I bob. I geterosiklik birikmalar haqida tushuncha



Download 2,33 Mb.
bet1/7
Sana10.12.2022
Hajmi2,33 Mb.
#883004
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PIRROL



Mundarija
KIRISH……………………………………………………………………….….2
I.BOB. I.1. Geterosiklik birikmalar haqida tushuncha…………………..……..9
I.2. Besh azoli geterosiklik birikmalar haqida ma’lumot…………….11
II.BOB. ASOSIY QISM
II.1. Pirrol haqida ma’lumot…………………………………………..13
II.2. Pirrolning kimyoviy xossalari……..……………….…………….21
II.3. Pirrolning amaliy ahamiyati……………………………………...34 Xulosa…………………………………………….………..………………..…36
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….….38
KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishning uchinchi bosqichi ham aynan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtrokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga bag’ishlangan. Bundan ko’rinib turibdiki mamlakat rivoji iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda har qanday davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va kuch-qudrati kimyo sanoatining, jumladan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish sanoati va neft kimyosi rivojlanish darajasi bilan baholanadi. Chunki mazkur sohalar neftni, tabiiy gazni, toshko’mirni qayta ishlash, sintetik kauchuk, polimer materiallar, bo’yoq moddalar, dori-darmonlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan moddalar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.


Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borililishi yo’lga qo’yilgan.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:
1. Har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish;
2. Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
3. Yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
4. Pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish;
5. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish;
6. Oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;
7. Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.
Yurtimizning kimyo sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirish kelajak avlodning qo’lida, kelajak avlodning ta’lim va tarbiyasi esa biz o’qituvchilarning zimmasidagi eng buyuk vazifadir. “Sanoatda sulfat kislotani ishlab chiqarish va uni muhofaza qilish” mavzusi o’quvchilarga dogmatik ta’lim metodi bilan emas, balki evristik o’qitish metodidan va zamonaviy pedogodik texnologiyalardan foydalangan holda o’qitishni tashkil etish lozim. Shunda o’quvchilar mavzuga doir bilimlarni oson va ixtiyoriy tarzda o’zlashtirib oladilar. Bu esa, kelajakda keng dunyoqarashli kelajak avlodni yetishtirishga turtki bo’ladi.
Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur. Shuningdek, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog‘liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida: 1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi o‘rinlarda — tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish; respublika tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish; tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o‘qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish; ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish; oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish. O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har bir sohada zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Bugungi kunda jahon miqyosida ta’lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash jarayonlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o‘quv loyihalari negizida ishlab chiqilib, mamlakatlarning milliy kasbiy malaka talablarini xalqaro andozalarga moslashtirish asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlarda ilg‘or pedagogik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi University of the West of England (Angliya), Curtin University (Avstraliya), Emily Carr University of Art and Design (Kanada), Art Center Colleje of Design (AQSH) kabi nufuzli ta’lim muassasalarida kasb-hunar ta’limi mazmunini modernizatsiyalash ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jahon andozalariga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ko‘p jihatdan ta’limning barqaror rivojlanishiga hamda uni ta’minlovchi pedagog kadrlarni tayyorlash bilan bog‘liqdir. O‘z navbatida bu o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar talabi asosida tashkil qilish orqali amalga oshirilishini taqozo qiladi. Bu esa ta’lim jarayonini bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olgan holda tashkil etish, unga tegishli o‘qitish texnologiyalarni joriy qilish, ta’lim mazmunini doimiy ravishda yangilab borishga qaratilgan uslubiy ta’minotni takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda yurtimizda uzluksiz ta’lim tizimini jahon talablari asosida takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga olib chiqish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda ham ushbu yo‘nalishning davomi sifatida barcha sohalari qatori ilm-fan, san’at, adabiyot, ma’rifatga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida belgilangan “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” vazifalarini amalga oshirishda ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish..., 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarida ta’limni innovatsion texnologiyalari asosida rivojlantirish, yangi paradigmalarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlari orqali o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish hamda didaktik vositalarning integrativ imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish ko‘zda tutilmoqda. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini davlat ta’lim standartiga mos ravishda, innovatsion ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish o‘qituvchilardan yuqori malakani talab qiladi. Ishlab chiqarish texnologiyalarining yangilanayotganligi, fan kashfiyotlari va texnikani bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib borishi mutaxassis kadrlardan o‘z bilimlarini mustaqil va muntazam ravishda chuqurlashtirib, yangilab, to‘ldirib va kengaytirib borishni talab etadi. Kimyo fanini ham oliy va o`rta maxsus va xalq ta`limida ham alohida yondashuv bilan interfaol va zamonaviy texnolagiyalar asosida o`rganish zamon talabiga aylanib ulgurdi.[1]

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish