I bob delphi dasturlash tili haqida



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana09.05.2023
Hajmi1,38 Mb.
#936581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mundarija Kirish I bob delphi dasturlash tili haqida

Kurs ishining maqsadi: 
Talabalarga Delphi dasturlash tili haqida umumiy 
ma'lumotlar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish, ular yordamida 
dasturi tuzishni va uni o‗qiy olishni o‗rgatish orqali talabalarni dasturlashni o'qitish 
fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish. 
Kurs ishining vazifasi: 
-bo‗lajak dasturchilarga delphi dasturlash tili 
bo‘yicha tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‗rganish va 
tahlil qilish; -talabalarga turli dasturlarni tasvirlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni 
va
 
ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish; - talabalarning 
mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirish. 
Kurs ishining ob‟yekti: 
Oliy ta‘lim tizimida ―Informatika o‘qitish 
metodikasi‖ bakalavriyat ta‘lim yo‗nalishi talabalariga dasturiy, amaliy ta‘lim 
berish jarayoni. 
Kurs 
ishining 
predmeti: 
Bo‗lajak 
dasturchilarni 
tayyorlash 
bo‗yicha tahsil olayotgan talabalarning delphi muhandisligi ilmini egallash 
jarayonidagi ta‘lim mazmuni va texnologiyasi. 
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: 
Kurs ishi kirish, ikki bob, besh paragraf, 
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat bo‗lib jami 30 sahifani 
tashkil etadi
 



I BOB DELPHI DASTURLASH TILI HAQIDA 
1.1. Delphi dasturlash tili haqida 
Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bu tillar ichida Paskal tili 
universal tillardan biri bo‘lib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroq 
tildir. So‘ngi yillarda Paskal tili juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. 
Paskal tilida programa tuzish uchun Turbo Paskal va Delfi dasturlash vositalari 
mavjud. Bu dasturlash vositalari zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma 
talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun hamma qulayliklar 
yaratilgan.
Delphi dasturlash vositaci Turbo Pascal tilining rivoji bo‘lgan Object Pascal 
tilini ishlatadi. Hozirgi kunda bu tilga juda ko‘plab yangiliklar kiritilgan uning 
imkoniyatlari yanada kengaytirilgan, shu sabab bu tilni Delphi tili deb ham atash 
mumkin. ob‘ektga yo‘naltirilgan komponentalar modellari; dastur ilovalarini 
vizual tuzish; ma‘lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita. 
Delphi - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo‘lgan 
vosita bo‘lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni 
kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini engillashtiradi. Delhida dastur 
zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob‘ektga yo‘naltirilgan 
dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi sistemasi Turbo Pascal 
7.0. tilining rivoji bo‘lgan ob‘ektga yo‘naltirilgan Object Pascal dasturlash tilini 
ishlatadi. 
Ma‘lumki dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni 
sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 
50- 80%ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini 
kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish 
jarayonini osonlashtiradi. 
Delphi o‘zida bir qancha zamonaviy ma‘lumotlar bazasini boshqarish 
tizimlari dasturlash texnologiyalarini ham ma‘lumotlar bazasini yaratishda 
ishlatadi. 



Delphi tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega. 
U 26 bosh lotin harflarini, 0 dan 9 gacha bo‘lgan arab raqamlarini va quyidagi 
belgilarni ishlatadi: bo‘shliq belgisi; 4 ta arifmetik amallar + , - , * , / ; mantiqiy 
amallarni bajarish uchun <, >, <=, >= , <>, = belgilarini ishlatadi. Bulardan 
tashqari vergul, nuqta, ikki nuqta, kichik qavs, katta va o‘rta qavslar. Dasturda 
izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular katta qavs ichida yoziladi. 
Masalan. Program ad; { Bu dastur nomi } 
Delphi
— dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi 
tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan 
shu nomga ega bo'lgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar 
va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob‘yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili 
hisoblanadi. 
1.Dasturlashning rivojlanish bosqichlari. Ilovalar (amaliy dasturlar) yaratish 
vositalarining rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 
1-rasm 



Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning 
buyruqlari (mashina kodi) ketma-ketligi ko‗rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash 
uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul 
bo‗lgan. Bu ishni bir oz bo‗lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari 
uchun qisqa nomlar kiritilgan va maxsus dastur bunday nomlarni mashina kodi 
(mikroprotsessor buyruqlari)ga o‗girib bergan. Hosil bo‗lgan dastur kodi bevosita 
kompyuterda bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler tilida dasturlash deb 
atalgan. 
Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (uchinchi avlod 
kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda 
dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash endi 
kompyuterning mashina kodiga bevosita bog‗liq bo‗lmay qoldi. Dasturlash tili 
odamlar orasidagi muloqot tiliga ko‗proq o‗xshab bora boshladi. Masalan, bu 
tillarda agar x>0 bo‗lsa, u holda y=ln(x) kabi jumlalardan foydalanish mumkin 
bo‗lgan. 
Navbatdagi bosqichda kompyuterda yechiladigan masala bir necha kichikroq 
va osonroq masalalarga ajratilgan. Zarurat bo‗lganda, ular ham o‗z navbatida 
yanada kichikroq masalalarga bo‗lib chiqilgan. Bu esa bitta masala bo‗yicha bir 
nechta, ba‘zan o‗nlab dasturchilar birgalikda shug‗ullanishlariga imkon berdi. 
Yaratilayotgan dasturiy vositalarning, ya‘ni ilovalarning sifati yanada oshdi, 
dasturlar yanada murakkablashdi, dasturlar ko‗proq imkoniyatlarga ega bo‗ldi. 
Bunday dasturlash tuzilmaviy dasturlash deb atalgan. Biz bilgan dasturlash tili 
Turbo Pascal shunday tillar jumlasiga kiradi. Masalani kichikroq masalalarga 
ajratish hamda dasturlash protseduralar va funksiyalar yordamida amalga 
oshirilgan. 
Dasturlashning navbatdagi bosqichi 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish