Nazorat savollari:
1. Flashda tovush qo’shishni nechta usuli mavjud?
2. Flashda tovush bilan ishlashda yaratuvchilar uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
3. Tugmachalarga tovush o’rnatish mumkinmi?
28. Web – sahifalar orasida aloqalarni o’rnatish imkoniyatlari
Reja:
Sahifada o’tish tugmalarni joylashtirish.
Matnli va grafikli tugmalardan foydalanish.
Sayt ichidagi hamma bog’lanishlarni tekshirib ko’rish.
Tayanch so’z va iboralar: brauzer, web-sahifa, web-sayt, matnli, grafikli tugma, saytni tekshirish.
Saytda sayt bo’yicha yurish tugmalarini qo’yib chiqing. Ko’pchilik saytchilar saytning bo’limlariga bog’liq bo’lgan adreslarga tugmalar qo’yadi. Bu tugmalar saytning barcha sahifalarida bo’ladi va bir xil joyda joylashgan bo’ladi. Bir xillik va kompaktlilik saytni ko’rishni yengillashtiradi. Foydalanuvchi faqat mos tugmani bosish orqali keyingi sayt bo’limiga o’tiladi.
Quyida navigatsiya tugmalarini joylashtirish bo’yicha yoriqnoma berilgan:
- Foydalanuvchi hamma vaqt orqaga qaytishi uchun tugmalar qo’yilgan bo’lishi kerak. Agar foydalanuvchi beshinchi bosqishga o’tgan bo’lsa, o’tish tugmasi bir marta bosish orqali birinchi sahifaga qaytish kerak. Agarda foydalanuvchi Back tugmasini bir necha marta bosish orqali amalga oshirgan bo’lsa, u holda foydalanuvchi tez orada bu saytga kirishni to’xtatadi.
- Foydalanuvchilar brauzerida grafiklarni ko’rish ishlamay qolishini ham e’tiborga olib qo’yish kerak. Shu sababli grafik tugmalar bilan birga matnli tugmalarni ham ishlatish ma’qul bo’ladi. Bu esa foydalanuvchiga qulay bo’lgan variantni tanlash imkoniyatini beradi. Vaqt o’tishi bilan tez orada Web – sahifalarda faqat grafikli tugmalar qoladi.
Sayt bo’yicha yurishni yengillashtirish kerak. Sayt yaratganda qaysi nuqtalar orasiga ko’prik qo’yishni o’zimizdan so’rashimiz kerak. Bu javobdan ko’p narsa hal bo’ladi. Sizning sayt bo’yicha sayohat oson va qiziqarli bo’lishi ham javobga bog’liq bo’ladi.
Frontpage Проводника kartasidan foydalanish kerak. Карта навигации (Navigation view) ma’lumotlarni tasvirlashda qiyinchilik tug’dirgan paytda qo’l keladi. Ishni asosiy sahifadan boshlash va ichkari davom ettirish kerak. Bu vizual ko’rinish saytning tuzilishini ko’rsatadi va uni o’zgartirishda osonlik tug’diradi, xatolikka yo’l qo’yishning oldini oladi. Saytni yaxshilab testdan o’tkazish kerak. Brauzerlarni har xil turlari mavjud va brauzerlarda boshqacha chiqariladi. Saytni har xil brauzerlarda va platformalarda (Windows 95, Windows NT, UNIX, Macintosh), modemni har xil tezliklarida tekshirib ko’ring. Sahifaning chetiga qo’yilgan tugmalar brauzerlarning birida oynaning o’rtasida chiqib qoladi. Tajribali Web – dizaynerlar saytlarini bir nechta brauzerlarda tekchirib ko’radi. (Проверить гиперссылки) Verify Hyperlinks buyrugi yordamida sayt ichidagi hamma bog’lanishlarni tekshirib ko’riladi. Bu amal Проводникdan (Hyperlink Status View) buyrugi orqali ham amalga oshiriladi.
Saytni tekshirishning ikkinchi usuli —Редактор dagi Preview In Browser (Предварительный просмотр в браузере) orqali bajariladi. Bu sizning sahifangizni vizual turda komputerda o’rnatilgan brauzerlarda tekshirib beradi. Masalan, agarda siz 1024х768 ekranda ishlaydigan bo’lsangiz, sahifangizni 640х480 bilan ham ko’rish imkoniyatini beradi.
Agar foydalanuvchi qiynalmasin desangiz, saytingizdan foydalanuvchi ma’lumotni oson topadigan qilib qo’ying.. Frontpage Search Component (Поискового Компонента Frontpage) yordamda saytdan kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qidirish mexanizmlarini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |