I bob buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi 1Yangi yerlar ochishga bo’lgan sabab va extiyojlar



Download 30,64 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi30,64 Kb.
#702409
Bog'liq
mehrangiz


Mundarija
Kirish
I BOB Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi
1.1Yangi yerlar ochishga bo’lgan sabab va extiyojlar
1.2Angliya mustamlakachilik imperiyasi
II BOB Ingliz dengizchilari kashfiyotlari
2.1 Shimoliy Amerikaning egallanishi va dastlabki manzilgohlar
2.2 Inglizlar ekspeditsiyasi va natijalari
III BOB “Buyuk geografik kashfiyotlarda ingliz dengizchilar ishtroki” mavzusida pedtexnologiyalar qo’llash
3.1 Mavzuni o’qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish
3.2 Interfaol o’yinlardan foydalanish
Glossariy
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

I BOB Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi


1.1Yangi yerlar ochishga bo’lgan sabab va extiyojlar
Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining sabablari va omillari.
Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining sabablari. XV asrning ikkinchi yarmiga kelib butun Yevropada (ayniqsa Portugaliyada) Xitoy va Hindiston dengiz yo’lini kashf qilishga intilish kuchayib ketdi. Sababi, XIV va XV asrlarda Hindiston va Xitoy yerlari yevropaliklar tasavvurida «oltin olinadigan quduq» hisoblanardi. Yevropaliklar tasavvur qilgan Hindiston yerlariga hozirgi Janubiy va Janubiy – Sharqiy Osiyo, Xitoy, keyinchalik butun Osiyo qit’asining eng chekka sharqiy chegaralari kirardi. Bu hududga yevropalik savdogarlar va missionerlar XIII asrdan boshlab suqulib kira boshlaganlar.
Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishining asosiy omillaridan biri bu G’arbiy Yevropada XV asrga kelib feodalizmning umumiy taraqqiyoti va unga bog’liq ravishda shaharlar rivojlanishi va boshqa mamlakatlar bilan savdo – sotiqning o’sishi edi. Bu bilan bog’liq ravishda rivojlanayotgan manufakturaga yangi xom-ashyo manbai izlash va bozorlarda o’z mahsulotlarini sotish ehtiyoji tabora avj ola boshladi.
XIII asr oxiri XIV asr boshlariga qadar, ya’ni butun Osiyo mug’ullar ta’siri ostida bo’lganda quruqlikdagi savdo yo’llari Osiyo va Yevropani bir – birlari bilan bog’lab turardi. Biroq, XIV asrning ikkinchi yarmida Osiyo hududida ro’y bergan katta o’zgarishlar, ya’ni Qrim, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Falastin portlarining Usmoniy turklar tomonidan bosib olinishi yoki chegaralab qo’yilishi quruqlikdagi Osiyo va Yevropa savdo yo’llarining uzulishiga olib keldi. 1453 yilda Turklarning Konstantinopolni bosib olishi bilan Osiyo tovarlarining narxi Yevropada misli ko’rilmagan darajada ko’tarilib ketdi.
Ma’lumki, XV asrga qadar Sharq bilan g’arb o’rtasidagi asosiy savdo yo’li O’rta Yer dengizi edi. Levant savdosi o’rta asrlar oxiriga kelib doimiy savdo aloqalari tusini oldi. Sharqdan keladigan har xil mollar (zargarlik, attorlik va h.k) va nafis gazlamalar G’arbiy Yevropadagi yuqori va o’rta tabaqalarning iste’moliga tabora ko’proq kira bordi.
XV asrga qadar Yevropa va Osiyo o’rtasidagi savdo aloqalarini arablar o’z qo’llariga olgan edilar. Arablar tomonidan Hindiston va janubiy – sharqiy Osiyodagi boshqa orollardan keltirilgan tovarlar asosan Vizantiya va Venesiya savdogarlari tomonidan xarid qilinib, ular o’z navbatida Yevropaga olib kelib sotilardi. Janubiy Italiya, Janubiy Fransiya, Sharqiy Ispaniya shaharlarida savdogarlar Sharq mollari bilan savdo qilish natijasda juda katta boylik to’playdilar.
Bir qancha sabablar, turklar Konstantinopolni bosib olmasdan oldin ham Levant savdosining rivojlanishiga to’sqinlik qilib kelgan, ya’ni, Sharq mollari Yevropa bozoriga sotilganga qadar oldin arablar, vizantiyaliklar, venesiyaliklar va boshqa xalqlar savdogarlari qo’lidan o’tardi. Natijada, qo’lma – qo’l o’tgan bu tovarlar narxi juda ham ko’tarilib ketardi. Bundan tashqari ular yetarli miqdorda keltirilmas edi. Osiyodan olib kelinayotgan tovarlar asosan ziravorlar, nafis san’at buyumlari, ipak matolar va turli xil ekzotik mevalar edi. Sharq tovarlari G’arbiy Yevropadagi yuqori va o’rta toifalarning kundalik hayotidagi iste’mol mollari sifatida tabora ko’proq kirib boradi.
Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan – bir yo’l Misr orqali va Qizil Dengiz orqali boradigan yo’l qolgan edi, xolos. G’arbiy Yevropadagi turli mamlakatlarning savdogarlari va dengizchilari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo’l topish ustida tabora ko’proq bosh qotira boshladilar.Yuqorida aytib o’tilgan sabablar dengiz savdo yo’llarining ochilishiga sabab bo’ldi.
Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining omillari. Yangi dengiz yo’llarining ochilishiga jiddiy turtki bergan omillarning eng asosiylaridan qilib texnika va kemasozlikdagi yutuqlarni ko’rsatish o’rinlidir. XV asrga qadar Yevropaliklarda juda olis yurtlarga safar qilish uchun kemalar yo’q edi. Shuningdek ularda aniq xaritalar va dengizda suzish uchun kerakli asboblar yo’q edi. XV asrga kelib Yevropada uzoq yo’llarga safar qilishga qodir bo’lgan yangi turdagi kemalar qurila boshladi. Kemasozlikka oid yangidan – yangi ixtirolar qilindi.
XV – XVI asrlarga kelib dengizchilar uchun kompas va kemaning yo’nalishini belgilovchi – astrolyabiya (usturlab) ixtiro qilindi. Kema boshqarilishida xaritadan foydalanib ish ko’ruvchi kapitanlar, losmanlar tayyorlovchi maktablar yaratildi. (Potugaliyadagi Sogash shahridagi Genrix (Enriko) Dengizchi maktabi bunga misoldir).
Shunday qilib, quruqlikdagi savdoning yevropaliklar uchun befoyda bo’lib qolishi, texnikaning rivojlanishi va kemasozlikdagi yangiliklar Yevropa uchun yangi dengiz savdo yo’llarining ochilishiga umumiy sabab bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagi sabablarni barcha Yevropa davlatlari uchun umumiy bo’lgan tashqi sabablar ham deb atash mumkin.
Shu narsani alohida ta’kidlash o’rinlikim, yangi yo’llarni ochishga intilishning har bir davlat uchun ichki sabablari ham mavjud edi. Masalan: bu borada Portugaliya davlatini olib qaraydigan bo’lsak, bu davlat XV asrga qadar Yevropaning eng past darajada rivojlangan chekka hududlaridan biri edi. Portugaliyada XIII asr o’rtalariga kelib yagona davlatning rivojlanishi ro’y bergan bo’lsada, u harbiy, iqtisodiy va siyosiy qudratga XV asr oxirlariga kelib erishdi. Ungacha, dengiz bo’yida joylashgan Portugaliya dengiz savdosidan chekkada edi. Shu bilan birga davlat ichidagi dvoryanlar va risarlarning ko’p qismi mamlakat janubi mavrlardan (arablardan) qaytarib olingandan so’ng bekor qolgan edi. Endi ular Portugaliyadan tashqari hududlarda istilochilar faoliyatlarini olib borib boylik to’plashlari mumkin edi.
Angliya yog‟och-taxta materiallariga ehtiyoj seza boshladi. Ingliz cho‟yan quyish zavodlari hamda kemasozlik korxonalari Angliya o‟rmonlarini yovvoyilarcha kesa boshlashgan edi va natijada ehtiyoj sabab ular yog‟och-taxta materiallarini hamda o‟tin yoqilg‟isini Boltiq mamlakatlaridan olib kela boshlashadi. To‟qimachilik sanoatining kengayishi bo‟yoq sifatida rang va ishqor beruvchi daraxtlarga bo‟lgan talabni yanada oshiradi. XVII asr iqtisodida o‟rmon ham ko‟mir hamda temir singari ahamiyatga ega edi. Chet davlatlar xom-ashyosiga qaramlik ingliz iste‟molchilarining noroziliklarini keltirib chiqara boshlayotgan edi. Ularda ingliz sanoati muhtoj bo‟lgan Shimoliy Amerika qirg‟oqlarida yastangan keng o‟rmon manbalariga egalik qilish istagi paydo bo‟ladi
Tez orada Yevropa davlatlari o‟rtasida mustamlakalar uchun kurash boshlandi. Bunga Angliyada manafaktura ishlab chiqarishining tobora rivojlanishi sabab bo‟ldi. Daromadi tobora ko‟payib borayotgan Angliya burjuaziyasiga endi yanada yirik korxonalar bunyod etish uchun katta miqdorda boylik zarur edi. Bunday boylik mustamlakalar hisobiga topilishi mumkin edi. London allaqachon XIV – XV asrlardayoq tobora yirik port shaharga aylana boshlagandi. Uning aholisi ham tez suratlarda ko‟paydi. Manafaktura ishlab chiqarishining rivojlanishi (dastlab to‟qimachilik sabab ro‟y berdi) Angliyaning chetga katta miqdorda tovar chiqarishiga sabab bo‟ldi va u endi dengiz savdosida Ispaniyaning asosiy raqibiga aylandi. Bu hol Angliya – Ispaniya munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi. Qudratli dengiz davlatiga aylangan Angliya endi mustamlakalar bosib olishga
kirishdi. Ingliz mustamlakachilari Shimoliy Amerikada XVII asr boshlarida (1607-yil) birinchi mustamlaka – Virjiniyaga asos solishadi.XVII asrda Jorjiyadan tashqari 13 ta Amerika koloniyasiga asos solingan bo‟lib, ular o‟ziga xos davrni – feodalizmdan kapitalizm iqtisodiga o‟tish davrini o‟zida mujassam etdi. Bu munosabatlarda ingliz va niderland savdo imperiyalari asosiy rol o‟ynashadi
1.2 Angliya mustamlakachilik siyosati
Gollandlar va inglizlar portugallarning Janubi-Sharqiy Osiyodagi zaif tomonlaridan xabardor edilar va shuning uchun birinchi ekspeditsiyalarini portugal flotining asosiy bazalaridan uzoqda joylashgan Yava, Sumatra, Ternate, Banda, Molukka orollariga yuborishdi. 1603-yilda gollandlar Java-da birinchi savdo postini tashkil etishdi. Portugaliya flotining raqiblarning kirib kelishining oldini olishga urinishlari portugallarning mag'lub bo'lishiga olib keldi Molukkalarning musulmon feodal hukmdorlari iltimosiga binoan va ularning yordami bilan gollandlar o'zlarining garnizonlarini Amboina oroliga joylashtirib , asta-sekin butun arxipelagda o'z o'rnini egallab olgan Portugaliya garnizonlarini haydab chiqarmoqdalar. Xuddi shu nuqtalarga yo'naltirilgan birinchi ekspeditsiyalar natijasida allaqachon inglizlar va gollandlar o'rtasida to'qnashuvlar boshlanadi. Ammo gollandlar ancha kuchliroq bo'lib chiqdi va inglizlar ularga eng yaxshi joylarni, ya'ni ziravorlarga boy orollarni berishlari kerak edi. Inglizlar Hindiston yarim orolida joylashdilar, u yerda Buyuk Mogollar himoyasini qo'lga kiritdilar. Britaniyaning Ost-Hind kompaniyasi va qirolning elchixonalari Mug'ollar poytaxtiga yuborilgan. 1609-yilda Hindistonda - Suratda inglizlarning birinchi savdo idorasi (savdo punkti) tashkil topdi va 1613-yilda ingliz kompaniyasi Padishah Jahongirdan o'zining barcha mol-mulki bilan qat'iy belgilangan boj bilan savdo qilish huquqini beruvchi firma olishga muvaffaq bo'ldi, barcha tovarlarga nisbatan 3,5% . Bu inglizlarni ko'pincha mahalliy hokimiyat o'zboshimchaliklariga bog'liq bo'lgan turli xil majburiyatlarga yuklangan mahalliy savdogarlar bilan taqqoslaganda yanada qulay vaziyatga keltirdi.1609-yil Gollandiya bilan sulh tuzish bilan Ispaniya, Portugaliya manfaatlarini qurbon qilib, u bilan birlashib, Gollandiyani Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoda erkin savdo qilish huquqini tan oldi. Birinchi marta va bundan tashqari, "bid'atchi" mamlakat foydasiga, papa buqasi muhrlagan Ispaniya va Portugaliya o'rtasida hukmronlik zonalarini ajratish printsipi rasman buzildi Gollandiyaliklardan farqli o'laroq, bu davrda inglizlar etarli darajada qurolli kuchga ega emas edilar va shuning uchun asosan Hindistonga iqtisodiy kirib borish vositalarini qo'lladilar. XVII asrda. Indoneziyadan kuchli raqib - gollandlar tomonidan siqib chiqarilgan ingliz kompaniyasi o'zining asosiy faoliyatini Mo'g'ul imperiyasi hududida rivojlantirdi.
Elchixonalar, sovg'alar, pora, xizmatlar orqali ingliz kompaniyasi dastlab Hindistonda fabrikalar tashkil etish va savdo qilish huquqiga, so'ngra kamaytirilgan va birlashtirilgan bojga va nihoyat, Mogollar xazinasiga yillik bir martalik hissasi uchun majburiyatlardan to'liq ozod qilishga erishdi . Tegishli to'lov va mahalliy savdogarlardan pora olish uchun inglizlar musulmon va hind savdogarlariga ichki bojxona to'lovlarini to'lamasdan, o'zlarining savdolarini Angliya bayrog'i ostida olib borish huquqini berishdi. Mahalliy savdo va sudxo'r doiralar Ost-Hind kompaniyasi manfaatlari orbitasiga jalb qilinib, keyinchalik o'z mamlakatlarini qul qilishda inglizlarning ittifoqchilariga aylanishadi. Savdoning bir martalik yillik to'lov evaziga bojdan ozod qilinishi kompaniya xodimlarini ham boyitdi: ularning shaxsiy savdosi ular uchun hech qanday to'lovsiz yig'imlardan ozod qilindi. Ingliz savdo punktlari atrofida ingliz savdogarlari mayda hunarmandlarning, asosan ip yigiruvchilar va to'quvchilarning ekspluatatsiyasi orqali keng miqdordagi mahalliy vositachilar (brokerlar) doirasi yaratildi. Hind matolarini eksport qilish kompaniyaning eng muhim savdo mahsulotlaridan biri bo'lgan.
Kompaniya o'zining savdo punktlarini o'rnatish uchun qishloqlarni ijaraga berishning "kamtarona" shaklida dastlabki hududiy sotib olishni amalga oshirdi. Ammo birinchi imkoniyatdan, o'zini himoya qilish uchun maqbul bahona bilan ushbu savdo punktlari qal'alarga aylandi. Shunday qilib, 1640-yilda birinchi ingliz qal'asi tashkil etilgan. Hindiston - Sit of Fort. Jorj (Madras).Angliyaning Ost-India kompaniyasi 1600-yilda Hindiston bilan savdo-sotiq monopoliyasi uchun qirollik xartiyasini oldi. Hukumat ta'siri ostida tuzilgan Gollandiyalik kompaniyadan farqli o'laroq, xartiyani olish uchun ingliz kompaniyasi qirolichaning shubhalarini engib o'tishi kerak edi. Ushbu davrda qirolicha Yelizaveta Ispaniya bilan munosabatlarni yomonlashtirmoqchi emasdi.Nizomda Angliyaning Ost-India kompaniyasiga 15 yillik muddatga faqat savdo imtiyozlari berilgan - savdo monopoliyasi, tovarlarni bojsiz eksport qilish huquqi, ammo Gollandiyalik kompaniya egalik qilgan huquqlar emas.Dastlabki kapital 30 ming funtni tashkil etadi. San'at. - 540 ming funtga nisbatan arzimagan summani namoyish etdi. San'at. Gollandiyalik kompaniya. Ammo bu arzimagan miqdor ham darhol yig'ib olinmadi. Uzoq vaqt davomida ingliz kompaniyasi katta moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi.Birinchi ekspeditsiya rahbari kapitan Lankaster Sulton Ache (Sumatra oroli) bilan savdo shartnomasini (1602) tuzdi. Orqasida u Sultondan Yelizaveta nomiga yuborilgan xabarni va ozgina qalampir yukini olib yurgan edi. Birinchi ekspeditsiya natijalari ahamiyatsiz bo'lar edi va "Alohida omad" uchun bo'lmasa, ingliz savdogarlarining hind savdosiga bo'lgan allaqachon ahamiyatsiz bo'lgan qiziqishini butunlay o'chirib yuborishi mumkin edi. Lancaster portugaliyalik kema bilan uchrashdi va 900 tonna ziravorlardan iborat qimmatbaho yuk bilan o'g'irlik qildi, shu tufayli Britaniyaning Ost-Hind kompaniyasining birinchi ekspeditsiyasi
o'zini to'liq oqladi.Britaniya kompaniyasining kengashi Londonda joylashgan bo'lib, bosh direktor va 24 ta direktorlardan iborat bo'lib, ular aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan bir yilga saylangan. Gollandiyaliklarga qaraganda moliyaviy resurslari, dengiz kuchlari va ishchi kuchi ancha kam bo'lgan inglizlar XVII asrda Hindistonda qolishdi. chetda. Ost-India kompaniyasi Buyuk Mogollarning himoyasini ta'minlashga harakat qildi. Bunda hukumat unga yordam berdi: 1615-yilda savdo shartnomasini tuzish uchun Yoqub I Tomas Roening elchixonasini Buyuk Mogollar sudiga yubordi. XVII asr davomida ingliz kompaniyasi: "Bizning haqiqiy manfaatimiz - Hindistonda arzonni sotib olish va Yevropada qimmatroq sotish" degan shiorni boshqargan, bu, albatta, Hindiston va boshqa mahalliy savdo kemalari Ost-India kompaniyasi qurolli kemalarining qaroqchilar hujumlarini istisno qilmagan.

II BOB Ingliz dengizchilari kashfiyotlari


2.1Shimoliy Amerikaning egallanishi va dastabki manzilgohlar
Yelizavetta hukmronligi davrida ispan portlariga talonchiliklar va Amerika suvlarida piratlar harakatlari ko‟pchilik inglizlarning doimiy mashg‟ulotiga aylanib qoladi. Talonchilik bilan shug‟ullanuvchi piratlarning ilk nomoyondalaridan biri bizga tanish bo‟lgan Jon Xokkins – Plimutlik dengizchi, savdogar va ko‟plab kemalar sohibi. U kontrabanda savdosini Kanar orollarida boshlagan edi. 1562-yilda Jon Xokkins Gvineyaga ekspeditsiya uyushtiradi va u yerda 300 ta qora tanlini asir tushirib, ularni Vest-Indiyaga sotadi. Birinchi ingliz savdogarining qo‟rs avantyurasi uning mamlakatiga noyob tovarlar – indigo (to‟q ko‟k rangli bo‟yoq), tamaki, xushbo‟y ziravorlar keltirishiga, ularning o‟zlariga esa mislsiz foydali daromadlar kelishiga olib keladi. Omadlaridan ilhomlangan Jon Xokkins ispan hukumatiga suvda qo‟qqisdan yangi hujumlar uyushtiradi. Talonchilikdan kelayotgan foyda va kontrabanda savdosi uni Angliyaning eng boy kishisiga aylantiradi. Biroq, 1568-yilda u omadsizlikka uchraydi. Tor-mor etilgan Jon Xokkins og‟ir qiyinchiliklar bilan ispan Amerikasidan o‟z vataniga yetib keladi16
.Qurshovda qolgan Jon Xokkinsning o’zi tahlika va qo’rquv ostida harakat qilib , qochib qutilishga erishadi. O‟sha damda ingliz hukumati o‟z odamini Amerikadagi ispanlar qamalidan qutqarishga hatto nomiga bo‟lsa ham harakat qilmadi. Ammo Jon Xokkins omadli faoliyat yurgizayotgan damlarda u ko‟maksiz va mukofotlarsiz qolmas edi. Uning sheriklari va homiylari yuqori mansabdagi kishilar edilar: lord-admiral Klinton, qirolichaning maslaxatchisi Uilyam Sesil, qirolicha favoriti graf Leyster va boshqalar. Uning hamkori qirolicha Yelizavetta bo‟lib, Jon Xokkinsga ispan elchisining noroziligiga qaramasdan katta bir kema hadya etadi, bundan tashqari qirolicha kontrabandisni ritsarlik unvoni bilan taqdirlaydi hamda yangi kema flotining moliyachisi etib tayinlaydi.Jon Xokkinsning ishini Frensiz Dreyk davom ettiradi. U San-Xuan-deUloa jangidan keyin Angliyada o‟zining omadli “Yudef” ini qo‟lga kiritdi. Frensiz Dreyk Amerikadan kelayotgan ispan kemasiga hujum qiladi, Panama bo‟ynidagi shaharni talon-taroj qiladi va kumush keltiruvchi flotlar manzilgohidagi boyliklarni qo‟lga kiritish maqsadida qit‟aning portga kirish
oldida to‟xtab turadigan qulay joyiga hujum qiladi. Nombre-de-Diosda u katta miqdordagi kumush yukini qo‟lga kiritadi. “Amerika qit‟asini istilo qilish tarixiy qaydlari” asarining muallifi, ispan monaxi Pedro Simon o‟sha davr voqea guvohlaridan ma‟lumotlar to‟plab shunday yozadi: “Frensiz Dreyk o‟zining omadli sayohatlaridan so‟ng, qo‟lga kiritgan o‟ljalari bilan Londonga qaytadi. Bu yerda u olqishlar bilan kutib olindi va qirolichaning o‟zi ham uni hushkayfiyat va hushmuomilalik bilan qabul qiladi…Qirolicha o‟ljalar ko‟pligidan shunday hayratga tushadiki, hatto zudlik bilan kemalar, odamlar va oziq-ovqatlar bilan yuklangan yangi ekspeditsiyani yo‟lga hozirlashlarini buyuradi. Ekspeditsiyaga ketgan xarajatlar bizga tegishli qirg‟oqlarning talon. taroj qilinishidan orttirilgan boyliklar hisobidan to‟lanishi kerak edi”17
Dreyk Atlantikadagi (1572-1573-yillar) ekspeditsiyalari bilan cheklanmadi. Magellanning izidan yurib, u ikkinchi bo‟lib Janubiy Amerikani suzib o‟tdi va Olovli Yerni Antaktidadan ajratuvchi bo‟g‟ozni ochdi. Keyinchalik bu bo‟g‟oz uning nomi bilan atalagan. Hali hech kim va hech qachon ispan hukumatiga hujum qilmagan. Tinch okeanida bo‟lgan chog‟da Dreyk qirg‟oq bo‟yi shaharlariga hujum qilib, barcha kelayotgan kemalarni talon-taroj qiladi. Shunday qilib, u Kaliforniyagacha yetib keladi, Yangi Albion yerini kashf qilib, uni Angliya qo‟l ostidagi hudud deb e‟lon qiladi. Dreyk vataniga qaytishda Yaxshi Umid Burnini aylanib o‟tib, dunyo bo‟ylab sayohatni (1577-1580) amalga oshiradi.Agar Xokinsning faoliyat maydoni Vest-Indiya bilan bog‟liq bo‟lsa, Dreykning faoliyat maydoni “Hindiston” bilan bog‟liq bo‟lgan. Maxfiy Kengashning ikki azosini dengiz piratlar homiylariga qo‟shib ekspeditsiyaga otlantirishdi. Bundan tashqari qirollik gvardiyasi boshlig‟ini ham ekspeditsiyaga jalb etdi. Dreykka qirolichaning o‟zi 400 funt sterling va kemalar hadya etadi; uning sherigi Jon Xokins bo‟ladi. Ular xatto ortig‟i bilan taqdirlanishadi. Dreyk deyarli boyliklarga g‟arq bo‟lgan edi.
Bularning barchasiga guvoh bo‟lgan Angliyadagi Ispan elchisi Dreykning hatti-harakatlariga norozilik bildiradi. Ancha uzoq vaqt davomida ispan armiyasi Yevropada eng kuchli armiya sanalardi, ispan floti esa dengizda hukmron edi. Xokinsning 1568-yilgi talofati Filipp II bilan to‟qnashish xavfi oqibatlarini yana bir karra isbotlagan edi. 1572-yilda ispan hukmronligiga qarshi Niderlandiyada gyozlar (ya‟ni dengiz partizanlari) harakati boshlanadi. Ular bilan kurashda Ispaniya ko‟plab omadsizliklarga uchraydi. “Dengiz gyozlari” La Mansh va Pa-deKaleni o‟z qo‟llariga olib, bu bilan Angliya ostonasidagi ispan floti harakatlariga to‟sqinlik qildi18
1607-yildan 1634-yilgacha inglizlar Shimoliy Amerikada uchta koloniyaga asos solishadi: Jeystaun va Massachusets, shuningdek Merilend. Shimoliy Amerikada o‟rnashib olgan Britaniya koloniyalaridan birinchisi Jemstaun bo‟ldi. Qirol Yakov I Styuartning Virjiniya (yoki London) Kompaniyasiga kafolatlagan imtiyoz varaqasi asosida taxminan 100 kishilik bir guruh 1607-yili Chesapik ko‟rfazi tomon yo‟l oldilar. Ispaniya bilan to‟qnashuvdan saqlanish niyatida ular ko‟rfazdan Jems daryosi bo‟ylab yuqoriga qarab 60 kilometr teparoqda bir joy tanladilar.
Qishloq xo‟jaligidan ko‟ra ko‟proq oltin topishga qiziqqan shaharliklar va sarguzasht qiziquvchilaridan tarkib topgan bu guruh tabiatning yovvoyi joylarida tamomila yangi hayot boshlash uchun ishtiyoq yoki qobiliyatga molik emasdi. Ular orasida kema kapitani Jon Smit hukmdor shaxs sifatida ajralib chiqdi. O‟zaro mojarolar, ochlik va hindularning hujumlariga qaramay, Smitning intizom o‟rnata
olish qobiliyati tufayli kichikkina koloniya birinchi yil mobaynida jipslasha oldi.1607-yili Smit Angliyaga qaytdi va uning yo‟qligida koloniya o‟zboshimchalik domiga g‟arq bo‟ldi. 1609-1610-yilning qish oylarida kolonistlarning ko‟pchiligi kasallikka mubtalo bo‟lib, vafot etishdi. 1610-yilning may oyiga kelib asl 300 ko‟chkinchilardan atigi 60 tasi jon saqlab qoldi. O‟sha yilning o‟zida Jems daryosi bo‟ylab yanada yuqoriroqda Xenriko (endilikda Richmond) shahri bunyod etildi.Biroq, Virjiniya iqtisodini inqiloblashtirgan taraqqiyot sodir bo‟lishiga oz vaqt qolgan edi. 1612-yili Jon Rolf Vest-Indiyadan keltirilgan tamaki urug‟larini mahalliy o‟simliklar bilan chatishtira boshladi va Yevropaliklar ta‟miga xush kelgan yangi nav tamaki yetishtirdi. Mazkur tamaki ortilgan ilk kema Londonga 1614-yili yetib keldi va oradan o‟n yil o‟tar-o‟tmas Virjiniyaning asosiy daromad sarchashmasiga aylandi.Tamaki ishlab chiqarish Merilend uchun ham katta foyda manbaiga aylana boshladi, keyinroq esa Shimoliy Karolina uchun ham asosiy xo‟jalik tarmog‟i bo‟lib qoldi. Biroq, kasalliklardan hamda hindularning hujumlaridan qirilayotganlar soni hamon haddan ziyod ko‟p edi. 1607 va 1624-yillar mobaynida koloniyaga ko‟chibkelgan taxminan 14 000 odamdan 1624-yilga kelib atigi 1132 kishi omon qoldi. Qirol komissiyasining tavsiyasiga binoan qirol Virjiniya Kompaniyasini tarqatib yubordi va o‟sha yiliyoq uni qirol koloniyasiga aylantirdi.
. XVI asrda ro‟y bergan diniy to‟ntarishlar davrida puritanlar deb nomlangan bir guruh kishilar Angliyaning rasmiy cherkovini ichkarisidan isloh etishga intildi. Yakov I taxtga o‟tirgan kezlarda “puritan” so‟zi hali o‟zining aniq ma‟nosiga ega emas edi Aslida, ular Rim katolitsizmi bilan bog‟liq diniy urf-odatlar va tizmalarni e‟tiqod va toat-ibodatning soddaroq protestant shakllari bilan almashtirish talabini qo‟yishgan. Ularning isloh sohasidagi g‟oyalari davlat cherkovining birligiga putur yetkazishi tufayli xalqni nizolar girdobiga giriftor etish va qirol hukmronligiga putur yetkazish tahlikasini tug‟dirdi.1607-yili, rasmiy cherkov isloh etilishi mumkinligiga ishonmagan puritanlarning asosiy mazhabi bo‟lmish separatistlarning kichik guruhi, gollandiyaliklar ularga panoh berishga va‟da qilgani tufayli Leyden va Gollandiyaga chiqib ketdi. Biroq, kalvinist gollandiyaliklar ularni asosan kam to‟lovli ish joylari
bilan chegaralashdi. Diniy jamoaning ayrim a‟zolari bunday kamsitishdan norozilik bildirdi va Yangi Dunyoga hijrat etishga qaror qildi.1620-yili Leyden puritanlarining bir guruhi Virjiniya Kompaniyasidan yer patenti oldi va 101 erkak, ayol va bolalardan iborat guruh «Meyflauer» kemasida Virjiniya tomon yo‟lga chiqdi3Dengiz to‟foni kemani shimol tomon og‟dirib qo‟ydi va ular Yangi Angliyadagi Keyp-Kod oroliga tushishdi. O‟zlarini har qanday shakllangan hukumat qonunlari doirasidan tashqarida turganlariga ishongan bu odamlar, o‟zlari tanlagan rahbarlar ishlab chiqqan «adolatli va barchaga teng qonunlar»ga rioya etishga rasman ahdlashib olishdi. Bu kelishuv «Meyflauer Ahdlashuvi» nomi bilan ma‟lumdir.Dekabr oyida «Meyflauer» kemasi Plimut portiga kirib keladi va sayyohlar qish davomida o‟z istehkomlarini qura boshlashadi. Kolonistlarning deyarli yarmi qahraton qish sovug‟i va kasalliklardan halok bo‟ladi, biroq qo‟shni Vampanoad hindulari. ularga madad berib, makkajo‟xori yetishtirishni o‟rgatadi36
.Keyingi kuzga kelib, sayyohlar makkajo‟xoridan mo‟l hosil oladilar va mo‟yna hamda yog‟och materiallariga asoslangan savdo-sotiq tobora rivojlanib boradi. «Meyflauer» kemasida kelgan mustamlakachi-puritanlar (ziyoratchi ruxoniylar) 1620-yilda Yangi Plimutga asos soldilar va uni 1691-yildan Massachusetsga qo‟shib oldilar. Shundan keyin tez-tez manzilgohlar vujudga kela boshladi, ular asta-sekin qo‟shilib, shimolda Nyu Gempshir (1622), Massachusets (1628) , Konnektikut (1634-1637), Rod-Aylend (1636-1643), Nyu-Geven (1637-1643) nomli mustamlakalar vujudga keltirildi. Bu mustamlakalar-Yangi Angliya deb atalib, Angliya burjua inqilobi boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan metropoliyalar o‟rtasidagi aloqa zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli bu mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to‟la mustakillikni saqlaganlari holda "Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari" (1642-1643) degan nom ostida ittifoq tuzdilar.1630-yili qirol Karl I ning koloniya barpo etish kafolatiga tayangan muhojirlarning yangi to‟lqini Massachusets ko‟rfaziga yetib keladi. Ko‟pchiligi puritanlar bo‟lib, ularning diniy e‟tiqodlari va amaliyoti Angliyada borgan sari ko‟proq darajada ta‟qib ostiga olinmoqda edi. Ularning rahbari, Jon Vinzrop, oshkora ravishda Yangi Dunyoda «balandlik tepasida shahar» bunyod etishga da‟vat qiladi. Bu ibora ostida, u, Puritanlar o‟z diniy e‟tiqodlariga qat‟iyan rioya qilgan ravishda yashay oladigan joyni nazarda tutgan edi.Massachusets ko‟rfazi koloniyasi butun Yangi Angliya mintaqasining rivojida muhim vazifa o‟tashi kerak edi: buning sababi qisman shundan iborat ediki, Vinzrop va uning Puritan hamrohlari o‟z nizom qoidalarini o‟zlari bunyod etishga qodir edilar. Shu tariqa koloniya hukumatining qudrati Angliyaga emas, Massachusetsga xos edi.Nizom bandlariga binoan hukmronlik rishtasi puritan cherkovining a‟zolari bo‟lishi talab etilgan «ozod kishilar»dan tarkib topgan Bosh Sudga berilgan edi. Shu tariqa Puritanlar o‟z koloniyasining yetakchi siyosiy hamda diniy kuchiga aylanishi kafolatlangan edi. Aynan shu Bosh Sud gubernatorni saylagan. Kelgusi avlod umrining aksariyat qismi mobaynida bu lavozimni Jon Vinzrop egallab kelgan.Qoidalarning puritanlarga xos qat‟iy ortodoksal mohiyati hammaga ham yoqavermagan. Bosh Sudga birinchilardan bo‟lib oshkora norozilik bildirgan odam Rojer Uilyams nomli yosh ruhoniy bo‟lib, u koloniya tomonidan hindularning yerlarini bosib olish va koloniyaning Angliya cherkovi bilan o‟zaro munosabatlarini rad etgan.Massachusets ko‟rfazidan haydalgach, u 1636-yili Narraganset hindularidan endilikda Providens, Rod-Aylend deb ataluvchi joydan yer sotib oladi. Bu yerda, u, cherkov bilan davlatning bir-biridan to‟liqligicha ayri bo‟lish tamoyili hamda diniy e‟tiqod erkinligini tatbiq etilgan ilk Amerika koloniyasini ta‟sis etadi.Uilyams kabi, yeretiklar deb tamg‟alangan odamlar Massachusetsni tark etganlar orasida yagona emasdi. Yaxshiroq yer va qulay imkoniyatlar ketidan quvgan ortodoks puritanlar ham tez orada Massachusets ko‟rfazi koloniyasini tark eta boshladilar. Misol uchun, Konnektikut daryosi vodiysining to‟kin-sochin boyliklari haqidagi yangiliklar unumsiz yerlarda og‟ir kunlarni boshidan kechirayotgan fermerlarning qiziqishini o‟ziga jalb etdi. 1630-yillarning boshiga kelib, satxi tekis va unumdor yerga erishish niyatida, ko‟plar, hindularning hujumi bilan bog‟liq xavf-xatarni ham jasur qarshi olishga tayyor edi. Mazkur yangi jamoalar ko‟pincha ovoz berishda qatnashish uchun cherkovga a‟zolikni oldindan tegishli shart bo‟lishini rad etib, shu tariqa saylovda qatnashish huquqiga ega odamlar sonini ancha kengaytirdilar.Ayni paytning o‟zida, Yangi Dunyo taqdim etishi nazarda tutilgan yer va ozodlik qo‟msab kelayotgan yangidan-yangi muhojirlar to‟lqini ortishi bilan Nyu-Xempshir va Men sohillari bo‟ylab o‟zga istiqomat rabotlari vujudga kela boshladi.Ba‟zan do‟stona, ba‟zan esa dushmanlarcha munosabatda bo‟lgan Sharqiy qabilalar yevropaliklar uchun endilikda umuman yot-begona emasdi. Asl amerikaliklar yangi texnologiya va savdo-sotiqqa yaqinlashtirilganidan foyda ko‟rishiga ham qaramay, ilk ko‟chkinchilar o‟zi bilan keltirgan kasallik va yerga o‟chlik hindularning azaldan o‟rnashib kelgan hayot tarzlariga jiddiy ta‟sir ko‟rsatdi.
2.2 Ingliz dengiz ekdpeditsiyalari natijasida egallangan hududlar
Download 30,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish