Xalqaro ilmiy-texnikaviy axborot almashinuvi
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………..
I.BOB
1.1
1.2
II.BOB
2.1
2.2
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Xalqaro galabalshuv davrida axborot va texnika texnologiyani rivojlantrish maqsadida yurtimizda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosati Konsepsiyasi axborot sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirishning maqsad, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari va mexanizmlarini belgilovchi fikrlarning yagona va yaxlit tizimi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi milliy manfaatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan, shaxsiy hayotining himoyasidan qat'iy nazar inson va fuqaroning axborot olishga va undan foydalanishga konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish va ta'minlash;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, fuqarolik jamiyati va davlatning hamjihatlikda ishlash mexanizmlarini, huquqiy demokratik va kuchli ijtimoiy fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun axborot bo‘yicha ko‘maklashishni ta'minlash;
davlat, jamiyat va fuqaro manfaatlaridan kelib chiqqan holda, mamlakatning infrastrukturasi, telekommunikatsiya tizimini va axborot xavfsizligini mustahkam va uzluksiz ravishda ta'minlash;
ekstremistik va terroristik tashkilotlarning, shuningdek boshqa buzg‘unchi kuchlarning aholi ongiga va xatti-harakatiga, ayniqsa yoshlarga ta'sir ko‘rsatadigan salbiy axborot va g‘oyasiga qarshi turish va ogohlantirish;
bolalarni ularning ruhiyatini jarohatlovchi buzg‘unchi axborot xurujlaridan himoya qilish, bolalarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi jinoyatlarni aks ettiruvchi xatti-harakatlarni sodir etishga undovchi axborotlarni tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
milliy axborot tizimini rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta'minlash, jamiyatning ma'naviy-axloqiy, madaniy va demokratik qadriyatlarini mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash uchun sharoit yaratish, vatanparvarlik, intellektual, ilmiy-ta'limiy rivojlanish va shaxs va jamiyatning o‘z-o‘zini anglash maqsadida davlatning yagona axborot makonini shakllantirish;
aholi, ayniqsa, yoshlar orasida axborotdan foydalanish madaniyatini oshirish, qidiruv, tanlash, tahlil qilish, qayta ishlash va kerakli ma'lumotlarni tarqatish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
axborot himoyasi va axborot xavfsizligi sohasida xizmat ko‘rsatish, axborot xavfsizligini ta'minlovchi vositalarni ishlab chiqarish va qo‘llash uchun xodimlar, ilmiy va ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish;
davlat siyosatining barcha sohalarida axborot ta'minoti, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati haqida O‘zbekiston Respublikasining aholisiga va xalqaro jamoatchilikka to‘g‘ri va xolis axborot yetkazib berish, O‘zbekiston Respublikasining siyosati, mamlakatning ijobiy qiyofasini (imijini) shakllantirish va xalqaro maydonda uning nufuzini mustahkamlash;
O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini va konstitutsiyaviy tuzumini zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish, zo‘ravonlikni targ‘ib qilish mazmunidagi, shuningdek millatchilik, irqchilik, etnik va diniy dushmanlikni qo‘zg‘atuvchi axborotlarni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi kurashish;
jamiyatda millatlararo, konfessiyalararo va fuqarolararo totuvlikni mustahkamlashda milliy axborot manbalarining rolini oshirish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi cheklangan axborotni qonun hujjatlariga muvofiq axborot makonida himoya qilish;
milliy manfaatlarni, teng huquqli ishtirok etish tamoyilini, madaniy va ma'naviy-axloqiy mustaqillikni saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi milliy axborot makonini xalqaro axborot almashinuvi uchun jahon axborot hamjamiyatiga integratsiyasini ta'minlash.
Davlat, jamiyat va fuqarolarning manfaatlariga javob beradigan, jamiyat va davlat o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadigan, davlatning axborot xavfsizligini ta'minlaydigan, O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar rivojlantirish vazifalarini samarali hal etishda va istiqbolda O‘zbekistonda demokratik axborot jamiyati shakllanishiga imkon beradigan, respublikaning jahon axborot hamjamiyatiga kirishida ko‘maklashadigan mamlakatning yagona axborot makonini yaratish davlat axborot siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Belgilangan maqsadga erishish doirasida asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
fuqarolarning so‘z erkinligiga va axborot olishga bo‘lgan konstitutssiyaviy huquqlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini, xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslarini O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar rivojlanishi to‘g‘risida xolis axborot bilan ta'minlash;
milliy ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, ular uchun media bozorida teng sharoitlar yaratish, jurnalistlar va blogerlarning huquqlarini himoya qilish, milliy axborot resurslarining miqdori va ulardan samarali foydalanishni oshirish, ularga to‘siqsiz kirishni ta'minlash, qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, O‘zbekistonning axborot sohasida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot xizmatlarining imkoniyatlari va salohiyatini oshirish, ularning ochiqligi darajasini oshirish, ommaviy axborot vositalari va boshqalar bilan hamkorlik qilish orqali fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan yangi imkoniyatlar va usullardan foydalanish, fuqarolarning, jamiyat va davlatning axborot ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot taqdim etish va hk belgilab berildi
Kurs ishining tarkibiy qismi: Kirish 2 ta bob 4 ta reja xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati betdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |