II-BOB AutoCAD 2021 GRAFIK DASTURI VOSITASIDA MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI FANINI O’QITISH METODIKASI.
2.1. AutoCAD 2021 grafik dasturini o’rnatish va ekranni sozlash qonun qoidalari
Kompyuter grafikasining vositalari
Kompyuter grafikasi fani quyidagi texnik va dasturiy vositalar yordamida o`qitiladi:
1) Texnik vositalar (1.1-rasm).
1-Tashqi xotira qurilmasi-protsessor;
2-Displey-monitor;
3-Kiritish qurilmalari: Klaviatura-tugmalar paneli, sichqon, skaner va boshqalar;
4-Qog`ozga chiqarish qurilmasi-printer, plotter va boshqalar;
5-Ovoz chiqarish qurilmalari-kolonkalar;
1.1-rasm
2) Dastur vositalari:
Dasturlar: sistemali-operatsion va amaliy dasturlarga bo`linadi. Operatsion dasturlar foydalanuvchini kompyuter bilan muloqot qilishida vositachi bo`lib xizmat qiladi. Ular, yordamida tezkor xotiradan foydala-nish, disketlardagi axborotlarni o`qish, axborotlarni disketga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushirish kabi amallar bajariladi.
Amaliy dasturlar u yoki bu grafik axborotlar uchun tuziladi va kompyuterga kiritiladi. Dasturlar Beysik yoki Paskal tilida tuziladi. Ushbu o`quv qo`llanmada kompyuter grafikasida loyihalashning avtomatlashtiril-gan tizimi AutoCAD programmalaridan foydalanib, grafik axborotlarni kompyuterda bajarishni o`rgatadi. Bunda, foydalanish uchun ishlab chiqilgan AutoCAD ning ohirgi versiyalaridan AutoCAD 2021 dasturlari-dan foydalaniladi.
2-§. AutoCAD dasturini o`rnatish.
"AutoCAD 2021.1 Win x64.rar" arxivini ochishdan oldin, antivirusni o`chirib qo`yishni unutmang, chunki arxiv ichidagi AutoCAD 2021.1 uchun Keygen har doim zararli deb qabul qilinadi.(2.1-rasm).
2.1-rasm
Antivirus o`chirilganligiga ishonch hosil qilganingizdan so`ng, "AutoCAD 2021.1 Win x64.rar" arxivini oching, shundan so`ng dasturni o`rnatish va litsenziyalash uchun barcha kerakli fayllarni o`z ichiga olgan "AutoCAD 2021.1 Win x64" papkasi hosil bo`ladi. Ushbu papkaga o`ting va Setup.exe faylini administrator sifatida ishga tushiring: .(2.2-rasm).
2.2-rasm
O`rnatish jarayoni boshlanadi:
Chap yuqori burchakda siz AutoCAD-ning qaysi versiyasini o`rnatayotganingiz haqida ma`lumot topasiz. O`rnatishni davom ettirish uchun (Установка) O`rnatish deb nomlangan katta tugmani bosing.(2.3-rasm).
2.3-rasm
Litsenziya shartnomasi paneli ochiladi. Qabul qilaman yonidagi katakchani belgilang va (Далее) Keyingi tugmasini bosing: (2.4-rasm).
2.4-rasm
Dasturni o`rnatish konfiguratsiya paneli paydo bo`ladi:
O`rnatish yo`li maydonida dastur uchun standart o`rnatish yo`llari mavjud. Nima qilayotganingizni tushunmasdan, uni o`zgartirmang. Keyin (Установка) O`rnatish tugmasini bosing. (2.5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |