Sichqoncha yordamida brauzer oynasiga olib o’tilgan SWF-fayl
Flash-filmni HTML-kodga o’tkazish mexanizmi ActiveX elementlarini ishlatish yoki Plug-in komponentlarini qo’shishga o’xshashdir. Internet Explorer brauzeri uchun HTML-kodiga o’tkazish tegi yordamida Netscape brauzeri uchun esa tegi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu ikki brauzer xam Flash-filmni tushunishi uchun , Flash o’z filmlarini HTML saxifaga konvertatsiya qilganda bu ikki tegni qo’shadi. Shu bilan birga dasturchi teglarning ko’rsatkichlaridan foydalanishi yoki o’zining ko’rsatkichlarini berishi mumkin.
Flash-filmlarni Web-saxifa elementlari sifatida ishlatish turli tumandir. Bulardan ayrimlari quyida keltirilgan:
saxifaning estetik ko’rinishini oshirish uchun mo’ljallangan «oddiy»
animatsiya;
foydalanuvchi harakati (sichqonchani siljitish , tugmachani bosish)ga bog’liq bo’lgan animatsiyalashgan tugma , bunday tugma giperishorat sifatida ishlatilishi mumkin yoki biror-bir vazifani bajarish mumkin (masalan, brauzerni yangi oynasini ochish , tashqi faylni yuklash va b.);
Web-saxifa foydalanuvchilaridan biror-bir ma’lumotni qabul qilishga mo’ljallangan forma ko’rinishida;
Zarurat tug’ilganda Flash ni oddiy , «statik» faqat giperishoratlar ko’rinishidagi interaktiv elementlarni an’anaviy ko’rinishidagi HTML-saxifalar yaratish uchun xam ishlatish mumkin. Bunday variant Flash ni xam matn bilan xam aloxida tasvirlar bilan ishlash imkoniyatidan kelib chiqadi.
Quyidagi rasmda Flash da yaratilgan so’ngra HTML-kodga utkazilgan «statik» Web-saxifa misoli keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: