I-bob. I- bob. Talabalar bilimlarini reytingnazorati


Tasviriy va ijodiy ishlar



Download 90,02 Kb.
bet5/12
Sana14.12.2022
Hajmi90,02 Kb.
#885684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
I-bob. I- bob. Talabalar bilimlarini reytingnazorati (1)

2. Tasviriy va ijodiy ishlar. Nazoratning bu turida o’quvchilarning badiiy tafakkuri va qobiliyatlari, rivojlanish darajalari aniqlanadi. Bu ish ko’proq rangtasvir, dekorativ ishlar va haykaltaroshlik kompozitsiyalarni bajarishda qo’llaniladi.
3. Yozma (matnli) mustaqil ish. Mustaqil ishning bu turida o’quvchilar tomonidan olingan bilimlarni qanchalik o’zlashtirilganligi aniqlanadi. U bevosita tasviriy san`atning san`atshunoslik asoslari kursi bilan bog’liq bo’lib, unda oquvchilar chaynvord, krossvordlar yechadilar, viktorina savollariga javob qaytaradilar, tasviriy san`atdan insho va referatlatlat yozadilar.
4. Test sinovlari. Nazoratning bu turida o’quvchilar tomonidan tasviriy san`atning nazariy asoslari, maxsus atamalar, rassom, haykaltaroshlar va ularning asarlari, rassom va haykaltaroshning ish qurollari va ishlatadigan materiallari, rang nomlarini o’zlashtirish darajalari aniqlanadi. Testlardan foydalanish tasviriy san`at darslarining barcha turlari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.
5. Uy vazifasi. Uy vazifasi sinfda o’tilgan mavzu bilan bog’liq bo’lgan ijodiy ishlarni bajarish, naturaga qarab ranglama va qoralamalar ishlash, mashqlarni bajarish, sinfda tugallanmagan ishlarni tugatish, tevarak atrofni kuzatish, sinf ishiga doir adabiyotlar o’qish, muzer va ko’rgazmalarga borish, kelgusi darsga kerakli materiallar to’plash va ish qurollarini tayyorlash.
1.2. O’quvchilarni tasviriy san`atdan va malakalarga qo’yiladigan minemal talablar.

O’quvchilarni egallashlari lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar: oddiy qalam, mo’yqalam, stek, qaychi kabi ish qurollari bilan ishlay olishi; to’g’ri, og’ma va egri chiziqlar chizish; oddiy narsalarning shakli, ularni qalam mo’yqalam, stek bilan tasvirlay olish; berilgan o’lchovdagi chiziqni bir nechta teng bo’laklarga bo’lish; akvarel va guash bo’yog’idan, plastilin, loydan to’g’ri foydalanish; asosiy ranglarni aralashtirish orqali hosila ranglarni olish; suvrat va illyustratsiyalarda ifodalangan tabiat hodisalari va qush, hayvon va odamlarning harakatlarini tasvirlay olish; manzara janridagi suratlar haqida elementar fikr yuritish; loy bo’laklarini qo’shib hayvon shaklini hosil qilish; kerakli qog’oz yuzasini tekis ranglash; qog’ozlarni buklash orqali turli xil hayvon va qushlarning tasvirini hosil qilish; tabiatdagi narsalar tuzilishi, shakli, rangi o’lchovlaridagi go’zalliklarni idrok etish; barglar va rangli qog’ozlar bilan applikatsiya usulida tasvir ishlay olish.
O’quvchilar quyidagilarni bilishlari lozim: rangtasvirchi, haykaltarosh, zangori, jigarrang, axromatik va xromatik ranglar; manzara va turmush janrida ijod qiluvchi 3-4 rassomning ismi va familiyasi hamda ularning yaratgan asarlari; o’yinchoq haykal yasovchi 3-4 kulol usta va haykaltaroshlarning ismi va familiyasi hamda ularning asarlari; rasm mazmuni va kompozitsiyaga ko’ra qog’oz o’lchovi va holatini to’g’ri tanlash; odam, hayvon, qushlar, daraxtlarning tuzilishi, umumiy shakli, rangi, o’lchovlari haqida tasavvurga ega bo’lish; gul, barg, meva va sabzavotlarning, shuningdek, badiiy materiallardan applikatsiya ishlarida foydalanish; loy va plastilindan haykal ishlash; yilning turli fasllaridagi turli o’zgarishlarni, ko’rinish va o’zgarishlarni, xususiyatlarini bilish.
O’quvchilarning egallashlari lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar: rasmda predmet va o’simliklar, hashorat, qush va hayvonlarning xarakteri jihatlarini baholiqudrat tasvirlash; loydan dekorativ haykal ishlash; tabiiy va badiiy materiallar bilan ishlay olish; belgilangan qog’oz yuzasini tekis bo’yash; tabiat manzaralaridagi go’zallikni his etish va undan zavqlanish; buyoqlarni suvda eritib ayrim ranglarni kerakli och va to’q tuslarni oish hamda kerakli hajmda tayyorlash; rangli qog’ozlarni buklash orqali ayrin hayvon, qush va boshqalarni shakllarini hosil qilish; chizilgan narsalarning o’lchovi, rangi, shaklini birinchi sinfdagiga nisbatan aniqroq tasvirlash; applikatsiya bo’yicha kompozitsiyalarda qo’llaniladigan materiallar bilan ishlay olish.
O’quvchilarning egallashlari lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar: berilgan yuzani mo’yqalam bilar tekis bo’yash; haykaltaroshlik kompozitsiyasidagi obraz va narsalar o’rtasidagi bog’liqlikni tasvirlay olish; bir butun loy yoki plastilin bo’lagidan ortiqcha joylarni stek bilan olib tashlash orqali haykallar yasay olish; o’yinchoqlar sirtini guashda badiiy bezay olish; rasm ishlashda komponovka va formatni to’g’ri olish; tevarak – atrofdagi va san`at asarlaridagi (manzara, turmush) go’zalliklarini his etish; tavsiya etilgan ertak va hikoya mazmuniga rasm yoki haykal ishlash; naturadan rasm ishlaganda undagi narsalar tasvirini, shakl, rang o’lchov jihatdan aniqroq qilib tasvirlash; bo’yoqli mo’yqalamni qog’ozba tekkizib olish orqali turli shakllar hosil qilish; tevarak atrofdagi, ayniqsa tabiatdagi ajoyib va g’aroyib shakl va ranglarni osonlik bilan ko’rish va undan zavqlanish; tabiiy va badiiy materiallar bilan qiynalmasdan ishlay olish.
O’quvchilarning o’zlashtirishlari lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar: Narsa va hodisalarning fazoviy holatini rasmda tasvirlay olish; haykaltaroshlik ishlarida narsalar hajmi va shaklini to’g’ri belgilay olish; bola o’zi yasagan haykalni dekarativ jihatdan bezash; dekorativ mazmundagi kompozitsiyalarda asosiy va qiziqarli unsurlarni joy, o’lchov va rang jihatdan ajratib tasvirlash; 2-3 fegurali rangtasvir va haykaltaroshlik 3 kompozitsiyalarni yaratish; gorelef va barelef haykallar yasash; rasm, haykal, applikatsiyani qiynalmasdan ishlay olish; rangtasvir haykaltaroshlik asarlarini elementar tarzida tahlil qilish; kompozitsiyalarni uning simmetriya, assimetriya, muvozanat, planlik, retm kabi qonun va qoidalarga rioya qilib tasvirlash; applikatsiya ishlashda tasviriy va badiiy materiallardan bemalol foydalanish; tevarak-atrofni ko’zatish asosida olgan taasurotlarni so’zlab berish.
O`quvchilar o`zlashtirishlari lozim bo`lgan ko`nikma va malakalar: Tevarak – atrofni rang – barang shakllarga nihoyatda boy va go`zal ekanligini his etish, tasvirlangan predmetlarning shakli, tuzilishi, rang o`lchovlari, fazoviy holatini mustaqil tahlil qilish, tasviriy san’at asarlarini idrok etish va ularni oddiy tarzda tahlil qilish; har bir tasviriy san’at asarini uning qaysi tur va janrga xos ekanligini mustaqil aniqlay olish; 2-3 narsadan tashkil topgan natyurmortning o`ziga qarab rasmini ishlay olish; turli shakldagi narsalarni yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva qonunlari asosida tasvirlash; har bir rangning ko`pdan-ko`p va och-to`q tuslarini hosil qila olish; mavzu asosida rasm ishlash uchun qiziqarli mazmun tanlay olish; narsalarning o`ziga qarab uncha murakkab bo`lmagan qoralama va ranglamalar ishlash.
O`quvchilar 6-sinfda quyidagilarni bilishlari lozim:
Haykaltaroshlik – tasviriy san’atning bir turi. Haykaltaroshlik turlari (monumental, dastgohli, mayday plastika, real va dekorativ); haykaltarosh ishlatadigan asosiy ish qurollari va materiallari; haykaltaroshlik kompozitsiyasi va uning asosiy qonun va qoidalari; haykaltaroshlikni muhit va me’morchilik bilan bog`liqligi; haykaltaroshlik hajm va shakl; haykaltaroshlik janrlari (turmush, portret, tarixiy, batal, animal, afsonaviy); mashhur 8-10 haykaltaroshning ismi va familyasi hamda ularning asarlari.
Grafika – tasviriy san’atning bir turi; grafikada ishlatiladigan asosiy ish qurollari va materiallari; grafika turlari (dastgohli grafika, amaliy grafika, sanoat grafikasi); grafika texnikasi (gravyura, linogravyura, ksiografiya, litografiya, ofort, estamp); karikatura, plakat, gazeta – jurnal, etiketka, upakovka, marka, reklama. Kitob bezagi (zarxal harf, boshbezak, yakuniy bezak, zarvaraq, illuystratsiya); grafika kompozitsiyasining asosiy qonun va qoidalari; grafikada chiziq va rangning ahamiyati; grafika janrlari; grafikada ishlatiladigan 6-8 ta maxsus atamalar; grafikada rang, perspektiva yorug`soya qonunlaridan foydalanish.



Download 90,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish