I bob. Hujayraning hayot sikli. Diffensirovka


II. BOB. RAK HUJAYRALAR GENETIKA FANINING MAQSAD VAZIFALARI



Download 93,05 Kb.
bet6/12
Sana01.07.2022
Hajmi93,05 Kb.
#722643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Tayyor Hujayra sikli va rak hujayralar kurs ishi

II. BOB. RAK HUJAYRALAR GENETIKA FANINING MAQSAD VAZIFALARI
2.1. Rak hujayralar
Rak [yun. lot. cancer – qisqichbaqa], kanser, saraton kasalligi – epiteliy toʻqimasidan rivojlanadigan xavfli oʻsma. Epiteliy hujayrasi bor barcha aʼzolar – teri, shilliq qavatlar, qiziloʻngach, oʻpka, meʼda-ichak yoʻllari, siydik-tanosil aʼzolari, shuningdek, miya va h. k. da paydo boʻladi. Rak hujayralari juda tez boʻlinadi va rivojlanadi hamda atrofdagi sogʻlom hujayralarni yemirib boradi.
Boshqa xavfli oʻsmalar kabi, rak ham, odatda, oʻzi oʻrnashgan joydagi toʻqimani yemirishi, retsidiv, metastaz berishi va organizmning umumiy holatiga taʼsir koʻrsatishi, kaxeksiya (qoq suyak boʻlib ozib ketish) bilan xavfsiz oʻsmalardan farq qiladi.
Rak alohida viruslar faoliyati, shuningdek, turli fizik, kimyoviy va biologik omillar, kanserogen moddalarning odam organizmiga taʼsiri hamda organizmning oʻzida sodir boʻladigan endogen (ichki) kanserogen moddalar, radioaktiv nurlar taʼsirida vujudga kelishi mumkin.
Rak toʻsatdan paydo boʻlmaydi, koʻpincha, rak nishonasi deb atalib, surunkali kechadigan patologik oʻzgarishlardan soʻng rivojlanadi, shuningdek, teri, meʼda, bachadon boʻynidagi uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, poliplar, sut bezlari fibroadenomatozi va h. k. oqibatida ham paydo boʻladi. Ammo shu kasalliklardan keyin, albatta, rak rivojlanadi deb boʻlmaydi, chunki saratonga sabab boʻladigan kasalliklar oʻz vaqtida uzil-kesil davolansa, uning oldini olish mumkin.
Rakning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, toʻqimada oʻsma hosil boʻlib rivojlangandan keyingina kasallik belgilari yuzaga chiqadi va oʻsma oʻsayotgan aʼzo faoliyati keskin buziladi.
Erkaklarda koʻproq meʼda, bronxlar, teri, pastki lab, ogʻiz boʻshligʻi, halqum, oʻpka (xususan, kashandalarda), tanosil aʼzolari saratoni uchraydi; ayollarda esa bachadon, ovqat hazm qilish aʼzolari, sut bezlari va teri raki kuzatiladi.
Rak boshlanayotganda, u tananing qaysi qismida rivojlanishidan qati nazar, qattiq ogʻriq bermaydi. Shu sababli, bemor shifokorga, koʻpincha, kech murojaat qiladi, natijada kasallik ancha zoʻrayib ketadi. Rakni davolash imkoni boricha erta boshlansa, yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Pastki lab raki, koʻpincha, pastki lab qizil hoshiyasi ustida uzoq vaqt bitmaydigan yara va qon sizib turadigan yoriqchalar, oq dogʻlar (leykoplakiya) boʻlishi natijasida vujudga keladi. Oʻsmaning oldini olish uchun pastki lab va ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarida, albatta, chekishni tashlash lozim.
Qiziloʻngach saratoni (“qiltomoq” kasalligi) aksariyat rak oldi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Qiziloʻngach saratonida bemor dastlab quyuq, keyinchalik suyuq ovqatlarni ham yuta olmay qoladi. Koʻpincha, toʻsh orqasida, baʼzan koʻkrak pastida va qorin sohasida ogʻriq sezadi. Ovqat yutganda salgina qiyinchilik sezilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Meʼda raki koʻp uchraydigan va aksariyat surunkali meʼda yarasi, polipi, shuningdek, surunkali gastritning baʼzi shakllari oqibatida kelib chiqadi. Meʼda raki bilan ayollarga nisbatan erkaklar koʻproq ogʻriydi; odatda, 40-60 yoshli kishilar oʻrtasida koʻp uchraydi.
Kasallik boshda sezilmaydi, bemorning darmoni quriydi, mehnat qobiliyati susayadi, ozib keta boshlaydi, rangi siniqadi; keyinchalik ishtaha yoʻqolishi, koʻngil aynishi, jigʻildon qaynashi, hiqichoq tutishi, kekirish, baʼzan qusish alomatlari, shuningdek, meʼdada qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Bunday alomatlar roʻy berganda darhol shifokorga murojaat qilish zarur.
Toʻgʻri ichak raki koʻproq ichakdagi polidan paydo boʻladi. Bunda soxta hojat qistashi, shilliq yoki qon aralash ich kelishi kuzatiladi, kasallik avj olgandan soʻng ichakdan qon oqadi. Qon ketishi, koʻpincha, bavosirda ham roʻy beradi, shuning uchun qon ketishi sababini faqat vrach aniqlashi mumkin.
Oʻpka raki oʻpkaning surunkali kasalliklari (oʻpka sili, zotiljam, bronx poliplari, pnevmokonioz) bilan tez-tez ogʻrib turish va h. k. oqibatida vujudga kelishi mumkin. Oʻpka saratoni koʻproq kashandalarda uchraydi; koʻkrakda ogʻriq (ayniqsa, yoʻtalganda zoʻrayadi), baʼzan qon tulash kuzatiladi. Kasallikka xos alomatlar paydo boʻlganda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Sut bezlari raki koʻproq sut bezlarida hosil boʻladigan qattiq, ogʻriqsiz tugunchalar, rak oldi oʻsmasi (xavfsiz oʻsma), fibroadenomatolarni oʻz vaqtida davolamaslik natijasida rivojlanadi. Sut bezlarida arzimagan tuguncha borligi sezilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Ayollarda koʻp uchraydigan bachadon raki bachadondan surunkali kasalliklar – eroziya, polip va oq dogʻlardan paydo boʻladi. Tugʻruq va abortda bachadonning jarohatlanishi, uni oʻz vaqtida davolatmaslik ham bachadon rak iga sabab boʻladi.
Kasallik hech qanday belgisiz kechadi, keyinchalik avj olganidan soʻng bemorda oqchil koʻpayib, hayz sikli buziladi, qon ketadi va, nihoyat, ogʻriq paydo boʻladi. Shu bois har bir ayol jinsiy hayot kechira boshlagan kundan boshlab kamida bir yilda 2-marta (klimakteriya davrida 4-marta) ginekolog koʻrigidan oʻtib turishi shart.
Teri raki, odatda, kemalarda (50-70 yoshli erkak va ayollarda) kuzatilib, koʻpincha, yuzda (burun qanotlari, qovoq, burun-lab burmalari, ogʻiz burchaklarida), baʼzan terining kuygan, jarohatlangan joyida, shuningdek, ayrim tugʻma va turli jarohatlar oʻrnida paydo boʻladi.
Rak va boshqa xavfli oʻsmalar, asosan, operatsiya qilinadi, radioaktiv moddalar va rentgen nurlari, saratonga qarshi maxsus kimyoviy preparatlar, gormonlar, biopreparatlar qoʻllanadi.
Kasallikning oldini olish uchun organizmga zararli taʼsir etadigan kanserogen moddalarni yoʻqotish, shuningdek, saraton oldi kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash va davolash, aholini ommaviy profilaktik koʻrikdan oʻtkazib turish, baʼzan dispanserizatsiya qilish lozim.
Onkologik kasalliklar — hozirda insoniyatning yetakchi patologiyalar guruhidir. Jahon tibbiyoti amaliyotida kasallikni dastlabki bosqichlarini davolashda muvaffaqiyatga erishildi. Cheklovchi omillar — saratonning preklinik bosqichida muntazam keng ko’lamli diagnostik tekshiruvlarini tashkil etishning murakkabligi, ba’zi shakllarining patogenezi tezligining yuqori bo’lishi. Shu munosabat bilan, aholi o’rtasoda onkologik sergaklikni yaxshilash uchun ta’lim muhim ahamiyatga ega.
Onkologiya — tibbiyotning yuqori texnologik bo’limidir. Tashxisdan tortib to reabilitatsiya qilishgacha bo’lgan tibbiyotni tashkillashtirish bosqichlari logistikasi qancha yuqori bo’lsa, bemorni tiklanib ketishga bo’lgan imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi. Saraton bilan kasallangan bemorlar uchun yuqori darajadagi tibbiy yordam ko’rsatadigan mamlakatlar ham mavjud (Germaniya, Shveytsariya, Isroil, Amerika Qo’shma Shtatlari).
So’nggi yillarda Rossiya yuqori texnologiyali markazlarni yaratib, muayyan ijobiy qadamlar qo’ydi. O’zbekistonda ham ulkan imkoniyatlar yaratildi. Hozirda rak kasalligi davosi o’rganilmoqda.
Agar erta yoki kech bosqichda tashxislanishiga keladigan bo’lsak, yuqorida aytib o’tilganlardan tashqari, dastlabki bosqichlarda tiklanish istiqbollari ancha yuqori.
Inson saratonining yuzdan ziyod nozologik shakllari aniqlangan. Ko’pincha a’zo va to’qimalarda yuqori tezlikli apoptoz (dasturlashtirilgan o’limi) va mos ravishda o’lgan hujayralarning o’xshash xususiyatli yangi hujayralar bilan almashadigan yomon sifatli o’smalar kuzatiladi. Jarayon qayerda rivojlanganligiga qarab, kasallik alomatlari va belgilari o’zgarib turishi mumkin.
Rak kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar nima ekanligini hozirgacha hech kim aniq isbotlanmagan. Hozirda bir necha o’nlab ilmiy nuqtai nazarlar mavjud. Agar ularning barchasi bir umumiy tasvirga birlashtirilsa, yomon sifatli o’smalarning rivojlanishiga yordam beradigan uchta asosiy omil ajratiladi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish