Q = f (K, L, M)
Q-maksimal ishlab chiqarish miqdori, K-kapital, L-mehnat, M-materiallar.
Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita omilga bog‘liq bo‘lsa, unda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Q = f (K, L)
Ishlab chiqarish funksiyasi faqat sarflangan mehnatga bog‘liq bo‘lsa, u holda, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Q = f ( L)
Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil – mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishniko‘rib chiqamiz. Masalan, mebel ishlab chiqarish sexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma’lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda.
Kapital sarfi
|
Mehnat sarfi, (soatlarda)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
30
|
50
|
60
|
70
|
80
|
2
|
40
|
65
|
80
|
85
|
100
|
3
|
60
|
80
|
100
|
110
|
115
|
4
|
65
|
85
|
110
|
115
|
120
|
5
|
80
|
100
|
120
|
125
|
130
|
Izokvanta – bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir.
Izokvanta – buyurtma berilgan ishlab chiqarish hajmini ta’minlab beruvchi ishlab chiqarish omillarining barchasining yalpi kombinatsiyasini ko‘rsatadi.
Izokvanta kartasio‘zida firmaga mos keladigan ishlab chiqarish hajmini ta’minlab beruvchi texnologik mumkin bo‘lgan yalpi resurslar kombinatsiyasini mujassam etadi.
Izokosta
7-rasm. IQ – Izokvantalar va Izokosta chizig‘i
Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko‘pligini ko‘rsatadi.
Izokosta chizig‘i – bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo‘lib, u umumiy qiymati bir xil bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o‘z ichiga oladi.
1.2.Firmaning qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
davrdagi faoliyati
Firma tomonidan ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi: doimiy va o‘zgaruvchan.
Doimiy resurslar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan va ko‘rib o‘tilayotgan davr mobaynida o‘zgarmas holatda qoladigan resurslardir. Ularga ishlab chiqarish maydonlari (bino yoki inshoat o‘lchami), yuqori malakali mutaxassislarning mehnati va o‘ziga xos bilimi misol bo‘la oladi.
Ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq resurslar o‘zgaruvchan resurslardir. Ularga misol qilib elektroenergiya, xom-ashyo va materiallar, transport xizmatlari, ishchilar va muhandis-texniklarning mehnatini keltirish mumkin.
Ishlab chiqarish omillarini doimiy va o‘zgaruvchanlarga bo‘lish firma faoliyatini qisqa va uzoq muddatli davrlarga ajratishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |