I-bob iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish sharoitida ishlab chiqarishni boshqarishning nazariy asoslari


To„lov qobiliyati koeffitsiyenti (Kt.q.)



Download 183,5 Kb.
bet7/13
Sana19.02.2022
Hajmi183,5 Kb.
#458656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI VA UNING AHAMIYATI

To„lov qobiliyati koeffitsiyenti (Kt.q.) korxonaning debitorlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilish hamda tayyor mahsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baholanadigan to’liq imkoniyatlarini ko’rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi: Ktq=A2- M odq / P2- Iqk
Bu yerda: A2 – aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va hokazolar); P2 – majburiyatlar
(qisqa muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet oldidagi qarzlar, kreditorlik qarzlari va hokazo); Mo’.d.q. – muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlari; Iqk – uzoq muddatli qarz va kreditlar.
Xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsiyenti (Kx.q.m.) ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan holda, pul mablag’lari bilan ta‘minlanganlik darajasini aniqlaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Kxqm= P1/P2- Iqk
Bu yerda: P1 – xususiy mablag’lar manbalari (Nizom jamg’armasi, qo’shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va hokazo). Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti (Kmm) korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko’payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma‘lumot beradi hamda korxona o’z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Kmm= P1/ IB.
Bu yerda: IB — korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni. Xususiy aylanma mablag’lar bilan ta‘minlanganlik koeffitsiyenti (Kx.a.m) korxonaning barqaror ishlab chiqarish- xo’jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan aylanma vositalar mavjudligini tavsiflaydi. Shuningdek u, korxona egalari va kreditorlar manfaatlaridagi munosabatlarni ham aks ettiradi. Mazkur koeffitsiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi:
K xam=P1- A1/ A2
Bu yerda: A1 – uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, nomoddiy aktivlar va hokazo).
Ko’rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning to’lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi o’lchamlar belgilab berilgan. Masalan, to’lov qobiliyati koeffitsiyenti hamda xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsiyenti 2 dan kichik bo’lsa (Kt.q<2; Kx.q.m<2), moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti 0, 5 dan kichik bo’lsa (Kmm<0,5), xususiy aylanma mablag’lar bilan ta‘- minlanganlik koeffitsiyenti 0, 1 dan kichik bo’lsa (Kxam<0,1) korxonalar nochor deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo’jalik faoliyatining samarasizligi to’g’risidagi yakuniy qaror, nochorlik o’lchamlarining umumiy summasi 4,6 dan kichik bo’lgan holda qabul qilinadi.
Xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo’lib, buning hamma uchun to’g’ri keluvchi yagona yo’li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani echishda o’z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shartsharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi. Shartli misol keltirib o’tamiz. Aytaylik, korxonaning 10mln. so’m miqdorida mablag’i bo’lib, bu mablag’larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash mo’ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, korxona 10 mln. so’m sarf qilganda qo’shimcha 11 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqaradi, ya‘ni foyda 1 mln. so’mni yoki qo’shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi. Agar korxona ushbu mablag’ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo’yganida, foizlar uchun 1, 2 mln. so’m foyda olgan bo’lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0, 2 mln. so’m miqdoridagi qo’ldan chiqarib yuborilgan foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya‘ni eng ko’p foydaga ega bo’lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma‘lum bo’lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi.

Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish