I. BOB.HUJAYRANING HAYOT SIKLI, DIFFENSIROVKA.
1.1. . Hujayraning hayot sikli, diffensirovka
Hujayra sikli, hujayra ning hayotiy sikli — hujayraning boʻlinishidan soʻng yana boʻlingunchayoki oʻlguncha oʻtgan hayot davri. Bir hujayralilar Hujayra sikli ularning hayot davriga toʻgʻri keladi. Toʻxtovsiz boʻlinadigan hujayralar Hujayra sikli mitoz sikliga toʻgʻri kelib, ketma-ket almashinib turadigan 4 davr: postmitoz yoki sin-tezdan oldingi (O, inglizcha §GO\U — oʻsish, yiriklashish), sintez (8, in-glizcha 8uMpe518 — sintez), mitozdan oldingi yoki sintezdan keyingi (S2) va mitoz (M) dan iborat. S:davrda transkripsiya sodir boʻladi; sintezlangan oqsillar toʻplanadi; DNK sinteziga tayyorgarlik koʻriladi. 5 davrda DNK replikatsiyalanadi, xromosomalar materiali 2 hissa ortadi. S2davrda hujayralar boʻlinishga tayyorlanadi; boʻlinish dukini hosil qiladigan oqsillar sintezlanadi. Mitoz — Hujayra siklining yakuniy davri boʻlib, unda reduplikatsiyalangan xromosomalar hujayraning har xil qutblariga tarqaladi.
Hujayra sikli va uning davrlarining davomiyligi koʻpayadigan hujayralarning xili, yoshi, organizmdagi gormonlar balansiga bogʻliq. Vaqtga nisbatan S: va S2davrlari oʻzgaruvchan boʻladi; tinim davrlari boʻlgan Hujayra sikli ayniqsa uzoq davom etadi. Bunday hollarda O0 yoki tinim davri (inglizcha §ar — ora-liq, interval) alohida ajratiladi. Agar tinim davri hisobga olinadigan boʻlsa, u holda Hujayra sikli haftalab, hatto oylab davom etishi mumkin. Neyronlarda Hujayra sikli organizm umriga teng boʻladi.
Hujayraning hayot sikli, differensirovka. Yangi hosil bo‘lgan hujayralar hayot siklini o‘taydi. Hayot sikli hujayraning yangi hujayra hosil bo‘lishidan uning keyingi bo‘linishigacha qadar yoki uning o‘lishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Hujayra o‘z hayoti davrida bo‘linishi o‘sishi, differensirovkaga uchrashi kuzatiladi. Shuning uchun hujayraning hayot sikli jarayonlari ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga hujayraning bo‘linishi bilan bog‘liq jarayonlar kirib, uni avtosintetik interfaza deyiladi. Ikkinchi guruhga esa, hujayraning o‘sishi, differensirovkasi ma’lum vazifasini bajarishga ixtisoslanishi mansubdir (geterosintetik interfaza). Differensirovkaga uchragan hujayra ixtisoslangan hujayra bo‘lib, u ma’lum vazifani bajarishga moslashlgan. Ular ko‘pincha bo‘linish qobiliyatini yo‘qotadi. Masalan, differensiallangan qon hujyralari-eritrositlar, nerv hujayralari va hakozo. Ba’zi hujayralar differensirovka holatida bo‘linish qobiliyatiga ega bo‘ladi (jigar hujayralari).
Embrional takomillashish davrida epiteliy, biriktiruvchi to‘qima, mushak va nerv hujayralari embrional varaqalardan rivojlansa, yetilgan davrda differensirovkaga, a’zolarining turli qismlarida joylashgan kambial hujayralar uchraydi. Qon ishlab chiqaruvchi organlardagi kambial hujayralar “o‘zak hujayralar” deb yuritiladi.
Xamma hujayralar ma’lum muddatda yashaydi. Masalan, eritrositlar 120 kungacha, epidermis hujayralari 4-10 kun va hakozo. Nerv va mushak to‘qimasi hujayralari organizmning butun hayoti davomida yangbilanmaydi, degan fikrlar ham bor. Hujayra o‘lish vaqtida hujayra yadrosi piknozga (yadro zichlashishi va donadorlikni yo‘qotib kichrayishi), karioreksisga (yadroning mayda donachalarga bo‘linib ketishi), kariolizisga (yadroinng erib ketishi) uchrashi mumkin.
Yadrodagi o‘zgarishlar oq ibatida (birga) sitoplazmada ham qaytarib bo‘lmas o‘zgarishlar yuz berib, buning natijasida hujayra halok bo‘ladi.
Hujayra reproduksiyasining bir necha turlari bor: mitoz (noto‘qri bo‘linish), meyoz, endomitoz va amitoz (to‘qri bo‘linishi). i. Barcha tirik mavjudotlar singari odam irsiyatining moddiy asoslari boiib xromosomalar, ulardagi nuklein kislotalar, genlar hisoblanadi. Biroq ana shu genlar odam gavdasining tuzilishi va turli-tuman belgi-xossalarining rivojlanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etmaydi. Gen bilan belgi orasidagi aloqa juda murakkab.Irsiy belgi-xossalaming moddiy asoslari ko‘payish orqali avlodlarga beriladi. Ko‘payish esa erkak, ayol jinsiy hujayralaming qo‘shilishi, ya’ni urugianishi bilan aloqador. Boshqa tirik mavjudotlar kabi odam tanasi ham hujayralardan iborat. Odamning o‘rtacha umri 70 yosh boisa, uning tanasidagi ayrim hujayralaming, masalan, eritrotsitlaming umri 120 kungacha davom etadi. Binobarin, odam organizmining yashashini ta’minlash uchun uning tanasida o‘z um- rini tugatgan hujayralar o‘miga yangilari paydo boiib turishi shart.
Odamda muskul hujayralari, eritrotsitlar voyaga yetgandan so‘ng umuman boiinmaydi. Ichak epiteliysi, teri, o‘pka va boshqa a’zolar hujayralari butun hayoti davomida tinmasdan boiinib turadilar. Hujayraning hayot sikli deganda bir bo‘linishning oxiridan ikkinchi bo‘linishning oxirigacha bo‘lgan davr tushuniladi. Hujayra sikli organizm to‘qimalarining xiliga qarab turlicha davomiylikka ega. Masalan, odamda leykotsit hujayralaming hayot sikli 3-5 sutka, teri epiteliy hujayralarida 20-25 sutka, ko‘zning shox parda hujayralarida 2-3 sutka, ilik hujayralarida 8-12 soat davom etadi. Odam hujayralarining hayot sikli boshqa eukaroit organizmlamikiga o‘xshash: bo‘linishgacha va bo‘Iinish davridan iborat. Bo‘linishgacha bo‘lgan davr interfaza, somatik hujayralaming bo‘linish davri - mitoz deb ataladi. Interfaza hujayra hayot siklining 90% vaqtini egallaydi va uch davrga bo‘linadi. Ular sintezlanishgacha, sintezlanish va sintezlanishdan keyingi davrdan iborat. Sintezlanishgacha bo‘lgan davr G1harfi bilan ifodalanadi. G1 davrida hujayra o‘sadi, yadrocha shakllanadi, sitoplazmadan yadro tomon 90% gacha oqsil o‘tadi. Azotli asoslar, uglevodlar, fosfat kislotalar ko‘plab sintezlanadi. Hujayrada ixtisoslashish differensiyallanishi amalga oshadi.Sintezlanish davri S harfi bilan belgilanib, unda DNK reduplikatsi- yalanishi ro‘y berib, miqdori ikki marta ortadi. Shu bilan birga RNK va oqsil molekulalari ham sintezlanadi, sentriolalar ikki hissa ortadi. Sintezlanishdan keyingi davr G2 harfi bilan belgilanib, bu davrda ham RNK va oqsil sintezi davom etib, hujayra bo‘linishga tayyorlanadi. Bu tayyorlanish interfazaning boshiga nisbatan oxirida sitoplazma hajmini ikki marotaba ortishi, ayniqsa, mikronaychalar hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tubulin oqsili ko‘plab sintezlanishi bilan izohlanadi. Mitoz bo‘linish bir-biri bilan bogiiq bo‘lgan to‘rt fazadan iborat. Bular profaza, metofaza, anafaza, telofazadir. Profazada xromatidlar spirallashadi va ulaming qo‘shqavatli xromotidlari yorug‘lik mikroskopida ko‘rinarli holatda o‘zaro sentromeri bilan birlashgan holatda bo‘ladi. Yadro qobig‘i parchalanib, karioplazma sitoplazma bilan aralashadi. Sentriolalar ikkiga bo‘linadi va ikki qutb tomon harakatlanadi. Ular o‘rtasida axromatin iplar - mikronaychalar hosil bo‘ladi. Xromosomalar yadro bo‘yicha keng tarqaladi. Yadrochalar parchalanib ketishi bilan profaza tugallanadi.Metofazada mikronaychalar shakllanishi tugallanadi. Xromosomalar hujayraning ekvatoridan bir qator bo‘lib o‘rin oladilar. Har bir xromosoma bitta axramatin ipiga o‘z sentromeri bilan birikadi. Metofaza eng qisqa muddatli faza hisoblanadi.
Anafazada xromosoma xromatidlarini birlashtirib turuvchi belbog‘ uziladi, xromosomalar bir-biridan tamomila ajraladilar. Xromosomalaming sentromeriga birikkan axromatin iplari - mikronaychalar qisqarishi tufayli ular qutblar tomon tarqala boshlaydi. Xromosomalaming qutblarga tarqalishi tugallangandan so‘ng,ulaming soni bo‘linishgacha bo‘lgan ona hujayraning xromosomalar soniga tenglashadi. Masalan, ona hujayrada 46 ta xromosoma boisa, anafazaning ikki qutbidagi xromosomalar ham 46 tadan boiadi.Telofazada xromosomalar qutblarga to‘planib, spirallar yoyila boshlaydi. Ular ingichkalashib, mikroskopda ko‘rinmaydigan holatda bo’ladilar. Yadro qobigi hosil boiadi, yadrocha qayta shakllanadi. Telofazaning oxirida sitoplazmaning ikkiga ajralishi kuzatiladi. Bu jarayon plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik paydo boiib, asta-sekin torayishi natijasida ro‘y beradi.Shunday qilib, mitoz boiinishda bitta ona hujayradan ikkita qiz hujayra hosil boiadi. Mitoz yadroning boiinishi - kariokinez va sitoplazmaning bo’linishi - sitokinezdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |