidan yuqoridagi nomda risola e’lon qilindi. Uning mundarijasi Avloniyga qadar bu mavzuda bitilgan asarlardan jiddiy farq qilmasa-da, o‘qitish usuli jihatidan nisbatan to‘liq ma’lumot berishga mo‘ljallangan edi.

29. Nasabi sharif. Payg‘ambarimiz hazratlarining ismi shariflari Muhammaddur. Atolari Abdulloh binni Abdul Mutallib bin Hoshim bin Abdul Mannof bin Qusoy bin Kilob bin Murra bin Ka’b bin Luay bin G’olib bin Fihr bin Molik bin Nazr bin Kinona bin Huzayma bin Mudrik bin Ilyos bin Muzar bin Nizor bin Ma’d bin Adnondur. Bundin yuqoru bobolarining ismlari ochiq ma’lum bo‘lmasa ham, Ibrohim payg‘ambarning o‘g‘illari Ismoil alayhissalomga tutashuvlarinda ulamolar arosinda xilof yo‘qdur.


Anolari Banu Zuhra qabilasining ulug‘larindin Vahhob bin Abdul Mannof bin Zuhra bin Kelob bin Murra qizi Amina edilar. Ikki tarafdin ham Faxri olam afandimiz arab qavmi arosinda asl nasab o‘lmoq ila mashhur Quraysh qabilasindin Hoshim urug‘indin, ato va anolari musulmonlar o‘lub, o‘z zamonalarining shar’iy nikohlari ila qo‘shulub, buzuq ishlardin pok edilar. Nikohlanish vaqtlarinda atolari Abdulloh hazratlari 18 yoshda, anolari Amina janoblari 14 yoshda edilar. Atolari safarda yurganlarida kasal bo‘lub, Madina shahrinda 25 yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Madinadadur. Shul vaqt Faxri olam afandimiz ikki yoki sakkiz oylik homila edilar.
30. Mavludi sharif. Payg‘ambarimiz fil yilinda nayson ichinda rabbi ul-avval oyining o‘n ikkisinda dushanba kun tong vaqtinda Makka shahrinda tug‘ulub, bobolari tarafindin Muhammad deb ismlandilar. Sallallohu alayhi vasallam tug‘ulgan vaqtlarinda anolarin dard tutmasdin, zahmat chekmasdin, sunnat qiling‘an, kindiklari kesilgan holda tug‘ildilar. Orqalarinda kabutarni tuxumidek bir alomat bor edi. Buni «muhri nubuvvat» deb atalur.
Shul kun bobolari Abdul Mutallib zo‘r ziyofat (aqiqa) qilub, ko‘b kishilarni siyladilar. Shul vaqt bir necha odatdin tashqari ishlar paydo bo‘ldi. Ka’badagi butlar yiqilub, yerga tushdi, Kisroning ayvoni tebranub, o‘n to‘rt manzari yiqildi, Fors viloyatinda otashparastlarning ming yildin beri yonub turgan o‘tlari o‘chdi, Sova ko‘li yerga botub, Samovoda suvlar toshdi. Bu alomatlar Faxri olam afandimizning tug‘ulishlarindin, dini islomning chiqishindin yer yuzindagi gumroh xalqlarni ogoh qilmak uchun Janobi Haq tarafindin berilmish bir xabar edi.
Rasululloh tug‘uladurg‘an kechasi ko‘b odamlar payg‘am-barimizni dunyoga keluvlarin tushlarinda ko‘rmishlar.5
Har bir mo‘min o‘zining yetti pushtini bilishi lozim sanalgani kabi har bir musulmon farzandi muqaddas tarix hisoblangan Islom tarixidan xabardor bo‘lishi kerak. Ana shu matlab sho‘rolar davriga qadar yurtimizdagi har bir maktab va madrasa uchun dasturi amal sanalgan. Shuning uchun ham madrasa tahsilining dastlabki yillaridanoq Payg‘ambarlik tarixi, Ibodati islomiya, Aqoyid kabi fanlarning o‘qitilishi joriy qilindi. Eski maktab va mumtoz madrasalardagi ushbu ta’lim tizimi jadid (yangi) maktablarida ham davom ettirildi. Natijada ibtidoiy maktablarning uchinchi va to‘rtinchi sinflarida «Muxtasar islom tarixi» alohida fan sifatida o‘qitila boshladi.
Fitrat risolasi o‘zbek tilida ikki marta qayta chop etilib (1992, 2004), izohlari bilan nashr etildi. Ushbu manba garchi to‘liq bo‘lmasa ham yosh o‘quvchilarga muqaddas tarixning eng yorqin sahifalarini ochiq ko‘rsatib beradi. Unda Saodat asri, xulafoi roshidin (asl xalifalar) va umaviylar hamda abbosiylar davrining asosiy voqealari zikr etilgan. Asar so‘zboshisida yozilganidek, bu risola «voqealarning aniq, jonli ifodasi, millatsevarlik ruhi tasvir qatiga singdirilgani va xolis yozilgani bilan farqlanadi (diniy istilohlarni qo‘llashda dabdabali usul va sun’iy iltifot sezilmaydi)» . Asar tarix taqsimidan boshlangan bo‘lib, umumiy va xususiy tarixni tasniflash bilan boshlanadi: «Islom tarixi ham xususiy tarix jumlasiga kiradi. Binobarin, Islom tarixi Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) dunyoga kelishlaridan va islom dinining dunyoga tarqalishidan bahs qilib, Islom olamining taraqqiyotini tushuntirib beradi. Islom tarixini bilish barcha musulmonlar uchun farzdir».
Professor N.Karimovning yozishicha “Samarqandlik jurnalistlar, yozuvchilar, teatr xodimlari va chor ma’murlari shahar komutatoridan 290 raqamli manzilni so‘rashlari bilan simning narigi tomonidan Behbudiy hazratlarining “Labbay” degan muborak ovozlari kelardi”. Ya’ni u o‘z uyiga birinchilardan bo‘lib, telefon o‘rnatib, undan unumli foydalandi. Garchi taraqqiyparvarlik harakatlari bilan tahdidlarga uchragan bo‘lsa-da, raqiblariga birida matbuot orqali, birida yuzma-yuz tarzda munosib javob bergan. Javoblarida muxoliflari shaxsiga mutlaqo til tegizmagan holda, diniy va dunyoviy bilimlardan xabardor chinakam ziyolilarga xos vazminlikni saqlay bilgan. “Behbudiy afandi shaxsiy dushmanliqni xohlamas va hech kimning shaxsig‘a va shaxsiy ishlarig‘a til yetkuzmas edi, – deb deb yozadi Hoji Muin. – O‘shandoq o‘zini takfir va tahqir etaturg‘on xasmlarig‘a-da qarshi yomon va haqoratomuz so‘zlar so‘ylamas edi. Balki shunday so‘zlarni eshitganda: “Zotan munday din va dunyodan xabarsiz kishilardan yaxshi so‘zlarda kutmak abasdur”, deb kular edi. “Munday takfirlarni yolg‘uz men ko‘rgan emas, balki o‘tgan ulamo va ulug‘ kishilar ham o‘z muosirlarindan shunday hujum va takfirlarni ko‘rganlar”, deb o‘zig‘a tasalli berar edi. Behbudiy afandida yana bir xususiyat bor ediki, xasm va dushmanlari aning ketindan har qancha haqorat etsalar-da, aning huzurig‘a o‘tirg‘onda hech bir behuda so‘z ayta olmasdan, anga tamliq va madora etarg‘a majbur bo‘lalar edi. Behbudiy afandi har vaqt o‘zining shaxsig‘a tegib so‘ylayturg‘on xasmlarig‘a: “Ajabo! Bular na uchun maning shaxsimg‘a til yetkuzalar? Men o‘zim yaxshimi-yomonmi har na bo‘lsa-da, o‘z millatimg‘a zarar yetkuzmayman, balki xalqg‘a to‘la va faol foyda yetkuzmak uchun qo‘limdan kelgancha cholishaman”, deya edi”.
Hoji Muin shunday yozadi: “Bir vaqt (1908-yilda) “Tarjumon” gazetasining muharriri Ismoilbek afandi G‘aspirinskiy (25 yillik yubileysindan so‘ng) Samarqandg‘a kelganida Behbudiy afandi yig‘lag‘on holda ul zot ila quchoqlashib ko‘rushub, “Bu kun sizning huzuringizga kelib suhbatingizdan istifoda qilaturg‘on ziyolilarimiz yo‘q” dedi. Ismoilbek afandi anga javoban: “Behbudiy afandi! Yig‘lamang (majlisdagi kishilarga ishora qilib), mana bular ozmi? Yana sizlar tirishsangiz, oz bir fursatda millatg‘a kerakli ko‘b odamlar yetishdira olursiz”, dedi”. “Behbudiy afandi! Yig‘lamang…” Millat muhibiga bir taskin sifatida aytilgan bu so‘zlar aslida uning jonkuyar qalbiga, beg‘araz orzu-umidlarining ijobatiga ishora edi. Bu yig‘i nochor, zaif kishining ko‘z yoshi emas, balki buyuk qalb egasining o‘z millati taqdiri bilan bog‘liq ulkan qayg‘usi edi. Uning orzusi chinakam taraqqiyparvar, ma’rifatparvar insonlarni tarbiyalash edi. Shu boisdan ham atrofidagi yoshlarga qarata “Bizga ikki turli kishi kerak. Biri diniy ilm­larni falsafalari ila komil bilaturg‘on zotlar, ikkinchisi dunyoviy ilm ila hunarlarni yaxshi bilgan ziyolilar”, deya ta’kidlashdan charchamasdi.
Jadidchilik harakati davomida ularning o‘z matbuoti shakllandi. Jadidlar Toshkentda 1905–06 yillarda «Taraqqiy» (muharriri – Ismoil Obidiy), «Xurshid» (muharriri – Munavvarqori), 1907–08 yillarda «Shuhrat» (muharriri – Abdulla Avloniy), «Osiyo» (muharriri – Ahmadjon Bektemirov), «Tujjor» (muharriri – Saidkarimboy Saidazimboy o‘g‘li), 1913 yilda «Sadoyi Turkiston» (muharriri – Ubaydulla Xo‘jayev), 1917–18 yillarda «Najot» (muharriri – Munavvarqori), «Kengash» (muharrirlari – Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori), «Turon» (muharriri – Muhammad Amin Afandizoda, Abdulla Avloniy), «Ulug‘ Turkiston» (muharriri – Kabir Bakirov), «SHo‘roi Islom» (muharriri – Abdulla Battol), «Turk so‘zi» (muharriri – Temurbek Xudoyorxonov), «Turk eli» (tahrir hay’ati) kabi gazetalar va 1915 yil «Al-isloh» (muharriri – Abdurahmon Sodiq o‘g‘li) jurnalini nashr qilgan.
Musulmonlar ahvolini tushunishimiz kerak. Siyosiy o‘lim (milliy davlatni yo‘qotib, siyosiy xalq-huquqdan ayrilish-muxarrir) og‘ir, milliy o‘lim esa undan ham og‘irroqdir. Bizning hukmronligimizda ular (turkistonliklar) xuddi shunday ahvolga tushdilar. Shunday milliy manfaatlar borki, ular xalq och yoki to‘qligidan qat’i nazar, bir kunmas bir kun o‘zini namoyon etajak”.


Turkistonda ruslashtirish siyosatini amalga oshirish bilan ma’lum missionerlar guruhi muntazam ravishda ish olib boradi. N.Ostroumov, M.Miropiev, V.P.Nalivkin va boshqa ashaddiy shovinistlar mana shu guruhning eng ko‘zga ko‘ringanlari edilar. N.Ostroumov o‘z missionerlik vazifasiga ko‘ra, Turkistonda general-gubernatordan ham yuqori mavqega ega bo‘lgan. V.P.Nalivkin esa “Yarim yovvoyi osiyoliklarni hamisha qo‘rquv va vahima ichida qaltirab turishga majburlash kerak” degan “dasturilamal” ishlab chiqib, uni mustamlakachi ma’muriyatga ijro uchun taqdim etadi.


XX asr boshiga kelib millatni milliy o‘limdan saqlab qolish va istiqlolga olib chiqish uchun ma’rifat, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tarbiya asosiy omil, eng muhim ma’naviy qurol darajasiga ko‘tarildi. Buni esa jadidlar Vatan ozodligi yo‘lidagi kurash harakatining asosi deb bildilar. Ular musulmon mutaassibligiga qarama - qarshi ravishda diniy va dunyoviy ma’rifatparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdilar. Shariat qoidalari, ”Qur’oni karim”ni yaxshi bilganlari uchun ham din peshvolari orasidagi qoloqlikka, ”Taraqqiyot islomga zid” degan aqida va tushunchalarga qarshi kurashdilar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jadidchilikning paydo bo‘lishiga avvalo islomdagi diniy-dunyoviylikning, taraqqiyotparvarlik va ilm-fan, shariat amallarining o‘rni katta bo‘ldi.


Jadidlarning dadil yangilik yaratishi, dunyoviylikni targ‘ib etishi uchun Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning mana bu ikki hadisi - shariflari ma’naviy asos va kuch-quvvat bo‘ldi: ”Oxiratini deb dunyosini tark qilgan ham, dunyosini deb oxiratini tark qilgan ham sizlarning yaxshingiz emas...”, “Dinda o‘rtacha yo‘l tutinglar, o‘rtacha yo‘l tutinglar, o‘rtacha yo‘l tutinglar, chunki ushbu din amallarida kim og‘irlashtirib yuborsa uni amal yengib qo‘yadi”.


Xulosa shuki, birinchidan, jadidchilik islomdagi taraqqiyotparvarlik, ilm-fanga rag‘bat va dunyoviylikning yangi davrdagi ko‘rinishi sifatida paydo bo‘ldi. Jadidlar islomni har xil mutassiblik bidatlardan asrab rivojlantirdi. Ikkinchidan, jadidchilikni paydo bo‘lishi va rivojlanishiga Sharq va G‘arb mamlakatlarida rivojlangan quyidagi demokratik, milliy-ozodlik, islohotchilik harakatlarining ta’siri ham kuchli bo‘ldi:


1. Jamoliddin Afg‘oniy (1839-1897) va Muhammad Abdolar (1848-1903) asos solgan musulmon dunyosidagi islohotchilik va “nahda” (uyg‘onish) harakatlari.


2. XIX asrning 90-yillaridan boshlanib, 1905-1907 va 1917 yillarda katta g‘alabalarga erishgan rus sotsial demokratik va inqilobiy harakatlari.


3. Turkiyadagi aksilmonarxistik, konstitutsion demokratik, ijtimoiy-milliy uyg‘onish harakatlari: Tanzimot (1840-1860), Yosh usmonlilar (1865-yildan 80-yillargacha), Yosh Turklar (1889-1918) va 1908-1909 yillardagi demokratik-inqilobiy harakatlar.


4. Jadidchilik harakatining paydo bo‘lib, rivojlanishida qrimlik Ismoilbek Gaspiralining (1851-1914) hissasi behad katta bo‘ldi. U Qrimda XIX asrning 80-yillardayoq, Rossiya bosib olgan musulmon xalqlari orasida birinchi bo‘lib jadidchilikka asos soldi. Uning rus va turkiy tillarda chop etilgan “Tarjimon” (1883-1914) gazetasi, “Rossiya musulmonligi” (1881), “Ovrupa madaniyatiga bir nazar muvozini» “ (1885) va boshqa asarlari hamda jadid maktabi uchun yozgan darslik va qo‘llanmalari Turkistonga tez kirib keldi.


Xulosa
Jadidlarning niyati xolis edi. Jadidlar olg‘a surgan g‘oyalarida ham, olib borgan faoliyati davomida ham biror bir mamlakatga tajavvuz qilish, hatto o‘zga davlat ishiga aralashish hollarini uchratmaymiz. Yani jadidlar marifatparvarlari o‘zlari istaganidek, “... Biz musulmonlar, xususan, Turkiston musulmonlari, istaymizki, hech bir kishi bizning din va millatimizga zulm tahdid qilmasun va bizni ham boshqalarga tahdid qilmoqqa aslo fikr va niyatimiz yo‘q”.
Jadidchilik harakati, shu vaqtgacha islom dunyosida sira ham ko‘rinmagan ilg‘or va tezkor o‘qitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil topishidan boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal o‘qish va yozishni o‘zlashtiradi. Buning uchun esa qadim an’anaviy musulmon maktablarida 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Aytish mumkinki, “Savtiya” usulidagi jadid maktabi Vatanimiz tarixidagi buyuk kashfiyotlar silsilasini boyitdi.
Jadid maktabida diniy va dunyoviy ta’lim-tarbiya hamda ilm o‘zaro uyg‘unlashtirildi. Bolalar qulay partalarda o‘tirib, xarita va rasmlar yordamida tez savod chiqardi va diniy – dunyoviy ilmilarni o‘rgandi. Jadid maktablarida Qur’oni-karim, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi..


Download 47,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish