I-bob. I- bob. Talabalar bilimlarini reytingnazorati


O’quvchilarning tasviriy san`atdan bilim va malakalarni nazorat qilish turlari



Download 90,02 Kb.
bet4/12
Sana14.12.2022
Hajmi90,02 Kb.
#885684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
I-bob. I- bob. Talabalar bilimlarini reytingnazorati (1)

O’quvchilarning tasviriy san`atdan bilim va malakalarni nazorat qilish turlari.

Topshiriqlarni nazorat qilishning bir qator turlari mavjud. Ular joriy nazorat va yakuniy nazorat deb yuritiladi.
Joriy nazorat (JN) muntazam ravishda xoh u nazariy, xoh amaliy bo’lsin har bir darsda amalgam oshiriladi. U yangi materialarni bayon etish jarayonida, shuningdek, dars oxirida o’tkaziladi. Nzoratning bu turida o’quvchilarning topshiriqni qanday darajada bajarganliklari tekshiriladi va baholanadi. Bunda bolalarning darsdagi faolligi ham hisobga olinadi.
Amaliy ishlarni baholash bevosita bolalar tomonidan bajarilgan rasm, haykallarni, mashq natijalarini tahlil orqali, nazariy bilimlarni baholash esa og’zaki so’roq, test, yozma ishlar, uy vazifalarini tekshirish orqali amalgam oshiriladi.
Joriy nazorat darsning boshlang’ich qismida, avvalgi darsda bolalarga berilgan uy vazifalarini tekshirish maqsadida ham o’tkaziladi.
Bolalarning bilim va malakalarini o’zlashtirilishini nazorat qilish va ob’ektiv baholsh uchun joriy nazorat tez-tez o’tkazilib turishi lozim. Nazorat shunday tashkil etilishi lozimki, chorak davomida hech bo’lmaganda har bir bolada 4-5 ta baho bo’lishi kerak. Shuni ham hisobga olish lozimki, tasviriy san`at darslarini haftasiga bir marotaba va bir soatdan o’tkazilishi har bir bolada baholarning yetarlicha bo’lishiga imkon bermaydi. Eng kichik chorak 6 hafta hisoblansa, chorak oxirida har bir bola haftada bittadan baho olishi kerak bo’ladi. Aks holda chorak oxirida har bir bolada oltitadan baho chiqmaydi. Natijada choraklik baholar ob`ektiv bo’lmaydi.
Amaliy ishlar jarayonida har bir darsda har bir bola faoliyatini nazorat qilish va baholash imkoniyatlari bor. Ularni ma`lum qismini o’qituvchi darsning boshlang’ich qismida, bir qismini dars davomida, qolgan qismini dars oxirida, qolaversa, uy ishlarini yig’ib olib darsdan so’ng tekshirsa ham bo’ladi.
Bolalarning darsagi faoliyatini baholashda faqat ular tomonidan bajarilgan ishlarga emas, ularning topshiriqlarni bajarishga bo’lgan munosabatlari, harakatlari ham hisobgaolinishi lozim. Shuningdek, baho qo’yganda bajarilgan ishga o’quvchini va butun sinfni nima uchun shunday baho qo’yganlidan xabardor etish zarur.
Bolalarning topshiriqlarni bajarishga bo’lgan munosabatlariga qo’yilgan baholar faqat ijobiy emas, salbiy bo’lishi ham mumkin. Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, past baholar qo’yganda ularning asoslangan bo’lishligi va u bolalarni tushkunlikka tushurib yuboradigan bo’lmasligi lozim. Bir topshiriqni baholashda bolaning avalgi darslardagi o’zlashtirishlarini ham hisobga olish lozim. Muntazam yaxshi o’zlashtirib kelgan o’quvchining avvalgi muvaffaqiyatlari va harakatlarini hisobga olmasdan, bu galgi qoniqarsiz ishiga yomon baho qo’yib ham bo’lmaydi.
Oraliq nazorat (ON) dasturdagi u yoki bu bo’limning tugashi va chorak davomida bajarilgan ishlarning yakunini nazorat qilish maqsadida o’tkaziladi. Oraliq nazorat ham og’zaki so’rov, test, mashq, tasviriy-ijodiy mustaqil ish, yozma mustaqil ish, uy vazifasi tarzida amalga oshiriladi.
Choraklik baholashda bolalarga faqat chorak davomida qo’yilgan baholarni umumlashtirish bilan chegaralanib qolmasdan, balki, chorak so’ngida bolalarni maxsus tekshiruvdan o’tkazish ham kerak bo’ladi. Bu berilgan topshiriqlar bolalar tomonidan mustaqil ravishda bajariladi va ular tasviriy-ijodiy, mashq, shuningdek, og’zaki so’rov, insho, referat shaklida bo’ladi. Bolalarni qayta tekshiruv topshiriqlari va chorak davomida olgan baho natijalari umumlashtirilib yagona oraliq nazorat baholari qo’yiladi. Yagona oraliq baholarini qo’yishda o’qituvchi bolalarni tasviriy san`atdan darsdan tashqari ishlarni bajarishdagi harakatlari, faolligi va yutuqlarini ham hisobga oladi va o’quvchilarni bu sohada yangi ishlarga ilhomlantiradi, baholarning ob`ektivligini ta`minlaydi.
Yakuniy nazorat (YaN) o’quv yili davomida o’quvchilarning tasviriy faoliyatlarining natijalarini aniqlash va umumlashtirish maqsadida o’tkaziladi. Yakuniy nazoratning bu turida baholar bolalarning choraklar bo’yicha olgan baholari, ularning sinfdan va maktabdan tashqari olib brogan ishlari, ularning bu fanga bo’lgan qiziqishlari, harakatlari asosida qo’yiladi. Shuningdek yil oxirida maxsus nazorat topshiriqlari berilib, ularning natijalari asosida qo’yilgan baholar yakuniy baholar hisobiga qo’shiladi. Maxsus topshiriqlarda ham og’zaki so’rov, mashq, test, yozma mustaqil ijodiy ishlar qo’llaniladi.
Ba`zan shunday bo’ladiki, bolaning o’zlashtirish chorakma-corak yaxshilanib boradi yoki aksincha yomonlashib boradi. Bunday holda o’quvchining so’ngi chorakdagi olgan baholari va qayta tekshiruvdan olgan baholari hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Og’zaki so’rov. Nazoratning bu turida o’quvchilarning tasviriy-amaliy, me`morchilik san`atlaridan nazariy bilimlari, maxsus atamalar, rassom haykaltaroshlarning ishlatadigan asosiy ish qurollari va materiallari, tasviriy san`atning turi va janrlari, mashhur rassomlar va ularning asarlari haqidagi tushunchalaring hajmi va darajasi aniqlanadi. Og’zaki so’rov frontal va individual tarzda amalgam oshiriladi hamda u o’quvchilarni tez-tez nazorat qilish imkonin beradi. Shuningdek og’zaki so’rov o’quvchilarni tasavvuri, tafakkuri, xotirasi va nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Nazoratning bu turida hikoya qilish, tavsif berish, sharhlash va boshqa usullardan foydalanish samaralidir.
1. Mashqlar. Nazoratning bu turida o’quvchilarning qalam, muyqalam stek va boshqa ish qurollari, badiiy materiallari bilan ishlash malakalari va ko’nikmalarining darajasi aniqlanadi. Bu ish ko’proq naturaga qarab rasm ishlah va kompozitsiya mashg’ulotlari bilan bog’liq.

Download 90,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish