I-bob. I- bob. Talabalar bilimlarini reytingnazorati



Download 90,02 Kb.
bet2/12
Sana19.02.2022
Hajmi90,02 Kb.
#458307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi

Umumiy metodika maktabda olib boriladigan barcha ta`lim –tarbiya ishlariga, xususiy metodika esa u yoki bu o’quv predmetiga nisbatan qo’llaniladi. Metodika, ko’pinch pedagogika, psixologiya va san`atshunoslik, estetika sohasidagi nazariy xulosalarga tayanib ish ko’radi.
Pedagogik nazariyada uch xil metod bo’lib, asosan nutqiy, namoyish etish va amaliy ishdan iboratdir. Bu metodlar o’z o’rnida mayda metodlarga bo’linadi. Masaalan, nutqiy metod hikoya qilish, tushuntirish, suhbat, kitob bilan ishlash va boshqalar shu kabi metodlardan tashkil topadi.
Ko’rgazmali metod esa kuzatish namoyish etish kabilardan, amaliy ish esa mashq, rasm ishlash, ijodiy ish, o’yin kabi metodlarga bo’linadi.
O’qituvchilar faoliyatida “uslub” degan so’z ham ishlatiladi. “O’qitish uslubi” deb biz o’qitish metodlarining ayrim qirralarini tushunamiz. “O’qitish uslublaridan” o’qitish metodi tashkil topadi.
Masalan , “namoyish etish” metodi asosida o’qituvchi mashg’ulot o’tkazganda, u ekranga san`at asarining tasvirini texnika vositasi orqali tushiradi. Bu jarayonda oqituvchi suratdagi biron shaklni yirik qilib ko’rsatishi usul hisoblanadi. Shu o’rinda ekrandagi surat tasviri yuzasidan savol-javob o’tkazilganda ham bu yuqoridagi usulning davomi hisoblanadi.
O’qituvchi o’qitish metodlariga asoslanib ish yuritganda u rangshunoslik, perspektiva, yorug’soya, kompozitsiya qonunlari va ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shuni hisobga olish lozimki, tasviriy san`atning u yoki bu turininig nazariy asoslarini o’rgatganda yoki tasviriy san`atning u yoki bu faoliyat turini o’qitganda o’qituvchi bir xil metodlardan foydalanishi mumkin emas.
O’qitish metodikasining tarixi juda uzoqlarga ya`ni kishilar qachon bir-biriga rasm chizishni o’rgata boshlagan paytlariga borib taqaladi. U kishilik jamiyatining taraqqiyoti davrida takomillashib brogan, davr o’tishi bilan o’qituvchilar, olimlar uning yangidan-yangi qirralarini ochganlar va mutaxasislar orasida tarqalgan.
Shuni ham qayd qilish lozimki, shakllangan har bir metod shaklan bir xil bo’lsa-da, uni bir o’qituvchi, ikkinchi o’qituvchidan o’rganib, shundayligicha qullayvermaydi. Uni har bir o’qituvchi o’z maktabidagi moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar, bolalarning bilim va malakalarining saviyasi, dars mavzusi uning o’ziga xos xususiyatlari va boshqa o’qituvchi qo’llayotgan va yaxshi samara berayotgan bir metod boshqa o’qituvchi faoliyatida yaxshi samara bermasligi ham mumkin.
Shuning uchun qo’llashga mo’ljallangan har bir metod pedagogic faoliyat davomida tajriba sinovdan o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Sinov bir marta emas, bir necha marta o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bir sinfga mo’ljallangan bir metodika boshqa vaqtda yuqorida qayd qilinganidek, sharoitga qarab boshqa sinfda boshqacha natija berishi mumkin. Tanlangan va qo’llanib kelinayotgan har bir metod shaklan o’zgarmay qolsa ham, mazmunan o’zgarishi ham mumkin. O’qituvchining to’xtovsiz izlanishlari, tajribalari asosida uning yangidan-yangi qirralari ochilaveradi. Mutaxasislar orasida tasviriy san`atni o’qitish metodlariga turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh mutaxasislar o’qitish metodlari yagona tizim, yagona talablarga javob berishi lozim deb hisoblaydilar. Ularning fikrlariga qaraganda, har bir metod jamiyat taraqqiyoti davomida shakllanib bo’lgan, uni o’zgartirmasdan shundayligicha qo’llash lozim. Boshqa guruh mutaxasislarining fikrlariga qaraganda o’qitish metodining asosini har bir o’qituvchining shaxsiy ish tajribasi tashkil etishi kerak. Bizningcha masalaga bunday yondoshish to’g’ri emas. Ta`lim-tarbiya sohasida o’qitish metodlari qotib qolmaydi, u doimo taraqqiy etadi. Bunda o’qituvchining tajribasi albatta, katta rol o’ynaydi. Shunday ekan, pedagogic amaliyotda sinfdagi shart-sharoitlarni hisobga olib, shakllangan metodika asosida ham o’qituvchining shaxsiy tajribasi asosida ham foydalanaverish lozim.
O’qituvchi o’qitish metodikasini ish jarayonida o’z-o’zidan egallayvermaydi. U ish jarayonida izlanish, sinov ishlarini o’tkazish, ko’p adabiyotlar o’qishi, ilg’or tajribalarni o’rganishi hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishi asosida paydo bo’ladi. Shuningdek, u jamiyat taraqqiyoti davomida shakllangan o’qitish metodlarini tanqidiy nuqtai nazardan taxlil etishi va uni zamon ruhiga moslashtirgan holda qayta ishlashi asosida namayon bo’ladi.
Maktabda tasviriy san`at mashg`ulotlarining samaradorligini ko`p jihatdan o`quvchilar faoliyatini nazorat qilish hamda ularning ish natijalarini baholashga bog`liq . U o`z o`rnida birinchidan , o`qutuvchi faoliyatini faollashtirishga, ikkinchidan bolalar tomonidan DTS materiallarini puxta o`zlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, u bolalarning fanga bo`lgan qiziqishini oshirishga, ularning faoliyatlaridagi yutuq, kamchilik va nuqsonllarni aniqlashga ham samarali ta`sir ko`rsatadi. Oqibatda bolalarning tasviriy ishlari faollashdi.
Darsda o`quvchilarning tasviriy san`atga bo`lgan qiziqishining qo`llab –quvvatlanishi, past o`zlashtiruvchi bolalarning kamchiliklarini ko`rsatish va ularni tushuntirish , ularga yordam berish samaralidir. Lekin past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga past baholar quyish har doim ham yaxshi natijalar berevermasligini unutmaslik kerak. Baho bolalarning harakteri , ularning ruhiy jihatlari hisobga olinmasa , o`quvchilarning tasviriy va ijodiy faoliyatlari, qiziqishlari butunlay so`nishi mumkin.
Tasviriy san`atdan o`quvchilar faoliyatini o`z vqtida va muntazam nazorat qilib turish va baholash nihoyatda muhimdir. Chunki o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishga bolalar ancha vaqt va kuch sarflaydilar, ularni talablar darajasida va imkoniyatlariga yarasha bajarishga harakat qiladilar. Ular o`qituvchilarga yoqishni, yuqori baho olishni hoxlaydilar, topshiriq yuzasidan ko`p bilimlarga ega ekanliklarini ko`rsatmoqchi va maqtanmoqchi bo`ladilar. Bu kunni ular orziqib kutadilar. O`qtuvchi esa topshiriq berib, uni nazorat qilmasa, bolalarning topshiriqlarini bajarishga bo`lgan ixloslari asta- sekin qaytadi. Bora-bora ulartopshiriqlarni butunlay bajarmay qo’yadilar. Shunday ekan, O`qituvchi topshiriqlarni o’z vaqtida tekshirishi va uni sinf jurnalida qayt qilib turish lozim.
XVII-XIX asrlarda umumiy o’rta ta`lim maktablarida tasviriy san`atni o’qitish metodlarini takomillashtirishda chet el pedagoglaridan Jon Lokk, Jan Jak Russo, Iogani Genrix Pestalossi, Petr Shmedt, A. Sapojnikov, G. Gippius, N. Kramskoyla kata hissa qo’shgan bo’lsalar, XX asrda rud pedagog olimlaridan E.S. Kondaxchan, G.V.Lubinskaya, N.N.Rostavsev, V.S.Kuzen, O’zbekistonda tasviriy san`atni o’qitish metodikasini oyoqqa turg’izgan rassom pedagoglardan M. Nabiyev, B. Oripov, Q.Qosimov, B. Azimovlarning xizmatlari juda katta bo’ldi.

Download 90,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish