3-rasm. 2020 yilda xususiy, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasining kengaytirish hisobidan yaratiladigan ish o‘rinlari soni20.
YAkka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq moliyaviy-iqtisodiy vositalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda qabul qilingan maxsus Farmonlariga muvofiq xususiy mulkchilikni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish va investitsiya iqlimi va tadbirkorlik muhitini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
2020 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqa kichik biznes sub’ektlari uchun kreditlashning yuqori darajasi saqlanib qoladi – tijorat banklari tomonidan ushbu maqsadlarga 13,2 trln. so‘m mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari asosan ishchi kuchi bozorida keskinlik mavjud bo‘lgan olis qishloq hududlarida ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Uchinchidan, uy mehnatining, eng avvalo, korxonalar bilan mehnat shartnomalariga asoslangan kasanachilik mehnati, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida band bo‘lmagan 142,9 ming nafar fuqarolarni, asosan xotin-qizlar, nogironlar va aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj boshqa toifalarini, shuningdek qaytib kelayotgan mehnat migrantlarining ish bilan ta’minlanish imkoniyati yaratiladi.
Oilaviy tadbirkorlik sharoitida, boshqa faoliyat shaklida to‘g‘ri kelmaydigan ishchi kuchining o‘zgaruvchanligi va mehnat taqsimoti muhim hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, aholining boshqa sharoitda ishsiz qoladigan toifalari – yosh bolali ayollar va ishchi kuchi bozorida raqobatga bardosh bera olmaydigan boshqa shaxslarni ushbu yo‘nalishdagi ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi.
Kasanachilik ish o‘rinlari an’anaviy hunarmandchilik markazlari hisoblanadigan mintaqalarda – Farg‘ona (23,5 mingta), Qashqadaryo (21,4 mingta), Buxoro (14,0 mingta), Toshkent (13,3 mingta), Samarqand (11,1 mingta), Xorazm (9,1 mingta), Andijon (7,4 mingta), Namangan (7,1 mingta) viloyatlarida, shu jumladan Buxoro, Qarshi, Namangan, Samarqand, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlarida, Amudaryo, To‘rtko‘l, Asaka, Paxtaobod, SHaxrixon, Vobkeng, G‘ijduvon, Jondor, Nurota, Qiziltepa, Kosonsoy, Uychi, CHortoq, CHust, SHaxrisabz, Kitob, CHiroqchi, Urgut, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Rishton, Xovos, Xiva, Xazorasp va boshqa tumanlarda ko‘plab tashkil etiladi.
To‘rtinchidan, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirish natijasida 114,6 ming kishi, asosan Samarqand (11,6 ming), Xorazm (8,4 ming), Buxoro (9,7 ming), Farg‘ona (7,6 ming), Surxondaryo (11,4 ming), Qashqadaryo(8,6 ming), Toshkent (8,7 ming) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (6,6 ming) ish bilan ta’minlanadi.
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga aholini, birinchi navbatda, qishloq aholisining bandligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-son Farmoniga muvofiq ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi mahsulotlari etishtirishni maqbullashtirish, yagona er solig‘i to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar berish va fermer ho‘jaliklarini kreditlash choralari muhim rol o‘ynaydi.
SHuningdek, dasturda olis va tog‘li hududlarda tayyorlangan milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotuvini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish, asalarichilikni, ayniqsa ekoturizmni yanada rivojlantirish orqali 10,0 mingdan ortiq ish o‘rinlarini yaratish belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |